- 1. Qadimgi Mesopotamiya sivilizatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi.
- 2. Mesopotamiya sivlizatsiyasining rivojlanish omillarini ta’riflaydi.
- 3. Qadimgi Ikki daryo oralig‘i sivilizatsiyasining umumiy taraqqiyotiga baho beradi.
- M.a. IV ming yilliklarda janubiy Mesopotamiyada shumer manzilgohlari paydo bo‘lgan. Bora-bora ular butun Mesopotamiyani egallashgan.
- Mesopotamiyaning shimoliy qismida m.a. III ming yillikning birinchi yarmidan semitlar istiqomat qilgan. Ular qadimgi Old Osiyo va Suriya dashtlarining chorvador qabilalari bo‘lishgan. Mesopotamiyaga kelib o‘rnashgan semit xalqlarining tili akkad tili deb atalgan. Bir necha asrlar davomida semitlar shumerlar bilan yonma-yon yashashgan, so‘ngra ular janubga siljib, III ming yillik oxirida butun janubiy Mesopotamiyani egallashgan.
- M.a. III ming yillik oxirida Mesopotamiyaga Suriya dashtlaridan g‘arbiy semit chorvador qabilalari kirib kela boshlagan. Ularni bobilliklar amoriylar deb atashgan. M.a. III ming yillikdan boshlab shimoliy Mesopotamiyada kutiy yoki gutiy qabilalari istiqomat qilishgan. Qadimgi davrlardan bu yerda xurrit qabilalari ham yashagan. Shimoliy Mesopotamiyada xurritlar o‘zlarining Mitanni davlatini barpo etishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |