Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi


Download 1.57 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1412386
Bog'liq
moliyaviy inqiroz

  • 2004-2007 yillarda jahon savdosining o‘sishi o‘rtacha sur’atlarda 8,74% ga teng bo‘lgan edi. 2008- yilda bu sur’at 2,95% ga tushib qoldi, 2009- yilda esa jahon savdosi birdaniga 11,89% ga pasaydi.
  • 2009- yili jahon yalpi ichki mahsuloti ham Ikkinchi jahon urishidan keyingi yillarda birinchi marta 2,3% ga pasaydi. 2009- yil fevralida inflatsiya darajasi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Buning oqibatida valutalarga ishonch yo‘qoldi va neft, oltin kabi tovarlar narxi keskin ko‘tarilib ketdi.
  • Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi AQSH ipotekali kreditlash tizimida 2008- yilda ro‘y bergan tanglikdan boshlandi.
  • AQSH banklarining bir necha yillar davomida pul bilan ta’minlanmagan ipoteka kreditlarini berishi oqibatida, kreditga berilgan pullarning ancha qismi bankka qaytib kelmagan. Natijada bu banklarning to‘lov qobiliyatlari zaiflashib, bankrot darajasiga kelib qoldi.
  • Ishlab chiqarish korxonalari bankdan kredit ololmaganliklari sababli o‘z ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga majbur bo‘ldi.
  • Bu o‘z navbatida, ishsizlar sonining oshishiga olib keldi. Bunday tanglik mamlakat miqyosiga ko‘tarildi va AQSH iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan dunyoning qator mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’sir qildi. Oxir-oqibat, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga keldi.
  • 2008- yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini ko‘lami bo‘yicha faqat 1930- yillarda ro‘y bergan Buyuk depressiya bilangina taqqoslash mumkin.
  • Bu safargi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 2013- yilgacha davom etdi va tarixdagi eng davomli inqiroz bo‘ldi. Bu inqiroz har bir alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti va butun jahon iqtisodiyoti uchun juda ayanchli oqibatlarga olib keldi.
  • Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi natijasida 2008–2009- yillarda AQSH, Kanada, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Ukraina va boshqa qator mamlakatlarda g‘oyat tashvishli holat vujudga keldi. Bu mamlakatlarda ko‘plab kompaniyalar, korxona va firmalar bankrot bo‘ldi.
  • 2008- yil natijalariga ko‘ra, AQSH YaIM hajmi 3,8% ga tushib ketdi, ishsizlar soni esa 2,2 mln kishiga ko‘paydi.
  • Yaponiyada esa YaIM hajmi 3,1% ga pasaydi, ishsizlik darajasi esa 4,4% ga yetgan. Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlarda sanoat ishlab chiqarishi 12% ga tushib ketgan.
  • O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon global iqtisodiyotiga yetarli darajada integratsiyalashmaganligi ham bunda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
  • Ya’ni mamlakat iqtisodiyoti o‘sha davrda bir qadar “yopiq” iqtisodiyotlar sarasiga kirar edi
  • Mamlakatimizda chet el investitsiyalari hajmi judayam kichik, O‘zbekiston jahon moliya bozorida deyarli faoliyat yuritmas, valutaning erkin konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yilmagan, milliy valutamiz xalqaro valuta bozorida faol ishtirokchilar qatorida emas edi.
  • Bularning barchasi mamlakatimiz iqtisodiyotining global bozordagi moliyaviyiqtisodiy inqirozdan bir qadar chetda qolishining sabablari bo‘ldi.
  • Lekin jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi, chunki respublikamiz xalqaro hamjamiyatning va jahon moliyaviyiqtisodiy bozorining qaysidir darajadagi qatnashchisi hisoblanar edi.
  • Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib ketdi.
  • Bu esa o‘z navbatida, korxonalar foydasining kamayishiga olib keldi. Ishlab chiqarishning pasayishi, oxir-oqibat, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish sur’atlariga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi.
  • Mamlakatimizda so‘nggi yillarda keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotimiz jahon iqtisodiyotiga faol ravishda integratsiya qilina boshlandi. Yurtimizga turli mamlakatlardan yirik kompaniyalar o‘z kapitali bilan kirib kela boshladi.
  • Chet el investitsiyalari jalb qilinishi natijasida mamlakatimiz iqtisodiyoti yakkalashish, alohidalashish maqomini tark etmoqda.
  • Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar borgan sari jahon bozorida xaridorgir bo‘lib, O‘zbekiston brendi dunyo mamlakatlariga tanilib bormoqda. Xalqaro moliya bozorida ham keyingi yillarda O‘zbekiston sezilarli bitimlarni amalga oshirmoqda.
  • Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘z faoliyatida keng tatbiq etayotgan milliy bozor infratuzilmalari xalqaro bozor infratuzilmalari bilan tobora uyg‘unlashib bormoqda.
  • Aytilganlarning barchasi, albatta, O‘zbekiston iqtisodiyotining shiddat bilan rivojlanishi uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
  • Lekin shuning bilan bir paytda milliy iqtisodiyotimizning global iqtisodiyot bilan uzviy va chambarchas bog‘liqligi kelajakda jahon iqtisodiyotida har xil inqirozlar yuz beradigan bo‘lsa, buning mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’siri xavfini ham keskin oshiradi.
  • Shuning uchun ham yangi sharoit respublikamiz iqtisodiyoti oldiga bo‘lg‘usi, ehtimoliy inqirozlar paytida muhofazalanishga tayyor bo‘lish talabini qo‘ymoqda.
  • Yurtimizda iqtisodiy sohada olib borilayotgan qator tizimli ishlarning mazmun-mohiyati ham shunda.
  • Ya’ni, mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, uning turli tebranishlar va inqirozlarga chidamliligini oshirish so‘nggi yillardagi keskin iqtisodiy islohotlarning maqsadlaridan biridir.
  • So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan milliy iqtisodiyotimiz barpo qilinmoqda:
  • – xalqaro mehnat taqsimotida o‘z o‘rniga ega.
  • Bunda iqtisodiyotning quyidagi ustunlariga tayaniladi:
  • – xususiy mulkning himoya qilinishi;
  • – tadbirkorlikning yuqori samaradorlikda yuritilishiga asoslar mavjudligi;
  • – yuqori darajadagi raqobat muhitining mavjudligi;
  • – ixtisoslashuv va ko‘lam samarasidan foydalanish;
  • – moliya resurslarining yetarliligi.
  • Tom ma’noda rivojlangan iqtisodiyotni barpo qilish uchun mamlakatimizda quyidagi tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda:
  • – pul muomalasi va valuta munosabatlarini isloh qilish;
  • – soliq islohotlari;
  • – bank islohotlari;
  • tashqi savdoni isloh qilish;
  • – Ma’muriy islohotlar.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling