Jahon sivilizatsiyalari tarixi fanidan taqdimotlar 2-mavzu: ikki daryo oralig‘ining (mesopotamiya) va qadimgi misr siivilizatsiyalari


Download 74.66 Kb.
bet12/12
Sana01.12.2021
Hajmi74.66 Kb.
#178547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Месопатамия узб презентация

Sa’nati

  • Qadimgi Mesopotamiyaning san’atini shakllanishi va keyingi taraqqiyotiga shumerlarning badiiy an’analari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tosh o‘ymakorlik m.a. III ming yillik boshlarida shakllandi. Toshga naqshlar o‘yish (gliptika) m.a. I asrigacha yuksak darajada rivojlandi. M.a. XXIV-XXIII asrlarda Mesopotamiya yagona davlat bo‘lib, birlashgan paytda podsholarning ideallashtirilgan portret-tasvirlari paydo bo‘ladi.
  • M.a. II ming yillik boshlaridan qurbonlik keltirish, saroy hayoti manzaralari tasvirlangan freska san’ati rivojlanadi. Mesopotamiya san’ati m.a. VIII-VII asrlarda Osuriya davlatining gullab-yashnagan davrida o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Bu asosan relef san’atida o‘z aksini topgan. Bu davrda ulug‘vor saroy va ibodatxonalar barpo qilina boshlandi.
  • M.a. I ming yillikda Mesopotamiyada yirik savdo-hunarmandchilik madaniyat markazlari bo‘lgan katta shaharlar paydo bo‘ladi. Mesopotamiyaning ilmiy bilimlari, san’ati, me’morchiligi, dini, yozuvi va adabiyoti, qadimda ko‘pgina Sharq xalqlari madaniyati ravnaqining o‘lchov mezoni bo‘lib xizmat qildi.

Download 74.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling