Mavzu: Jahon iqtisodiyotining glaballashuvi sharoitida iqtisodiy xavfsizlik va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta'minlash muammolari
Download 1.89 Mb.
|
1 2
Bog'liqJahon iqtisodiyotining
MAVZU:Jahon iqtisodiyotining glaballashuvi sharoitida iqtisodiy xavfsizlik va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta'minlash muammolariREJA: 1. Iqtisodiy xavfsizlikni ko’rsatkichlari va indikatorlari tizimi. 2. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar. 3. Globallashuv sharoitida mamlakatning milliy raqobatbardoshligini oshirish omillari. Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan chora-tadbirlari majmui. Rivojlangan mamlakatlarda Iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash maqsadlarida yirik firma, kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab va taklifni prognozlash, ilmiy-texni-ka taraqqiyotini kuzatish va bilan ishlarni bajaradilar. Iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlashda mahsulot turini munta-zam yangilab turish, harajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy xavfsizlikning bosh mezoni bu mamlakat ehtiyojlarining uzluksiz taʼminlanishi hisoblanadi, bu, birinchidan, imkon boricha oʻzini oʻz mahsulot va xizmatlar bilan taʼminlashni, ikkinchidan, mamlakatda yaratish mumkin boʻlmagan tovar va xizmatlarni chetdan qulay narxlarda va uzluksiz keltirib turishni bildiradi. Aks holda iqtisodiyot izdan chiqadi. Milliy iqtisodiyot darajasida Iqtisodiy xavfsizlikning muhim 3 yoʻnalishi (oziq-ovqat, yoqilgʻi-energetika, eksport) mavjud. Mamlakat aholisining oziqovqatga boʻlgan talabini qondirilishi 80%, mamlakatning energiya omillariga boʻlgan talabining oʻz hisobidan 70—80% ga qondirilganda xavfsizlikka erishilgan hisoblanadi. Eksport xavfsizligi mamlakat eksport salohiyatini amalga oshirish imkoniyati bilan belgilanadi. Eksport tarkibida isteʼmolga tayyor mahsulotlar, birinchi navbatda, ishlov beruvchi sa-noat mahsulotlari boʻlishi talab etiladi. Eksportning cheklangan turdagi tovarlarga, ayniqsa, jahon bozorida narxi tez-tez oʻzgarib turadigan xom ashyo va energiya omillariga bogʻliq boʻlib qolishi eksport xatarini tugʻdiradi, narxlar pasaygan paytda eksport tushumidagi yoʻqotishlar mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltiradi. Iqtisodiyot globallashgan, eksport va importning milliy iqtisodiyotga taʼsiri kuchaygan sharoitda I.x.ni oʻz ishlab chiqarishi bilan taʼminlab boʻlmaydi. Shunday sharoitda eksport-import aloqalarining muntazamligini strategik sherikchilik asosida taʼminlash I.x.ni kafolatlaydi. Istiklol yillari Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar tufayli don mustaqilligiga erishildi, mamlakat ehtiyojining 90% oʻz doni bilan taʼminlandi (2002-yil). Yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirish natijasida shu sohadagi talab-ehtiyojlarni ham, asosan, oʻz ishlab chiqarishi hisobidan qondirishga erishildi. Bozor iqtisodiyoti o’zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’i nazar, raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Muhtaram birinchi prezidentimiz I.A. Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib: “Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat – raqobat bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir”, deb ta’kidlaydi. Raqobat – bozor sub’yektlari iqtisodiy manfaatlarning to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Aksariyat hollarda raqobatning bevosita tovarlar yoki tarmoqlar o‘rtasidagi kurash sifatida ta’riflaydilar: “Tovarlar hamda ularning ishlab chiqaruvchilari – firmalar, tarmoqlar, mamlakatlar o‘zaro raqobatlashadilar. Shunga ko‘ra, raqobat va raqobatbardoshlikni ham tovarlar, ham tovar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ko‘rib chiqish mumkin”. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshlikni oshirish yo‘lida ma’lumki, bugun jahon bozori konyukturasi keskin o‘zgargan, globallashuv sharoitida raqobat kuchaygan davrda yashayapmiz. Bunday murakkab sharoitda respublikamizda ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, rivojlanishning yuqori o‘sish darajasini ushlab turish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlar xaridorligiga erishish, milliy valyuta tushumini ko‘paytirish kabi muhim vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda. Ma’lumki, kurash – bu o‘z manfaatini himoya qilish, raqibni yengib chiqish hamda g‘olib bo‘lish uchun harakat, turli vosita va usullarni ishga solish demakdir. Tovarlar esa, raqobat jarayonida o‘zlarining raqobatbardoshlik xususiyatlarini bevosita o‘zgartira olmaydilar, ya’ni kurasholmaydilar. Ularning bu jarayondagi ishtiroki passiv hisoblanadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling