Jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan 10 buyuk ajdodimiz


Download 1.11 Mb.
Sana24.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1290945
Bog'liq
10 buyuk alloma

Jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan 10 buyuk ajdodimiz

25-fevralda Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta'lim maktabida maktab kutubxonachisi R.Abdullayeva va ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi Sh. Rahmonova tomonidan "Jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan 10 buyuk ajdodimiz " nomli kitoblar to‘plami taqdimoti o‘tkazildi.


O'zbekiston jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo'shgan ulug' allomalar yurtidir. Tariximizda ko'plab buyuk olimlar, shoirlar, sarkardalar o'tgan. "Jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo'shgan 10 buyuk ajdodimiz" nomli kitob buyuk bobokalonlarimiz hayoti, ijodi va bizga qoldirgan boy merosi haqida yozilgan kitobdir. Kitob 10 ta jilddan iborat. Jildlarning har biri bitta allomalarimizga bag'ishlangan bo'lib, har bir jildning birinchi beti Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich fikrlari bilan boshlanadi, " Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratishimiz kerak".



Taqdimot davomida buyuk ajdodlarimiz haqida maʼlumot berildi:
Al-XORAZMIY: Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso al-Xorazmiy nomi fan tarixida alohida o'rin tutadi. Olim o'zining «Hisob al-Jabr va al-Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Quyosh soatlari haqida risola», «Astronomik jadvallar» singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo'lib, hozirgi paytda biz foydalanayotgan o'nlik hisoblash sistemasining Yevropada tarqalishiga sabab bo'ldi


Abu Ali Ibn Sino ham o'z davrining yetuk allomasi fan fidoyisi sifatida mashhurdir. Buxoroi sharifning Afshona qishlog'ida tug'ilib voyaga yetgan Ibn Sino 18 yoshlik chog'idanoq el orasida yetuk tabib, olim sifatida tan olingan, uning dovrug'i Somoniylar saroyida ham ma'lum va mashhur bo'lgan. Taqdir hukmi uni qayerlarda yashashga umr guzaronlik qilishga mahkum etmasin, u dunyoviy ilmlarni o'rganishdan, ularni chuqur tadqiq etishdan charchamadi.
Ushbu to‘plamda jami 20 dona kitob 10 ta buyuk allomalarimiz hayoti va ijodiga oid muhim ma‘lumotlar berilgan. Ularning safarlari ijod namunalari ko‘rsatib o‘tilgan.
Maktab kutubxonachisi: R. Abdullayeva
Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi: Sh.Rahmonova
Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling