1. Anglosakson modeli – bu model birjaviy bozor bo’lib, bankdan tashqari
investorlar va korporativ aksiyalar bilan operatsiyalar ustunligiga ega. Bunga
Белова Е. В. Окороков Д.К. Технический анализ финансовых рынков. – М.:Инфра-М, 2006
12
- mulkchilik shakli – kollektiv-jamoa investitsiyalash institutlari;
- bozorning oydinlik darajasi – cheklashlar kam.
Bu modelning eng asosiy ko’rsatkichlardan biri – banklarning birjadan
ajralib turishidir, ya’ni ular qimmatli qog’ozlar bilan kam shug’ullanadilar (bu
model AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va boshqa mamlakatlarga mansub).
2. Yevropa kontitental (German) modeli. Bu modelga asosan:
- investitsiyalar aksiyalar, qarz majburiyatlarini ifodalovchi instrumentlar orqali
amalga oshiriladi;
- fond birjalarining instrumentlari – bank krediti, obligatsiyalardir;
- banklar asosiy o’rinni egallaydilar;
- mulkchilik shakli – davlat va yirik korporativ tizimlarning ulushi yuqoriligi bilan
ajralib turadi.
Bu model Germaniya, Avstriya, Yaponiya uchun harakaterlidir.
Bu model asosida bank bozori, kredit tashkilotlari va davlat qimmatli qog’ozlari
bilan operatsiyalari ustunligi muhim rol o’ynaydi.
O’zbekistonda moliya bozori modeli aralash (gibrid, qo’shma) modeliga
mansub bo’lib, o’zida ikki model elementlarini ma’lum darajada
mujassamlashtirgan.
O’zbekistonda moliya bozorida hozircha na banklar, na moliya
institutlarining ustunliklari kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: