Jahon she’riyatidagi sistemalar O’zbek she’riyatidagi sistemalar: barmoq, aruz, erkin


Download 107.5 Kb.
bet3/5
Sana17.09.2023
Hajmi107.5 Kb.
#1680090
1   2   3   4   5
Bog'liq
she\'riy sistemalar

Aruz bahrlari

Бир хил асл рукнлардан тузилган баҳрлар

Икки хил асл рукнлардан тузилган баҳрлар





Ҳажаз, ражаз, рамал, вофир, комил, мутақориб, мутадорик



Мужтасс, музореъ, ҳафиф, мунсареҳ, муқтазаб, тавил, жадид

Араб шеъриятига хос бўлган баќрлар



Форс – тожик ва туркий халқлар шеъриятида қўлланиладиган баҳрлар





Тавил, мадид, басит, комил, вофир



Ҳажаз, ражаз, рамал, мунсареҳ, музореъ, муқтазаб, мужтасс, сареъ, жадид, қариб, ҳафиф, мушокил, мутақориб, мутадорик

5 –jadval


Ba’zi bahrlarga misollar

Rajazi musammani solim



1 rukn

2 rukn

3 rukn

4rukn

Mustaf’ilun

Mustaf’ilun

Mustaf’ilun

Mustaf’ilun

- -V -

- -V -

- -V -

- -V -

Ey shoh karam

Ki mehr nu



aylar chag’i

ri teng tushar



teng tut yamo

vayronu o



nu yaxshini

bod ustina



hazaji musaddasi maqsur

1 rukn

2 rukn

3 rukn



4 rukn

Mafoilun

Mafoilun

Mafoil




V - - -

V - - -

V - -




Jahonda qol
Bilib tahqi

madi ul yet
q(i) ni kasb et

magan ilm
magan ilm




O’zbek mumtoz adabiyotida ramal, hazaj, rajaz, mutaqorib eng ko’p qo’llanilgan. Jumladan, Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-ma’oni” devonidagi g’azallarning yarmidan ko’prog’i ramal bahri (foilotun ruknining turlicha takrori) da yozilgandir.
Bahrlar bir – biriga yaqinligi, “o’zagi” bir xil bo’lishiga ko’ra guruhlanib, aruz doiralarini tashkil etadilar. Bir o’zakli (yaqin) bahrlar uchun bitta bayt yoki misra she’r aytiladi va u turlicha joydan boshlab o’qilsa, maxraj (o’zak) atrofida guruhlashgan qonu-qardosh bahrlar kelib chiqaveradi.


Taqte’ (arabcha so’z bo’lib, bo’laklarga, parchalarga bo’lish ma’nosini beradi) – she’rning vaznini aniqlash uchun misralarni ritmik bo’lak (rukn)ga ajratishdir. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”da ta’kidlashlaricha, taqte’ qilinadigan misra to’g’ri o’qilishi (talaffuz qilinishi) – musiqiyligi aniq sezilishi asosiy shartdir. Shu asosga tayangan holda misradagi so’zlar ruknlarga moslab bo’laklarga bo’linadi.
Jumladan, shu qoidaga asoslangan holda Alisher Navoiy “Ketti ulkim, sendin orom istagaymen ey ko’ngul” misrasini quyidagicha taqte’ qiladilar:

Ketti ulkim: foilotun ( - V - - )


Sendi – norom: foilotun ( - V - - )
Istagaymen: foilotun ( - V - - )
Ey ko’-ngul: foilun ( - V - )

Juda ko’plab vaznlarga misollar keltirib, mutoqorib bahrining musaddas shakliga ham to’xtaladilar:




Yana hajr aro zor bo’ldum,
Firoqingda afgor bo’ldum.
Faulun faulun faulun
V - - / V - - / V - -

Xullas, ilmu aruzni alohida fan sifatida o’rganish davrning taqozasidir. Chunki, aruz mumtoz she’riyatimizning asosidirki, uni yetarli tushunmasdan mumtoz adabiyotimizning salohiyatini, mumtoz shoirlarimiz badiiy mahoratlarini to’liq tasavvur etish mumkin emas. Yana Erkin Vohidov, Jamol Kamol kabi zamondosh shoirlar aruzning go’zalligini namoyon qilmoqdalarki, ularni borlig’icha anglamoq uchun ham aruzni o’rganish zarur.


Erkin she’r sistemasi . Bu she’r tizimida misralarda bo’g’inlar miqdori tengligi (barmoq), hijolarning cho’ziq va qisqalgi (aruz) kabi qonuniyatlar hukm surmaydi. Unda bo’g’inlar miqdori ham, turoqlar (ruknlar) tartibi ham, qofiyalanish va bandlar ham turli-tuman bo’ladi, lekin musiqiylik-ohangdorlik doimo barq urib turadi. Shu sabab u erkin she’r sistemasi deb yuritiladi. Bu sistemada ham shaklning rang – barangligi mazmun va mantiq talabiga, kechinmalarning mohiyatini ro’yi-rost ko’rsatuvchi ohangdorlikka bo’ysunadi.
Bizningcha, bu she’r sistemasining XX asr she’riyatida tug’ilishi va taraqqiysi jamiyatning, insonning tezkor hayoti bilan bog’liqdir. hayot oqimi qanchalik tezlashsa (XX asr boshida eng katta tezlik soatiga 10-12 km bo’lgan bo’lsa, asrning o’rtalarida bu tezlik bir sekundga tenglashdi) inson qalbidagi tug’yonlar ham shunchalik faollashadi, bu o’z navbatida she’riyatdagi mazmunning o’zgarishiga, pafosning ayricha kuchliligiga olib keldi, ya’ni oniy his - tuyg’ular vulqondek, birdaniga bor qudrati bilan voqye bo’lib – yangicha intonasiyani, yangicha ritmni yuzaga keltirdi. Barmoq va aruzdan farq qilgani holda, mazmun va mantiq, ma’no urg’usi talabiga ko’ra intonasiyani kuchaytirib borish, muayyan so’zlardagi mantiq urg’usini bo’rttirish maqsadida misralarda va bandlarda turoqlar, qofiyalar tartibini turlicha o’zgartirib, tovlantirib borishi mumkin bo’ldi. 1 Bu xususiyatlarning mohirona ijrosini h. Olimjonning “Baxtlar vodiysi”, G’. G’ulomning “Sen yetim emassan” kabi o’nlab she’rlarida, M. Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” tragediyasida, R. Parfining yuzlab asarlarida - go’zal lirikasida ko’rish mumkin.

Ey, Farg’onah


Ey, bo’yniga
qora to’rva
osgan jonlar,
Ey har kuni,
gadoylikka
tortgan onlardan
Ey tanlarni
shilib yotgan
harom qonlardan
Bir yo’lasi ozod bo’lgan azamat o’lkah
(h. Olimjon)
Bitta she’r doirasida bo’g’in, turoq, misra, band, qofiya, ritmik pauza kabi vositalarning mazmun va ohang talabiga mos tarzda tovlanishi (rang-barang va erkin bo’lishi) erkin she’r sistemasining bosh qonunidir.
Bu sistema (erkin, oq, sarbast she’r yo’llari) xalq tiliga – oddiy so’zlashuv tiliga judayam yaqinlashgani bilan ajralib turadi. Xalqqa xos bo’lgan oddiy, “qo’pol” so’zlar ham, so’z birikmalari ham bu sistemaga kira bildilar, odatdagidan ko’ra katta vazifani – poetik olam obrazini yarata oldilar. Bu xususiyat sistemaning ommabopligini, jonliligini, zarurligini ta’minladi.
Jumladan, Oygul Mamatovaning “Onalik” she’rida onaning tengdosh dugonasiga murojaati, nidosi orqali she’r va farzandga bo’lgan buyuk muhabbat, bu muhabbatning jahoniy ma’nosi – olti iqlimning tinchligi, oromi, armoniga aylanib, qalbni jo’nbushga keltiradi. U xuddi ummon to’lqinidek goh pasayadi, goh balandlashadi, lekin tobora yuksalaveradi. Ana shu ma’no ohangiga mos tarzda turoqlar, pauzalar, qofiyalar... turfa xillik kasb etadi. Shunday tarzdagina poetik fikr yashash, yaratish qudratiga ega bo’ladi: ona dardlarining, xayollarining, orzularining jonli va betakror olamidan – yaxlit va go’zal asar voqye bo’ladi. Mana, isboti:

hyey, u shoir bo’larmidi


Bir etak bola.
Ko’rgani yo’rgagu
Topgani beshik”.
Qo’ygin, xafa qilma meni dugonam,
O’zim ahd qilganman
Shunchaki she’r yozib shoir bo’lgandan
Bir fidoyi ona bo’lganim tuzuk.
Goh qalamga,
Goh bolamga
Allalar aytdim,
Bilagim tolsa ham,
Yuragim yonsa ham,
Tashlab yubormadim birontasini.
Ikkovini birga bag’rimga bosdim
Faqat
Tengqo’r shoirlar safidan kech qoldim bir oz.
Sen ilk kitobing chiqarding,
Men-chi, bag’rimda
Olti yo’rgakni avaylab bog’ladim, yechdim,
Xalqim xizmatiga tutdim olti pahlavon.
Olti dastiyorni karvonga qo’shdim.
Maqsadsiz tug’madim biror bolamni,
Tug’sa, tug’ibdi-da” dema iltimos
Asli hayot shunday, tabiat shunday:
hamma shoir yo har kim ona bo’lolmas.
Sen she’ bilan so’raysan dunyoni bugun,
Men esa olti bolam yuragiga olti qit’aning
Tinchligini, armonini, orzusini joylayman.
Men onamanh
Farzandlarim tomirlarimda.
Toki,
Ko’krak sutim qon bo’lib aylanar ekan,
Men zamin bo’lib
Suygan beshigimni o’rtaga qo’yib
Oltovidan
Olti iqlim taqdirini so’rayman.
Oygulning “Onalik” she’ri erkin she’r sistemasining erkin yo’liga misol bo’ladi: chunki, unda bosh xususiyat – satrlardagi turoqlarning va qofiyalanish tartibining erkinligidir.

Download 107.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling