Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida jahon moliya bozorining rivojlanish xususiyatlari


 Jahon moliya bozorining asoslari


Download 447.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/28
Sana02.01.2022
Hajmi447.32 Kb.
#184485
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida jahon moliya bozorining rivojlanish xususiyatlari

1.2 Jahon moliya bozorining asoslari

Moliya bozori tarkibiga quyidagilar kiradi:



- pul bozori;

- qimmatli qag’ozlar bozori;

- valyuta bozori;

- investitsiya bozori;

- ssuda – kapitali bozori;

- sug’urta bozori va h.k.

Moliya bozorini tarkibi jihatidan qimmatli qog’ozlar bozori va qarzga

beriladigan pul bozoridan iborat desak ham xato bo’lmaydi. Qarzga beriladigan pul

tabiatan bir xil emas. U birinchidan, pulni ishlatib, daromad topishni ko’zlaydi,

bunda pul kapital shaklini oladi. Ikkinchidan esa, pul shaxsiy ehtiyojlarni qondirish

uchun ishlatiladi va oddiy to’lov yoki xarid vositasini o’taydi.

Banklarda, fond birjasida va auksionlarda o’tkaziladigan moliya bozori

asosan qarz pullar bozori ko’rinishida bo’ladi.

Qarz pullar iste’mol tovarlarni sotib olish, o’z xususiy ishini tashkil etish

yoki kengaytirish (ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini sotib olish) uchun

olinishi mumkin.



17

Qisqacha bo’lsada moliya bozorining tarkibini ko’rib chiqaylik.



Birinchidan: Pul bozori – pul egalari yoki uni saqlab turuvchilar va pulga

muhtoj bo’lgan subyektlar o’rtasidagi munosabatlarni o’z ichiga oladi. Pul bozori

davlat xazinasiga bevosita naqd pul tushishini ta’minlaydi va firma yoki jismoniy

shaxslarga o’zlarining vaqtinchalik bo’sh mablag’laridan daromad olishga imkon

beradi.

Ikkinchidan: Qimmatli qog’ozlar bozori u daromad keltiruvchi dividend va

foiz keltiruvchi qimmatli qog’ozlar muomalasi orasidagi munosabatlarni;



Uchinchidan: Valyuta bozori – bunda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi

qilinadi. Bu bozorda korxona, firma, davlat idoralari va fuqarolar qatnashadilar.

Valyuta bozori amaliyotda valyuta bilan savdo qiluvchi banklar va valyuta auksion

ko’rinishida bo’ladi. hozirgi vaqtda valyuta muomalalari asosan AQSh dollarida va

yevroda olib boriladi.

To’rtinchidan: Investitsiya bozori- foyda, dividend yoki daromadlarning

boshqa shakllarini olish maqsadida saqlab, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarga,

shuningdek qimmatli qog’ozlarga sarmoya qo’yish borasidagi munosabatlarni;

Beshinchidan: Ssuda kapitali bozori – bank tomonidan ma’lum muddatga

beriladigan qarz pullar borasidagi munosabatlarni;



Oltinchidan: Sug’urta bozori - o’z mol-mulkini sug’urta qilish borasida

yuridik va jismoniy shaxslar bilan sug’urta tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni

o’z ichiga oladi.

Jahon moliya bozori funksiyalari:

· Kapitalning xalqaro oqimlarini to’plash

· Butun dunyo bo’ylab alohida sohalar, mamlakatlar va mintaqalar o’rtasida

xalqaro pul oqimini qayta taqsimlash

·  Pul muomalasi xarajatlarini tejash

· Konsentratsiyani tezlatish va kapitalni markazlashtirish

6

.



6

Riviera-Batiz Francisco & Liuz. International Finance and World capital market —   N.Y., 2006




18

Jahon moliya bozorini institutsional jihatdan o’rganishda,  pul va moliyaviy

aktivarni kreditorlar va debitorlar, sotuvchi va xaridorlar o’rtasida qayta taqsimlash

faoliyati bilan shug’ullanuvchi moliya-kredit institutlari va infratuzilma

tashkilotlari faoliyati tahlil qilinadi. Quyida jahon moliya bozori funksional va

institutsional ko’rinishda ifodalangan jadval keltirilgan.

1-jadval.

Jahon moliya bozorining funksional va institutsional ko’rinishi

Jahon moliya bozori

segmentlari

Jahon moliya bozori

funksiyalari

Jahon moliya bozorining

institutsional ko’rinishdagi

strukturasi

Fond bozori

Kredit bozori

Valyuta bozori

Sug’urta bozori

Oltin bozori

Kapitalning xalqaro oqimlarini

to’plash


Xalqaro hisob-kitoblar

doirasida pul muomalasi

xarajatlarini tejash

Konsentratsiyani tezlatish va

kapitalni markazlashtirish

Transmilliy banklar

Тransmilliy kompaniyalar

Sug’urta kompaniyalari

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar

Investitsiya fondlari

Manba: Muallif tomonidan olib borilgan  tahlillar asosida tayyorlangan.


Download 447.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling