Jahon qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishda etakchi davlatlar ulushi
Texnika ekinlari va boshqa qishloq xo`jalik ekinlari
Download 78.5 Kb.
|
Jahon qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yetakchi davlatlar ulushi
Texnika ekinlari va boshqa qishloq xo`jalik ekinlari.
Texnika ekinlari-sanoatning turli tarmoqlari uchun xom-ashyo beradigan qishloq xo`jaligi o`simliklaridir.Qanday mahsulot olinishiga qarab ular bir necha guruhlarga bo`linadi: 1.Kraxmalli ekinlar-kartoshka,batat. 2.Qandli ekinlar-shakarqamish,qand lavlagi. 3.Moyliekinlar: kungaboqar,eryong`oq,soya,kanakunjut,kunjut,zig`ir,gorchisa,zaytun,tung (tung daraxti janubda o`sadi,undan metallarni korroziyadan,yog`ochni esa chirishdan saqlaydigan lak tayyorlanadi). 4.Efir moyli ekinlar-(yalpiz,geran,atirgul,lavanda,koriandr) konditer va parfyumeriyada ishlatilinadi. 5.Tolali o`simliklar-g`o`za,uzun tolali zig`ir,jut,kanop,sizal. 6.Dorivoro`simliklar-kiyiko`t,isiriq,chakanda,zubturum,marmarak,na`matak,aloe,jenshen. 7.Oshlovchi (taran). 8.Narkotik (nasha,ko`knori). 9.Bo`yoq beruvchi. Tolali ekinlarda paxta katta ahamiyatga ega.Jahonda har yili 15-16 mln.t. paxta tolasi ishlab chiqariladi.Paxta qimmatbaho,lekin vegetasiyasi uzoq davom etadi.Paxta quyosh nuri va suvni ko`p talab etadi.Paxta ekiladigan yerlar maydoni va paxta hosili jihatidan Osiyo mamlakatlari 1-o`rinda turadi.2-o`rinda Amerika mamlakatlari,3-Afrika mamlakatlari turadi. Paxta tolasi yetishtirish bo`yicha yetakchi davlatlar: 1.Xitoy (4,2mln.t.y.) 4.Pokiston 2.AQSH 5.O`zbekiston 3.Hindiston Asosiy eksportchilar-AQSH,O`zbekiston,Braziliya. Importchilar-Horijiy Yevropa,Yaponiya,Rossiya. Tolali zig`ir-tuproqda va havoda namni ko`p bo`lishini,o`rtacha issiqlik va tuproqni o`g`itlashni talab qiladi.Beda bilan almashlab ekilsa yaxshi hosil beradi.Zig`ir asosan Xitoy, Rossiya,Belorussiya,Boltiqbo`yi,Polsha,Fransiyada ekiladi. Sizal asosan Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida ekiladi.Kam eksport qilinadi. Jut asosan Bengal qo`ltig`i bo`yida etishtiriladi.Jahonda jutning asosiy qismini Bangladesh beradi. Tabiiy kauchuk asosan to`qimalarida tabiiy kauchuk olish uchun ishlatiladigan sutshira-lateks ko`p bo`lgan o`simliklardan olinadi.Tabiiy kauchuk-geveya,tovsag`iz (Qozog`iston),gvayula kabi o`simliklardan olinadi.Tabiiy kauchukning asosiy qismini (85%) Janub-Sharqiy Osiyo mamlakatlari,ko`proq Malayziya,Indoneziya,Tailand,keyingi o`rinda Braziliya beradi. Tabiiy kauchukni dunyo bo`yicha yalpi hosilini 46%ini Malayziya, 23%ini Indoneziya beradi. Asosiy eksportchilar ham shular. Importchilar: Yaponiya,AQSH,Horijiy Yevropa. Download 78.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling