Bitiruv malakaviy ishining axborot bazasi sifatida milliy va chet ellik
olimlarning ilmiy ishlari, Xalqaro Valyuta Fondi, Xalqaro hisob banki, Yevropa
Markaziy banki, AQSh Federal Rezerv Tizimi, AQSh iqtisodiy tadqiqotlar milliy
byurosi, Jahon birjalar federatsiyasi kabi yirik tashkiltolarning ma’lumotlari,
markaziy banklar va milliy statistika xizmatlari nashrlari, xalqaro reyting
agentliklari, milliy va chet el davriy nashrlari hamda turli tshkilotlarning rasmiy
saytlari ma’lumotlaridan foydalanildi. Shuningdek, “G 20” va “G 8” yetakchi
mamlakatlar guruhlarining global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida jahon
iqtisodiyotini va jahon moliya bozorini tartibga solish bilan bog’liq xalqaro
forumlari ma’lumotlaridan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |