8-mavzu. Korxonaning daromadi va foydasi
1. Korxona daromadlari
2. Korxona foydasi va uni maksimallashtirish
1. Korxona daromadlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning daromadi talab va taklif asosida о‘rnatilgan narxga bog‘liqdir. Shu bilan birga bozor mukammal raqobatlashgan va manopol raqobatlashgan holatda faoliyat kо‘rsatadi. Manopol raqobatlashgan holat yirik bozorlarda kam uchraydi. Mukammal raqobatlashgan bozorda korxonalar erkin faoliyat kо‘rsatib, narxga ta’sir kо‘rsata olmaydi.
Bunday holatda korxonalar daromadni ishlab chiqarish xajmini oshirish hisobiga kо‘paytirish mumkin. Demak, raqobatlashgan bozorda umumiy daromadni о‘zgarmas narxni о‘zgaruvchan ishlab chiqarish xajmiga kо‘paytirish orqali aniqlash mumkin:
УД= н х ИХ
УД - umumiy daromad;
н - narx;
ИХ- ishlab chiqarish xajmi.
Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bog‘liq bо‘lganligi uchun, u kо‘rinishida yoziladi.
О‘rtacha daromad - sotilgan bir birlik mahsulotga tо‘g‘ri keladigan daromaddir, ya’ni:
formuladan kо‘rinib turibdiki, о‘rtacha daromad raqobatlashgan bozorda narxga teng bо‘ladi.
Har bir korxona egasining strategik maqsadi kо‘proq daromad olishdir. Erkin raqobatlashgan bozorda daromadni oshirishni narx о‘zgarmas bо‘lganda qо‘shimcha bir – birlik maxsulot ishlab chiqarib sotishdan olingan chekli daromad narxga teng bо‘lguncha davom ettirish mumkin.
Chekli daromad (ЧД ) - bu qо‘shimcha bir birlik ne’matni sotish natijasida umumiy daromadning о‘sgan qismi , ya’ni:
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki korxonalarning daromadi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ishlab chiqarish xajmini chegaralangan darajagacha oshirish imkonini beruvchi xо‘jalik faoliyatini tashkil etish lozim.
Korxonalarning ishlab chiqarish, xо‘jalik faoliyati natijasida olinadigan daromadlar quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |