Agrasanoat majmuyi modernizatsiya qilish
Download 31.6 Kb.
|
Agrasanoat majmuyi modernizatsiya qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchidan
Birinchidan, iqtisodiy faoliyat ijtimoiy xayotning birlamchi asosi ekanligidan kelib chiqib, birinchi navbatda, davlat siyosatini emas, xalq manfaatlarini xisobga olgan xolda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash nazarda tutiladi. Iqtisodiy taraqqiyotning talab va taklif qonunlari siyosatdan holi ravishda jamiyat mafaatlariga yo‘naltiriladi.
Ikkinchidan, milliy taraqqiyotimizda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ertangi kunda katta ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal etishda davlat bosh islohotchi sifatida, halqimiz va Vatanimiz asriy tajribalarini o‘zida mujassamlashtirgan, shuningdek, umumjahon taraqqiyoti ijobiy xususiyatlarini nazarda tutgan holda faoliyat olib borishida ko‘rinadi. Bunda jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi ijtimoiy-siyosiy tizimga bo‘lgan extiyoj qonuni yotadi. Uchinchidan, demokratik jamiyat barpo etishning o‘ziga xos hususiyati –bozor iqtisodiyotini qonunchilik asosida tashkil etishdir. Shu manoda fuqarolarning xuquq va manfaatlarini ximoya qilish xamda xalqimiz faravonligini oshirishning muhim omili bo‘lgan qonun ustuvorligiga erishish ko‘zda tutiladi. Bunda jamiyatning o‘zini-o‘zi boshqarish qonuni o‘z ifodasini topgan bo‘lib, boshqaruvchi tizimning boshqariluvchi tizim manfaatlarini ifodalashi va ximoya qilishiga xuquqiy qonun jihatidan asoslanadi. To‘rtinchidan, milliy siyosat olib borishda ko‘p millatchilik, yagona Vatan tuyg‘usi, xamjixatlik g‘oyalarini, maqsadlar birligini inobatga olgan holda millati, diniy etiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar mamlakatimiz xar bir fuqarosining manfaatlarini ximoya qiladigan kuchli ijtimoiy siyosat olib borishda namoyon bo‘ladi. Bunda jamiyatning manfaatlar uyg‘unligi va ijtimoiy gravitatsiya (jipslashuv) qonunlari namoyon bo‘ladi. Zero, Prezidentimiz I. A. Karimov bu masalaga alohida e’tibor qaratib shunday degan edi: “Butun jamiyatning murakkab rivojlanish davrida manfaatlar o‘rtasidagi nizolarga e’tibor bermaslik havfli ijtimoiy xolatlarga olib kelishi mumkin”. Download 31.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling