Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining
Hukumat bundan qanchalik manfaatdor?
Download 57.11 Kb.
|
sug\'urta ma\'lumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro tajriba
- Sug‘urta bozorida kutilayotgan tasir
Hukumat bundan qanchalik manfaatdor?
Majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etilishi tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi arzonlashuviga olib kelishi sababli davlat budjetidan xarajatlar kamayadi, mazkur sohada yagona tizim yaratilishi oqibatida byurokratizm kamayib, davlat boshqaruvi osonlashadi. Bolalarning sog‘lig‘iga e'tibor oshishi natijasida ular sog‘lom bo‘lib o‘sishi ta'minlanadi va kelajakda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xarajatlar oldi olinadi. Hukumat fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash maqsadida inson sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi sohalarni tartibga solishni kuchaytiradi, (masalan tamaki va alkogol mahsulotlari), natijada mazkur mahsulotlar narxi oshadi. Xalqaro tajriba Rivojlangan 33ta davlatdan 32tasida umumiy majburiy tibbiy sug‘urta tizimi joriy qilingan bo‘lib, ular quyidagi 3 turdagi majburiy tibbiy sug‘urtadan birini qo‘llashadi: 1.Yagona to‘lov tizimi – davlat sog‘liqni saqlash tizim uchun fuqarolardan alohida soliq undiradi. 32ta davlatdan 12tasida bu tizim joriy etilgan (xususan Buyuk Britaniyada). 2. 6ta davlatda esa majburiy sug‘urta polisi (insurance mandate) sotib olinadi. Mazkur tizim barcha fuqarolardan ish beruvchi orqali yoki davlatdan majburiy tibbiy sug‘urta sotib olishni nazarda tutadi (Germaniyada kuzatiladi). 3. Qolgan 9ta davlatda ikki pog‘onali tizim (davlat budjeti va xususiy sug‘urta kompaniyalari) joriy etilgan bo‘lib, bu tizimda davlat eng asosiy tibbiy xizmatlar uchun fuqarolardan soliq undiradi va bu tibbiy xizmatlarni bepul ta'minlab beradi. Fuqarolar qo‘shimcha tibbiy xizmatlar uchun o‘zlari mustaqil to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin (Fransiya misolida). Sug‘urta bozorida kutilayotgan ta'sir Gross Insurance sug‘urta kompaniyasi Olmazor tumani filiali direktor o‘rinbosari Dilnoza Umarova: «Ayni vaqtda respublikada tibbiy sug‘urtaning ixtiyoriy turi mavjud. Bu sug‘urta turi asosan yuridik shaxslar tarafidan ixtiyoriy tarzda xarid qilib kelinmoqda. O‘zbekistonda ixtiyoriy tibbiy sug‘urtani sanoqli tashkilotlar (Lukoyl, Nestle-O‘zbekiston va boshqalar) o‘z xodimlariga ijtimoiy paket tarzida takdim etishadi. Endi tasavvur qiling: respublikada qanchadan-qancha tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda? Ular yoppasiga tibbiy sug‘urta polisini sotib olishgach, sug‘urta bozorida tibbiy sug‘urta hajmi nisbatan keskin sur'atlarda oshishiga olib keladi. Sug‘urta bozorida kuchli raqobat tizimi vujudga keladi. Shuningdek, sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida sug‘urta xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha majburiyatlar yuzaga keladi. Misol uchun, mijoz 200 ming so‘m sug‘urta mukofotini to‘laydigan bo‘lsa, o‘rtacha hisobda unga 1 mln.so‘mlik tibbiy xizmat ko‘rsatiladi va bu mablag‘ sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplab beriladi. O‘z-o‘zidan sug‘urta kompaniyasi sarflagan ortiqcha summasini yana mijozlarni chaqirish orqali qoplab olishga harakat qiladi. Natijada, sug‘urta kompaniyalari o‘z foydasi uchun xizmat sifatini oshiradi» . Download 57.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling