Jahon qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishda etakchi davlatlar ulushi


Download 78.5 Kb.
bet4/5
Sana08.03.2023
Hajmi78.5 Kb.
#1250983
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jahon qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yetakchi davlatlar ulushi

Dunyo chorvachiligi.

Chorvachilik (jivotnovodstvo)-qishloq xo`jaligining 2-muhim tarmog`i bo`lib,aholi va sanoatni go`sht,sut,yog`,teri,shox,jun,qil bilan ta`minlaydi.Dunyodagi barcha qoramollar qirilib ketgan yovvoyi buqa,ya`ni turning avlodi hisoblanadi.Tur eramizgacha taxminan 7000 yil ilgari xonakilashtirilgan.


Jahonda 1350 mln bosh yirik shoxli qoramol, 1,1 mlrd bosh qo`y va echkilar, 950 mln bosh cho`chqalar mavjud (2006 y.)
Yirik shoxli qoramollar (krupniy rogatiy skot) biologik xususiyatlariga ko`ra 3 ta guruhga bo`linadi:
1. Sersut (xolmagor,yaroslavlь zotlari).Sog`in davri 300 kun.Yog`liligi 3,6-3,7%, 3700-4300kg sut beradi.Rekordsmen qoramol 17500kg gacha sut bergan,yog`liligi 4,2%.
2. Sersut-go`shtdor zotlar (simmental,kostroma).Ular 4000 kg gacha sut beradi.Sigirlarning vazni 550-650kg, buqalarniki 1t.gacha.Sersut va sut-go`sht uchun qoramollar mo``tadil mintaqaning o`rmon va o`rmon-dasht zonalarida boqiladi.
3. Go`shtdor zotlar (shortgorn,qalmiq) mo``tadil va subtropik mintaqalarning qurg`oqchil hududlarida boqiladi.Buqalari 1t.dan ortiq yuk qiladi.1,5 yoshli buzoq 450 kg gacha semiradi.
Qoramollar AQSH,Kanada,Rossiya,Avstraliya va Argentinada keng yaylovlarda boqiladi.Dunyo bo`yicha 1,250-1,350 mln.bosh qoramollar bo`lib,ular soni bo`yicha yetakchi mamlakatlar
(2007 y):
1.Hindiston (210 mln. bosh). 4. AQSH (100 mln. bosh)
2.Braziliya (165 mln. bosh) 5. Argentina (52 mln. bosh)
3 Xitoy (115 mln. bosh) 6. Rossiya (36 mln. bosh)
Qo`ychilik (ovesovodstvo).Qo`ylar yovvoyi tog` qo`ylari muflon va arxarning avlodi.Qo`ylar asosan 3 maqsadda boqiladi:
1.Jundor zotlar mayin va ingichka uzun juni uchun boqiladi.Ularga sovet merinosi,arxariomerinos qo`ylari kiradi.Ulardan uzunligi 10sm li 12 kg gacha jun qirqib olinadi.
Echkichilik juni uchun (angor)Turkiya va Yeronda rivojlangan.
2.Terisi uchun Romanov zoti,qorako`l zotlari boqiladi.
3.Go`shti uchun dumbali qo`ylar,ayniqsa,hisor qo`ylari (150kg) ko`p boqiladi.Yog`i ko`p bo`ladi.
Jahondagi jami qo`ylarning 14%i Avstraliyada.Avstraliyaning dasht va chala cho`l zonalari jahondagi eng yirik qo`ychilik o`lkasidir (shpisteyshnz).Qo`ylar soni bo`yicha yetakchi davlatlar:
1.Xitoy (180 mln.bosh) 4.Argentina
2.Avstraliya 5.MDH
3.Yangi Zelandiya 6.Hindiston.
Dunyo bo`yicha 1,1-1,2 mlrd.bosh qo`ylar bor. Aholi jon boshiga YAngi Zelandiyada 15 ta, Avstraliyada 7,5 ta qo`y va echkilar to`g`ri keladi (2006 y).
Jun yetishtirishda yetakchi davlatlar:
1. Avstraliya (yiliga 762 ming t. dan ortiq)
2. YAngi Zelandiya
3. Xitoy
4. Rossiya
5. Qozog`iston
Jun eksport qiluvchi asosiy davlatlar: Avstraliya,Argentina,Yangi Zelandiya,JAR.
Importchilar: Horijiy Yevropa,AQSH,Yaponiya.
Cho`chqachilik (svinovodstvo) jahonda yetishtiriladigan go`shtning 2/5 qismini beradi.Cho`chqachilik aholi zich joylarda,sanoat markazlarida kartoshka yetishtiriladigan joylarda rivojlangan.Cho`chqa 6-7 ming yil ilgari xonakilashtirilgan (kabandan).Cho`chqa tez semiradi va o`sadi,ovqat tanlamaydi,tez ko`payadi,go`shti va yog`ini kalloriyasi yuqori.Urg`ochisi 260 kg, erkag 350 kg gacha semiradi.Yoshlari 6 oyda 100kg gacha semiradi.
Jahonda jami 950 mln.bosh (2006 y) cho`chqa bo`lib,shuni 40%i Xitoyga, 8%i MDHga, qolgani boshqa davlatlarga to`g`ri keladi.
Yilqichilik (konevodstvo).Yovvoyi ot-tarpandan 5-6 ming yil ilgari xonakilashtirilgan.Hozirda xonaki otlarning 200dan ortiq zoti ma`lum.
Otlar asosan miniladi,aravaga qo`shiladi,og`ir yuk tortadi.Sutidan qimiz tayyorlanadi.Qonidan shifobahsh preparatlar va zardob tayyorlanadi.
Ot zotlari: Orlov yo`rtoqchisi,Vladimir,Don,Budyoniy.Rus zotlari.Vladimir zoti.22,5 t.yuk tashigan.
Bug`uchilik(olenovodstvo) shimol xalqlari hayotida katta ahamiyatga ega.Shimol bug`ulari go`sht,teri,sut,shohi va ulov hayvoni sifatida boqiladi.Asosan tundra va o`rmon-tundrada ya`ni Rossiya va Kanada hududlarida boqiladi.
Tuyachilik (verblyudovodstvo) tropik va subtropik cho`l va chala cho`llarda rivojlangan.”Sahro kemasi” Osiyoda 2 o`rkachli,Arabiston yarim oroli va Afrikada bir o`rkachli tuyalar yashaydi.Tuyalar go`shti,suti,terisi,juni uchun va transport sifatida boqiladi.Janubiy Amerikada o`rkachsiz tuya-lama tog`da asosiy transport hisoblanadi.
Asalarichilik (pchelovodstvo), pillachilik (shelkovodstvo)-Xitoy, YAponiya, Italiya, O`rta Osiyo davlatlarida yaxshi rivojlangan.
Parrandachilik-Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlarida (broyler xo`jaligi) yaxshi rivojlangan.
Darrandachilik-mo`ynasi uchun tulki, quyon, norka, sabol, ondatra, nutriya kabilarni boqishdir. Bu tarmoq shimoliy rivojlangan mamalakatlarda yaxshi rivoj topgan.
Baliq ovlash bilan insoniyat qadimdan shug`ullanib kelgan.Hozirda dunyoda 15mln kishi baliq ovlash bilan shug`ullanadi.Dunyoda yillik ovlanadigan baliq va boshqa dengiz mahsulotlari (krab,krevetka,qisqichbaqa,omar,molyuskalar,dengiz suv o`tlari(laminariya,dengiz karami)) 100mln.t. tashkil qiladi.Bu mahsulotlarning 90%ini dengiz va okeanlarda baliq tutish tashkil etsa, 10%ini chuchuk suvlardan ovlanadigan baliqlar tashkil etadi.Dengiz organizmlarining oqsillari mol va parranda oqsillaridan qolishmaydi.Va insoniyatning oqsilga bo`lgan talabini 1/4 qismini ta`minlaydi.Baliq va boshqa dengiz mahsulotlari rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining iste`molida asosiy o`rin tutadi.Jahonda tutiladigan baliqning yarmi (50%i) 6 mamlakatga to`g`ri keladi. Ular:
1.Yaponiya 4.AQSH
2.Xitoy 5.Chili
3.Rossiya 6.Peru.
Jahonda baliq asosan materik sayozliklaridan tutiladi.2-jahon urushiga qadar jahonda baliq tutiladigan asosiy rayon Atlantika okeanining shimoliy qismi bo`lgan.XX asrning 2-yarmida baliq ovlanadigan asosiy rayon Tinch okeanining shimoliga ko`chgan.Dunyo bo`yicha ovlanadigan jami baliq va dengiz mahsulotlarining 85%ini tabiiy suv havzalari,15%ini sun`iy suv havzalari beradi.
Akvakultura-sun`iy suv havzalarida baliq va boshqa dengiz organizmlarini ko`paytirishdir. Akvakultura dastlab Xitoyda 4000 yil avval vujudga kelgan. Akvakultura mahsulotining 80%ini Osiyo mamlakatlari (Xitoy,Yaponiya,Koreya,Tailand,Malayziya,Singapur) beradi.
Marikultura-baliq va boshqa dengiz mahsulotlarini dengiz muhitida ko`paytirsh.Dunyo okeanida baliqlarning 130000 turi,o`simliklarning 10000 turi uchraydi.

Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling