Jahon otin Uvaysiy


Download 55.5 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1631679
Bog'liq
Jahon otin Uvaysiy


Jahon otin Uvaysiy

 (XVIII asrning 80-yillarida tug’ilib, 65 yoshlarida vafot etgan.)

Yirik o’zbek mumtoz shoirasi Jahon otin Uvaysiy 1780-yillarning oxirlarida Marg’i8lonning Childuxtaron mahallasida tug’ildi. Otasi Siddiq bobo, onasi esa Chinni bibi ismli ayol edi. Siddiq bobo madrasa ta’limini olgan, adabiyot va musiqa ilmidan xabardor kosib-hunarmand bo’lgan. U fosr-tojik va o’zbek tillarida she’r yozganidan mahlliy aholi orasida Hofiz bobo nomi bilan shuhrat topgan. Chinni bibi mahaliy kosiblar bolalariga xat-savod o’rgatib, maktabdorlik qiluvchi ma’rifatli ayol edi. Jahon otin o’tkir zehni tufayli juda tez savod chiqarganligidan maktabda xalfalik vazifasini bajarib, ma’rifat tarqatishda onasiga yaqindan yordamlashgan. Fors-tojik, arab tillarini, badiiy adabiyot qoidalarini Jahon otin otasidan o’rgandi. Shoiraning akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Otasi va akasi Jahon otinga dutor, tanbur chalishni o’rgatdilar, musiqa ilmidan nazariy hamda amaliy ma’lumot berdilar. Jahon otin Sharq mumtoz adabiy merosini mustaqil ravishda mutolaa etdi. U mana shu yo’sinda adabiy-ma’rifiy jihatdan balog’at qozondi.
Jahon otinning otasi erta vafot etdi. Onasi va akasi Oxunjon hofiz 17 yoshli Jahon otinni marg’ilonlik ziyoli Hojixonga uzatdilar. Jahon otin Muhammadjon va Quyoshxon ismli farzandlar ko’rdi. Shoira farzandlarini ham ziyoli, ma’rifatli insonlar etib tarbiyalashga imkon qadar intildi. Shu davrda Qo’qon hukmdori Olimxon ukasi Umarbekni Marg’ilon hokimi etib tayinlaydi.. jahon otinning akasi va turmush o’rtog’i Umarbek saroyida e’tiborli lavozimlarda xizmat qildilar. Bu davrda jahon otin Uvaysiy maktabdor muallima va shoira sifatida Marg’ilondagina emas, balki atrofdagi tumanlarda ham mashhur bo’lib qolgan edi. Jahon otin Uvaysiy saroyga taklif etiladi va Mohlaroyim Nodira bilan tanishish baxtiga muyassar bo’ladi. Uvaysiy va Nodira, shuningdek, saroydagi ta’bi nazmi bor ayollar – ko’ka bibi, Qo’zixon, Ulfat begimlar orasida do’stona, ustodu shogirdlik, adabiy maslakdoshlik munosabatlari shakllanadi. Ushbu munosabatlar Nodiraning fojiali o’limigacha davom etadi.
Uvaysiy umr yo’ldoshidan bevaqt judo bo’ldi. Qo’qon xonligi taxtiga ko’tarilgan Umarxon Nodira iltimosiga binoan Uvaysiyni ikki farzandi bilan birga Qo’qonga ko’chirtiradi. Uvaysiy Nodiraning doimiy homiyligida hayot kechiradi va ijod etadi. Bir necha yil saroyda, alohida hovliga ko’chib chiqqanidan keyin esa mahallada she’riyat va ma’rifat, musiqa ta’limi borasida murabbiylik qilib, shogirdlar tarbiyalaydi. Uvaysiyning Ojiza, Jahon bibi, Hayot, Baqo, Dilorom ismli shoira shogirdlari bo’lganligi ma’lum. Amir Umarxon vafotidan keyin, Qo’qon xonligi Muhammadalixon tasarrufiga o’tgach, Uvaysiy, Nodira va umuman ijod ahlining taqdiri tanazzulga yuz tutdi. Muhammadalixon Uvaysiyning o’g’li Muhammadxonni sarboz etib Qashqar yurishiga jo’natdi. Shoiraning moddiy va ma’naviy-ruhiy ahvoli yomonlashdi. Qo’qondagi homiysi va boshpanasidan mahrum bo’ldi. O’g’lining diydoriga muyassar bo’lolmay, Nodiraning maslahatiga kirib, yolg’iz qizi bilan Marg’ilonga qaytdi. Uvaysiy bor murabbiylik mahoratini, onalik mehrini safarbar etib, go’zal qizi Quyoshxonni barkamol inson, yetuk shoira darajasida ulg’aytirdi. Quyoshxon Xokiy taxallusi bilan she’rlar yozar, dutor va tanburda ajoyib kuylar chalar edi. Ammo Quyoshxon Abdusamad qori nomli kishiga uzatiladi, ijodiy fazilatlari unga yoqmaydi, qattiq siquvga olinib, azob-uqubatda 30 yoshida olamdan ko’z yumadi. Jabrdiyda Uvaysiyning so’nggi ilinji bir yashar yetim qolgan nabirasi Bibi Xadichani insoniy-ijodiy balog’atga yetkazish bo’lib qoladi. Lekin farzandlari singari bu orzu ham juvonmarg bo’ladi. Xadicha 10-11 yoshlarga yetganida, 1850-yilda Marg’ilonda vafot etadi.
Uvaysiyning avlodlaridan bir qator shoir va shoiralar sulolasi yetishib chiqadi.

Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiymen,
Qayda dard eli bo’lsa, oshino Uvaysiymen.

Istadim bu olamni, topmadim vafo ahli,


Barchadin yumub ko’zni muddao Uvaysiymen.

Kechalar fig’onimdin tinmadi kavokiblar,


Arz to samo uzra mojaro Uvaysiymen.

To ko’rub xarobatin ta’n etma, ey zohid,


Bir nafas emas holiy iqtido Uvaysiymen.

Faqr borgohiga qo’ysa gar qadam har kim,


Bosh anga kerak bo’lsa, jon fifo Uvaysiymen.

Vaysiy be riyozat deb sahl tutma, ey orif,


Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiymen.

Bukun, e do’stlar, farzandi jonimni sog’indim,


Gado bo’lsam na ayb, ul shohi davronimni sog’indim.

Musofirman g’aribman, bekasu ham benavodurman,


Vujudim darda to’ldi, emdi darmonimni sog’indim.

Tilimning zikriyu, ko’nglimni fikri yaxshi farzandim,


Azizim, yolg’izim, davlatli sultonimni sog’indim.

Kecha-kunduz yo’lig’a muntazirdurmen, tikarman ko’z,


Kelib holim so’ribon ketsa, mehmonimni sog’indim.

Nasibin uzmadi tangri, ilojin topmag’ay kelsa,


Onam deb bo’lg’usi bag’ri qizil qonimni sog’indim.

Qorong’u bo’ldi olam ko’zima ushbu judolikdin,


Ko’zu ko’nglim ziyosi mohi tobonimni sog’indim.

Mani bekas Uvaysiy, yig’larman ro’z-shab tinmay,


Uyimning ziynati, ko’z ravshani xonimni sog’indim.

Zamona kulfatidin bu ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi,


Bu charxi be muruvvatdin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Jarohat bo’ldi bag’rim tig’i bedodi raqiblardin,


Bu ko’tah mardumi nofahmdin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Bu gulzori fano ichra mahalli be xalal yo’qtur,


Hamisha xoradin zaxmu, ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yo’q ogoh,


Qabih guftor mardumdin ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

Ko’ngul qoni bu rohi diydadin bir lahza band o’lmaz,


Vujudim iztirob aylab, ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

To’lubdur bag’rim ichra jon misoli g’uncha naylarmen,


Ochilmay gul sifat ushbu ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.

So’zimdin xotiring uzra gumoni o’zga yetkurma,


Ki izhor aylamay naylay, ko’ngul dog’ o’ldi, dog’ o’ldi.
Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling