Amalga oshirilgan tahlil-sintez oldiga quyidagi vazifalarni belgilanadi:
Pedagogik nazariyalarning g‘oyaviy asoslari va mazmunining mamlakatlar taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’sirini qayd qilish, umumlashtirish;
Yevropaning taraqqiy etgan mamlakatlarida, Osiyo va Afrikaning milliy mustaqillikni qo‘lga kiritgan ayrim mamlakatlarida tarbiyaviy konsepsiyalar rivojining tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-madaniy shart-sharoitlarini tahlil qilish;
Tarbiya nazariyalari, konsepsiyalarini milliy tarbiya bilan nazariy aloqalarini o‘rganish:
Zamonaviy o‘zbek maktabidagi milliy tarbiya tizimining tub xususiyatlarini qiyosiy asoslash.
Boshqa mamlakatlar tarbiyaviy tizimlarini o‘rganishning xususiyatlari haqidagi ibratli fikrlarni professor P.Kapnistning 1900 yilda aytgan fikri bilan yakunlaymiz: "...tarbiyaviy ishlarda ta`lim muassasasining milliy xususiyatlarini dunyo sivilizatsiyasining tarkibiy qismi sifatida o‘rganish kerak. Bu birinchidan, har bir ilmiy muassasaning(uning qayerda joylashganligidan qat’iy nazar) asosini belgilaydi va ikkinchidan, begona o‘lkalarning ta`limiy ishlarini o‘rganish boshqa mamlakatlarda bir vaqtlar o‘tkazilgan va natijalari aniq ko‘rilgan ko‘plab tajriba va ekperimentlarni takrorlashdan bizni qutqazadi"
Do'stlaringiz bilan baham: |