Jahon savdo tashkilotiga aʼzolikning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ta’siri


Download 34.5 Kb.
Sana22.03.2023
Hajmi34.5 Kb.
#1286608
Bog'liq
Jahon savdo tashkilotiga aʼzolikning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ta


Jahon savdo tashkilotiga aʼzolikning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ta’siri
Jahon savdo tashkilotining asosiy funksiyalari
- Savdo shartnomalarini boshqarishni boshqaradi.
- Har qanday va barcha biznes muzokaralari uchun forum bo'lib xizmat qiladi
- Tijorat farqlarini hal qiladi
- A'zo davlatlar tijorat siyosatini nazorat qiladi
- Rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli yordam ko'rsatadi
- JST a'zo davlatlar o'rtasida shartnomalarning shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi
- Tashkilot va uyushmalar tijorat muzokaralar qo'llab-quvvatlash; - - JST dasturi doirasida axborot davlat yordam bilan ta'minlash; - - Savdo siyosatini mustahkamlash maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik; - Har qanday nizolarni hal yordam.

O’zbekiston Respublikasi JST kirishga ancha yillardan beri harakat qilib kelmqoda


Xususan Oʻzbekiston 1995-yilda ariza topshirgan boʻlishiga qaramasdan, faqat 2017-yildan boshlab, ijobiy siljish kuzatilyapti. Lekin ustuvor sohalarning boshqaruvi 32 yildirki, monopolistlarning qoʻlida turibdi. Masalan, transport sohasida yagona aviakompaniya, temir yoʻl kompaniyasi xohlagan narxini oʻrnatadi, jamiyat va davlatchilik ular bilan samarali kurasha olmaydi.


O’zbekistonning JST ga a’zo bo’lishi SWOT tahlil asosida
Strengths

  • Avvalo, monopolist boshqaruvga barham beradi va erkin raqobat muhitini yaratadi.

  • Toʻsiqlarsiz oʻzaro mahsulot ayirboshlashga erishiladi va tovar ayirboshlanishi yuksak texnologiyalarning qoʻllanilishi hamda rivojiga hissa qoʻshadi.

  • Xalqning turmush darajasini yaxshilashga turtki beradi, insonlarga sifatli mahsulot isteʼmol qilish imkonini yaratadi.

  • Eksport qilinayotgan mahsulotlar hisobiga milliy mahsulotlar tannarxi tushirilishiga xizmat qiladi.

  • Milliy ishlab chiqarish hajmini oshirib, byudjetga pul tushumlarini koʻpaytiradi, savdo liberallashuvi mamlakat va alohida vatandoshlarimizning daromadlarini oshiradi.

  • Mehnat bandligiga ijobiy taʼsir etadi.



Weaknesses

  • Iqtisodiyotni taraqqiy toptirish uchun bozor mexanizmlarini yetarli darajada rivojlanmaganligi.

  •  Iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni xususiylashtirish, bozor erkinligiga davlat aralashuvini cheklash borasida tugallanmaganligi

  • Respublika ichkarisida zamon talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oʻzbek fermerlari arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi

  • Mamlakat yirik tarmoqlarining bu iqtisodiy jarayonga tayyor emasligi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki bozor narxlari tashqi bozor narxlaridan yuqori ekanligi.



Opportunities

  • Xususiy sektor haqqoniy qoidalar bo‘yicha rivojlanadi.

  • Paxta monopoliyasini bartaraf etish fermer xo‘jaligiga nimani ekishni va bozor narxida sotishni erkin tanlash imkoniyatini beradi.

  • Yangi tarmoqlar vujudga keladi va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.

  • Yangi mahsulot va xizmatlar bo‘yicha yangi standart va qoidalarni shakllantiradigan turli xalqaro tashkilot va bitimlarda ishtirok etishga yo‘l ochadi.

  • Dunyo mamlakatlariga eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish sharoitini tug‘diradi.

  • Rivojlanayotgan davlat sifatida daromadga ega bo’lish

  • Tarif va notarifli to’siqlarni bartaraf etish natijasida tashqi bozorga chiqishning kengayishi rivojlanayotgan davlat sifatida bonuslarga ega bo’lish

  • Eksport qiluvchilarning chet el faoliyatida ishonchli himoya va kamsitishning yo’qligi

  • JST ga a’zo mamlakatlar hududidan mollarini bepul o’tkazish huquqidan foydalanish imkoniyati

  • Savdo hamkorlari bilan kelib chiqadigan muammolarni JST ishlab chiqqan mehanizim asosida hal etish

  • Savdo muammolari bo’yicha JST ga a’zo boshqa davlatlardan maslahat olish

  • Eksport-import hamda xorijiy va mahalliy investitsiya hajmining ortishi natijasida fiscal daromading ortishi

Threathens

  • Milliy iqtisodiyotnig keng ochilishi natijasida bir qator tarmoqlarning rivojlanish barqarorligi o’z izdan chiqishi va mamlakat iqtisodiyotiga tahdidi

  • Jahon bozoridagi narhlarning terbanishi natijasida Respublika to’lov balansining pasayish xavfi

  • Respublika ichki bozoridagi tovarlarga nisbatan arzon tovarlar importining ortishi natijasida bir nechta sanoat tarqmoqlari raqobatbardoshligini kamayishi

  • Tarif va bojlarni keskin tushishi natijasida davlat byudjeti daromadlarini kamayishi

  • Iqtisodiyotimizda muhim sohaning rivojlanishi uchun ajratiladigan subsidiyalarning kamayishi

  • Tarif va bojlarni boshqarishga aloqador muammolarni hal etishda davlat organlarining huquq va vakolatlarini cheklanishi

  • Mamlakatda transmilliy kompaniyalar ko’payishi va ular mamlakat iqtisodiyoti asosiy tarmoqlarini qo’lga olishi yoki ta’sirini ortishi

  • JSTga a'zo bo‘lish orqali arzon mahsulotlar nafaqat iste'molchilarga, balki ishlab chiqaruvchilarga ham yetkaziladi. Xomashyo ham arzonroq kirib kela boshlaydi.



Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi uzoq davom etayotgan jarayon hisoblanadi. Bunda Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiq bo‘lgan ichki bozorni notarif choralar orqali himoya qilish tizimini rivojlantirish,eksportni qo‘llab-quvvatlash va subsidiyalash choralarini ishlab chiqish kabi muhim vazifalar ijrosini ta’minlash talab etiladi.
Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling