Agrasanoat majmuyi modernizatsiya qilish


Download 31.6 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi31.6 Kb.
#1535517
  1   2   3
Bog'liq
Agrasanoat majmuyi modernizatsiya qilish


Agrasanoat majmuyi modernizatsiya qilish
Reja:


  1. Agrosanoat majmui haqida tushuncha.

  2. Modernizatsiya omillari, modellari va bosqichlari

  3. O‘zbekistonda siyosiy modernizatsiya jarayonlarining o‘ziga xosligi


Agrosanoat majmui (ACM) – xalq xo‘jaligida qishloq xoʻjaligi xom ashyosidan aholining oziq-ovqat va xalq iste’mo-li tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashda o‘zaro hamkorlikda fa-oliyat ko‘rsatadigan tarmoqlar, kor-xonalar, faoliyat turlari majmui. ASM murakkab va ko‘p tarmoqlidir. Uning ishlab chiqarish tuzilmasida qishloq xoʻjaligi va o‘rmon xo‘jaligi muhim ahamiyatga ega. ASM 3 sohani o‘z ichiga oladi: 1) qishloq xoʻjaligi(aholining tomorqa xo‘jaligi ham kiradi) va o‘rmon xo‘jaligi; 2) qishloq xoʻjaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari – traktor va qishloq xoʻjaligi mashina-sozligi, meliorativ va suv xo‘jaligi ob’ektlari qurilishi tarmoqlari, asosiy fondlar ta’miri bo‘yicha korxo-nalar, mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilish vositalari, biologik faol preparatlar ishlab chiqarish, ozuqa va mikrobiol. sanoati, turli idishlar (tara) tayyor-lash va b; 3) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta 166ishlash va iste’molchiga yetkazib berish bilan band bo‘lgan tarmoqlar(tayyorlov, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish va boshqalar). Har bir tarmoq tarkibida ishlab chiqarish rivo-jining umumiy sharoitini ta’minlaydigan tarmoq infratuzilmalari muhim ahamiyatga ega (yo‘l-transport xo‘jaligi, moddiy-texnika ta’minoti, elektr, gaz, suv ta’minoti, aloqa, omborxona eleva-tor xo‘jaligi, ulgurji va taqsimot bazalari va boshqalar). Shuningdek, ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari, mutaxassislar va rahbar xodimlar malakasini oshirish fakultetlari, ixtisoslashgan texnikum va ishlab chiqarish-texnika bilim yurtlari, tarmoq ilmiy tadqiqot instituti va laboratoriyalari, IIB, loyiha va institutlari hamda tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, tajriba va davlat sinov stansiyalari tizimi ASMni shakllantiradigan tarmoqlar qatorida turadi.O‘zbekiston ASMda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birlamchi [un-yorma, yog‘-moy(paxta moyidan tashqari), go‘sht, sut, meva-konserva, vinochilik sanoa-ti) va ikkilamchi (non, makaron, kondi-ter, paxta moyi, go‘sht, sut konservasi va mahsulotlari, oziq-ovqat konsentratlari) qayta ishlaydigan tarmoqlar va sohalardan iborat oziq-ovqat sanoati, texnika ekinlarini birlamchi (paxta, lub ekinlari, tamaki) va ikkilamchi (ip gazlama, to‘qimachilik sanoati, lub to-lalari, tamaki-maxorka mahsulotlari) qayta ishlaydigan tarmoq va sohalarni o‘z ichiga olgan yengil sanoat muhim ahamiyatga ega. ASM hududiy xususiyatlar va ish-lab chiqarayotgan eng muhim pirovard mahsulotiga qarab tizimlarga bo‘linadi. Hududiy xususiyatiga ko‘ra mamlakat va viloyat, tuman ASM mavjud. Ishlab chiqarayotgan pirovard mahsulot bo‘yicha don, paxta, meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa majmuaga bo‘linadi.O‘zbekiston tarixan rivojlangan paxtachilik, suv xo‘jaligi, mashina-sozlik zavodlari, o‘g‘it va pestitsidlar ishlab chiqaradigan zavodlar, paxta to-zalash korxonalari, yog‘-ekstraksiya zavodlari, to‘qimachilik sanoati, ixtisos-lashgan ilmiy muassasalarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ASM hissasiga yalpi mahsulotning 50% dan ortiqrog‘i, asosiy ishlab chiqarish fondlarining 40% dan ortig‘i, xalq xo‘jaligida band aholining 45% ga yaqini to‘g‘ri keladi. O‘z navbatida Respublika ASMda paxtachilik agrosanoat majmui (PASM) eng yuqori salmoqqa ega. Respublikada chorvachilik-sanoat majmui PASMdan keyingi o‘rinda tu-radi.Tolibjon Turg‘unov.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, yangilanishlar hamda modernizatsiya jarayonlari jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi muhim ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi.
2.Modernizatsiya nazariyasi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak ushbu jarayon XX asrning 50-60 yillarida shakllana boshlagan.
“Modernizatsiya” so‘zi o‘zi nima? Modernizatsiya, modernizatsiyalash (fransuzcha modericatio, moderne – yangi, zamonaviy) – jamiyatni zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish maqsadida xilma-xil o‘zgarishlarni amalga oshirishdan iborat ijtimoiy-tarixiy jarayonni ifodalovchi tushuncha.
Modernizatsiya tushunchasi jamiyatni nazariy-metodoligik tadqiq etishda ishlatiladi va bu g‘oya evolyusionizm va funksionalizm ta’sirida vujudga kelgan.
Siyosiy sohadagi zamonaviylashuv — yuqori samara bilan ishlaydigan hokimiyat tashkilotlari cho‘zilishi, ularning rollari; funktsiyalari va vakolatlari aniq chegaralanishi, jamiyatda oqilona byurokratiya shakllanishi, fuqarolarning siyosiy jarayonda faol ishtirok etishidan iborat. Bunday o‘zgarishlar jamiyat rivojining mantig‘idan kelib chiqadi.
Zamonaviylashuv nazariyasi barcha ijtimoiy omillar tengligi, ulardan birining muayyan vaziyatda ustunligi - mavjud shart — sharoitlarga bog‘liqligidan kelib chiqadi.
Jahondagi barcha mamlakatlar bir-biridan siyosiy tuzumi, boshqaruv shakllari, siyosiy institutlari, aholisining mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish imkoniyatlari, davlat va jamiyatda yuzaga keladigan rang-barang ehtiyojlarni qondirishning samarali yo‘llari topilganligi, muammolarni xal qilishda oqilona usullardan foydalanishi va boshqa ko‘plab mezonlar bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Ular rivojlanishning o‘zlariga xos va mos yo‘lni tanlaydilar. Shu jihatdan olib qaraganda mamlakatlarning rivojlanish va zamonaviylashuv yo‘lini tanlashida ham o‘ziga xos usullar, imkoniyatlar va to‘siqlar mavjud bo‘ladi.
3.O‘zbekistonda keng ko‘lamli modernizatsiya islohotlarini amalga oshirish imkoniyati davlat mustaqilligi e’lon qilinib, ijtimoiy jihatdan bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish yo‘li tanlab olinganidan keyin vujudga keldi. Aytish zarurki, xorijiy mamlakatlarning hozirgi zamon demokratik fuqarolik jamiyatiga o‘tish borasidagi ijobiy tajribasidan foydalanish bilan bir vaqtda milliy o‘ziga xoslikka tayanish mustaqillikning dastlabki kunlarida bo‘lgani kabi, hozirda ham yurtimizda amalga ashirilayotgan modernizatsiya jarayonining muhim belgilaridan hisoblanadi.
O‘zbekistonda ro‘y berayotgan jarayonlar to‘g‘risida ob’ektiv hukm yuritish uchun uni Dune hamjamiyatidagi taraqqiyot kontekstida, tsivilizatsion yondashuv asosida taxlil qilish to‘g‘ri bo‘ladi, deb hisoblaymiz. Demak bu jarayonlar kechayotgan ijtimoiy — siyosiy muhitning o‘ziga xosligi masalalari doimo diqqat markazida turmog‘i kerak.
Shu ma’noda, O‘zbekiston mustaqillik yillarida, rivojlanishning zamonaviylashuv, funktsiyasini tez sur’atlar bilan amalga oshiryapti, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Jahonga rivojlanishning "o‘zbek modeli" deb tanilgan taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi. Belorus, kirgiz, yoki rus modellaridan farqlicha rivojlanishning "o‘zbek modeli" zamonaviylashuvni xalqimizning boy tarixiy tajribasi, qadriyatlari, turmush tarzi va tamoyillari negizida amalga oshirishni maqsad qilib qo‘yganligi bilan ajralib turadts. O‘zbekistondagi zamonaviylashuv jarayoniga jiddiy, ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barcha omillar chuqur taxlil qilinib, xisobga olinadi. O‘zbekistonning demokratiyaga o‘tishida iqtisod sohasida amalga oshirilgan chora — tadbirlar ham mavjud shart — sharoitlarning chuqur tahliliga tayanadi. Gap shundaki, Polsha, Rossiya singari davlatlarda qo‘llanilgan "shok terapiyasi" usuli O‘zbekistonda qo‘llanmadi. Bu - aholining demografik tarkibi, mavjud iqtisodiy va ish kuchi resurslarini xisobga olib qilindi. Ma’lumki, zamonaviy bozor iqtisodini, yaratish, jarayoni bir necha o‘n yil davom etadi. "SHok terapiyasini" qo‘llagan, mamlakatlar bu bosqichda birinchi darajali va, xalq uchun eng noma’qul, ammo zarur tadbirlarni tezlik bilan amalga oshirib oladilar, Shu bilan birga bu o‘zgarishlarning butun yuki jamiyat zimmasiga, tushadi. Iqtisodiy tizimni bir "sakrash" davomida qayta ko‘rib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda, zamonaviy bozor . iqtisodiga bosqichma – bosqich, kuchli ijtimoiy himoya siyosatini qo‘llash orqali o‘tish yo’li tanlandi. Natijada yo’qotishlar soni yutuqlar sonidan ortib ketmadi va iqtisodiy, ijtimoiy, hamda siyosiy barqarorlik saqlanib qolindi.
Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda yangi, demokratik siyosiy va ijtimoiy institutlarning shaklanishi, vazifasi hal qilindi. Jarayon sifatida, u davom etaverishi mumkin, lekin fuqarolar va siyosiy, elita doirasida jamiyatda u yoki bu siyosiy institutlarning roli, funktsiyalari va vakolat doirasi xaqida tushuncha va tasavvurlar shakllanib bo‘ldi.
G’arbdagi demokratshunoslar u yoki bu mamlakatlarda kechayotgan jarayonlarni baholashda ikkiga bo‘linadilar, birinchi gypuh — maksimalistlar biror jamiyatni demokratik, deb tan olinishi uchun uning barcha sohalarida demokratik negizida birlashish (konsolidatsiya) jarayonlari yakunlangan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydilar. Ularga ko‘ra dunyoda xaqiqiy demokratiyalar soni uncha ko‘p emas,
Minimalistik nuqtai nazarga ko‘ra (uni yana formal yondashuv ham deyiladi) siyosiy elita va siyosiy faol fuqarolar demokratik me’yorlar, tadbirlar va institutlarni hurmat qilishlari, qo‘llab quvvatlashlari, hamda nodemokratik tadbirlar, institutlar va me’yorlarni rag‘batlantirmasliklari va qo‘llamasliklari talab etiladi.
Bu yondoshuvlardan kelib chiqib, O‘zbekistonda institutsional demokratiya bosqichi qaror topganligini e’tirof eta olamiz. Institutlar, me’yorlar tamoyillar, tadbirlar, demokratik «o‘yin qoidalari» muntazam va raqobat asosida o‘tuvchi saylovlar, ko‘p partiyaviylik, fuqarolik jamiyati va uning tarkibida iqtisodiy mustaqil sub’ektlarning shakllanishi — bunin g asosiy belgilaridir.
Bundan so‘ng mamlakatimizda demokratiya qurish jarayoni erishilgan yutuqlarni mustaxkamlab borib, fuqarolik jamiyati doirasidagi rivojlanish va iqtisodiy hamda ijtimoiy demokratiyani qaror toptirish bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda yangi ijtimoiy qatlamlar, guruhlar shakllanishi va rivojlanishi jarayoni faol ke chmoqda: professional siyosatchilar, tadbirkorlar, fermerlar, bank hodimlari, menedjerlar kabi. Shu bilan birga mana shu qatlamlar manfaatlarini hokimiyatda taqdim etishga qaratilgan vakolat tizimi — partiyalar, nodavlat tashkilotlari, jamg‘armalar, harakatlar, mustaqil xalq nomzodlari, mahalla — shakllanib, qaror topib bormoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, totalitarizmdan demokratiyaga o‘tish — juda murakkab va davomli jarayon. Bu jarayonning keyingi bosqichlarida mamlakatimizda bugungi kunda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayottan institutlar yanada rivojlanib, qolganlari ham izga tushib ketishi, demokratiyaning mustahkamlanishi, demokratik me’yorlar va tadbirlarning siyosat sub’ektlari tomonidan o‘zlashtirilishi ro‘y beradi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “... Mamlakatimizni isloh etish va yangilashga qaratilgan dasturiy vazifalarni bajarishda biz milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni saqlashga, xalqimizning asrlar davomida shakllangan mentalitetiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga katta e’tibor qaratdik”.
O‘zbekistonning jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish sohasidagi tajribasi o‘ziga xos va betakror bo‘lib, “kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipini amalga oshirishda o‘z ifodasini topmoqda.
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat” tushunchasi “O‘zbek modeli” tushunchasi orqali o‘zining yanada boy va konkret mazmuniga ega bo‘ldi, aniqrog‘i “demokratiya mamlakatimiz miqyosida nazariyadan amaliyotga yoki mavhumlikdan “O‘zbek modeli”ga aylandi”. Uning ijtimoiy-falsafiy tahlilida nazariya va amaliyot birligi qonuni yotadi.
O‘zbekistonda demokratik jamiyatni shakllantirish g‘oyasi asosida yaratilgan taraqqiyotning o‘zbek modelida jahon hamjamiyati amaliy tajribasiga ham tayaniladi. Bunda mavjud ijtimoiy tartiblar va nazariy loyihalar o‘rtasidagi integratsiya qonuni namoyon bo‘ladi.
Taraqqiyotning o‘zbek modelida shunday g‘oya yotadiki, shakllanayotgan demokratik jamiyatda, avvalo, siyosiy tizim va uning elementlari tubdan tadrijiy o‘zgarib, takomillashib boradi. O‘zbekiston fuqarolari amalda qonunchilik asosida halq hokimiyatini boshqarishda bevosita yoki bilvosita faol ishtirok etadi va “keng halq ommasi davlat uchun” degan shior ostida emas, balki “demokratik davlat halq uchun hizmat qiladi” (sotsialistik jamiyatda buning aksi edi) degan tamoyilning ustuvorligi asosida ijtimoiy boshqaruv amalga oshiriladi.
Ma’lumki, demokratik jamiyatga o‘tish har doim ham silliq kechavermaydi. CHunki demokratik jamiyatga o‘tishda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi iste’molda bo‘lgan boshqaruv mexanizmlari barham topib, ularning o‘rniga shakllanayotgan demokratik jamiyat fuqarolarining manfaatlari, huquqi va erkinligiga mos keladigan, ularni to‘la-to‘kis ta’minlay oladigan taraqqiyotning o‘zbek modeliga asoslangan kuchli ijtimoiy-siyosiy mexanizmlar shakllantirib boriladi.

Download 31.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling