Jahon tarixi (1918-1945 yillar) 7-mavzu: sssr 1918-1945 yillarda


Sovet totalitar tuzumining tashqi siyosati


Download 138 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2023
Hajmi138 Kb.
#1644814
1   2   3
Bog'liq
7-MA\'RUZA MATNI J(EYD)T

Sovet totalitar tuzumining tashqi siyosati.
30-yillarda SSSR tashqi dunyo bilan aloqalarda ko‘plab qiyinchiliklarga duch keldi. Jumladan, eng avvalo podsho hukumatining qarzlarini to‘lash, xorijiy mulkni ularning eski egalariga qaytarish, xalqaro aloqalardagi teng huquqlilik va mustaqillik muammolari bilan bog‘liq bo‘ldi. Ammo bu qiyinchiliklarga qaramay, sovet diplomatiyasi tashqi munosabatlarni sekin-asta o‘zgartirishga erishdi.
1941 yil arafasidayoq Sovet mamlakati bilan Estoniya, Latviya, Litva, Finlyadiya, Polsha o‘rtasida diplomatik munosabatlar mavjud edi. Sovet davlati 1921 yil mart oyida Angliya bilan savdo bitimi tuzdi. Bu bitim Angliyaning haqiqatda Sovet hukumatini taniganligini bildirardi.
Shundan keyin, ko‘p vaqt o‘tmay, 1921-1922 yillarda Germaniya, Norvegiya, Avstriya, Shvetsiya, Chexoslovakiya, Italiya bilan ham savdo bitimlari tuzildi.
Yevropa mamlakatlari va AQSH bilan iqtisodiy aloqalarning bir maromda rivojlanishiga tashqi savdoning davlat tomonidan monopoliyalashtirilgani to‘g‘anoq bo‘ldi. Bu tufayli AQSH SSSR bilan savdo aloqalari o‘rnatishni qat’iyan rad etdi.
Sovet hukumati AQSH bilan SSSR o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga harakat qildi. 1921 yil 20 martda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Komitetining raisi M.I.Kalinin Amerika kongressiga va AQShning yangi prezidenti Gardingga telegramma yuborib, Sovet hukumatining AQSH bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga tayyorligini bildirdi. Shu maqsad bilan ikkala mamlakat o‘rtasidagi hamma masalalarni, shu jumladan savdo munosabatlarini yangidan boshlash masalasini hal qilish uchun AQShga maxsus delegatsiya yuborish istagi borligi ma’lum qilindi. Ammo AQSH hukumati bu taklifni rad qildi.
Sovet diplomatiyasi SSSR da kolonializmga qarshi kurashda o‘z ittifoqchisini ko‘rgan Osiyo mamlakatlari bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnatishda ma’lum muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. 1921 yilda Eron, Afg‘oniston, Turkiya va Mongoliya bilan do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzildi.
1921 yil 26 fevralda Moskva Eron bilan imzolagan shartnomada chor Rossiyasining Eron bilan tuzgan va Eron uchun asoratli bo‘lgan hamma shartnoma va bitimlari bekor qilinganligi ta’kidlandi. RSFSR hukumati chor hukumatining Eron territoriyasidagi barcha konsessiyalaridan, pul da’volaridan voz kechdi, Kaspiy dengizida Eronning o‘z flotini saqlash huquqiga ega bo‘lishiga rozi bo‘ldi va hokazo. Shartnomaning 6-moddasi ayniqsa muhimdir. Bu modda qanday bo‘lmasin biron davlat Eron territoriyasini bosib olish yoki Eron territoriyasini Sovet Rossiyasiga qarshi urush harakatlari bazasiga aylantirish maqsadida Eron territoriyasiga qurol kuchi bilan bostirib kirgan taqdirda Sovet hukumati o‘zini mudofaa qilish manfaatlarini ko‘zlab zarur choralar ko‘rish uchun Eronga o‘z qo‘shinlarini kiritish huquqi borligi aytilgan.
1921 yil 28 fevralda Sovet Rossiyasi bilan Afg‘oniston o‘rtasida do‘stlik shartnomasi imzolandi, bu shartnoma ikkala mamlakatning o‘zaro mustahkam va do‘stona munosabatlariga negiz bo‘ldi.
1921 yil 16 martda RSFSR bilan Turkiya o‘rtasida do‘stlik va birodarlik haqida shartnoma imzolandi. Yakkalanib qolgan Turkiya o‘z mustaqilligi uchun kurash olib borayotgan dolzarb vaqtda imzolangan bu sovet-turk shartnomasi milliy Turkiyaning xalqaro pozitsiyasini mustahkamlashga, uning dushman imperialistik davlatlar qurshovini yorib o‘tishiga imkon berdi. Zakavkazyedagi sovet respublikalari 1921 yilning oktabrida Turkiya bilan shartnoma tuzdilar.
1921 yil martida Suxe-Bator boshchiligida tashkil topgan Mo‘g‘uliston xalq-revolyutsion hukumatining iltimosiga binoan, 1921 yilda RSFSR hukumati baron Ungernning bostirib kirgan oq gvardiyachi qo‘shinlaridan Mo‘g‘ulistonni ozod qilish uchun kurashayotgan Mo‘g‘uliston xalq armiyasiga yordam berdi. Qizil Armiyaning yordami bilan 1921 yil yozida Ungren qo‘shinlari tor-mor qilindi. Bir-birini tanish va bir-biriga elchi yuborish haqida 1921 yilning 5 noyabrida Mo‘g‘uliston Xalq Respublikasi bilan RSFSR o‘rtasida shartnoma imzolandi.
Sovet hukumati Xitoy bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga intildi va chor hukumati bilan Xitoy o‘rtasida tuzilgan, teng huquqlilikka asoslanmagan, Xitoy uchun asoratli bo‘lgan hamma shartnomalardan voz kechganligini necha martalab bildirdi. Ammo 1920-1921 yillarda olib borilgan Sovet-Xitoy muzokaralari muaffaqiyatsiz tugadi.
O‘zaro da’volarni muhokama qilish va sulh shartnomasini uzil-kesil tuzib chiqish uchun konferensiya chaqirish haqida Sovet hukumatining 1921 yil oktabrida qilgan taklifini Angliya, Fransiya, Italiya, Germaniya hukumatlari va boshqalar qabul qildilar. 1922 yilning aprel-may oylarida Italiyaning Genuya shahrida Yevropa davlatlarining moliyaviy-iqtisodiy konferensiyasi bo‘ldi.
Rossiya va Germaniya taqdirida 1922 yili Genuyada imzolangan Rapallo bitimi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Ushbu bitim G‘arb davlatlarining SSSRga nisbatan siyosiy qamalini barbod qildi. Rappalo bitimidan so‘ng boshqa davlatlar ham SSSRni tan ola boshladilar. 1924 yilda Angliya va Fransiya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatildi. Xuddi shu yili Yevropadagi ko‘plab davlatlar sovet davlatini diplomatik jihatdan tan olishi va u bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishini bildirdi. 1925 yil yanvarda sovet-yapon bitimi imzolandi. 1921-1925 yillarda SSSR chet mamlakatlar bilan jami 40 dan ortiq turli bitim va shartnomalar tuzdi. 1924-1925 yillarda Sovet Ittifoqi Angliya, Italiya, Avstriya, Gretsiya, Norvegiya, Shvetsiya, Xitoy, Daniya, Meksika, Fransiya va Yaponiya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Xitoy bilan tuzilgan shartnomaga binoan Sovet hukumati podsho hukumatining Xitoy bilan tengsizlik asosida tuzgan hamma shartnomalarini bekor deb e’lon qildi.
1932 yilda SSSR Polsha, Latviya, Estoniya va Finlyadiya bilan bir-biriga hujum qilmaslik haqida shartnoma tuzdi. O‘sha yiliyoq Sovet-Fransiya munosabatlarida burilish yasaldi. Natijada 1932 yil noyabrida SSSR bilan Fransiya o‘rtasida hujum qilmaslik haqida shartnoma tuzilishiga olib keldi. 1933 yilda SSSR bilan Italiya o‘rtasida hujum qilmaslik haqida shartnoma tuzildi. Sovet hukumati hujum qilmaslik haqida ahdnoma tuzishni Yaponiyaga ham taklif qildi. Biroq, Yaponiya hukumati, SSSRga nisbatan agressiv niyatlari bo‘lgani uchun, bunday shartnomani imzolashdan bosh tortdi.
1931 yildayoq Yaponiya Xitoyning shimoli-sharqiy viloyatlarini (Manchjuriyani) bosib oldi va u yerda Sovet Ittifoqiga hujum qilish uchun, Xitoyga hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga hujumni davom ettirish uchun platsdarm vujudga keltirdi. Shu tariqa, Uzoq Sharqda jahon urushining birinchi o‘chog‘i vujudga keldi. Jahon urushining ikkinchi o‘chog‘i Germaniya fashistlarining hatti-harakatlari natijasida Yevropaning markazida vujudga keldi.
Fashistlar Italiyasi ham agressiya yo‘liga kirdi. 1935 yilda u Efiopiyani (Xabashistonni) bosib oldi. Shundan keyingi yilda har ikkala fashistlar davlati Ispaniyada general Franko isyonini uyushtirdilar, so‘ngra esa Ispaniya respublikasiga qarshi harbiy intervensiya boshlab, bu respublikani bo‘g‘ib tashladilar.
Fashistlar Germaniyasi bilan fashistlar Italiyasi 1936 yilda «Antikommintern pakti» deb atalgan o‘zaro harbiy ittifoq tuzdilar, 1937 yilda Yaponiya ana shu ittifoqqa qo‘shildi va shu yili Xitoyda jinoyatkorona, bosqinchilik urushini boshlab yubordi. Yangi jahon urushini boshlab yuborishga intilgan «Berlin-Rim-Tokio» agressiv qaroqchilik bloki tashkil topdi. Ana shunday bir paytda, 1933 yil noyabrida SSSR bilan AQSH o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
1935 yilda Sovet Ittifoqi Fransiya va Chexoslovakiya bilan o‘zaro yordam haqida paktlar tuzdi.
Yaponiya imperialistlari haqiqatan ham SSSRga xujum qilishga zo‘r berib tayyorgarlik ko‘rmoqda edi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy ig‘volar uyushtirish yo‘liga o‘tib oldi va 1938 yil iyulda yapon qo‘shinlari Vladivostokka yaqin joydagi Xasan ko‘li rayonidagi Sovet territoriyasiga bostirib kirdi. 6-11 asgustda sovet qo‘shinlari yapon agressorlarga qarshi zarba berdilar va uni SSSR territoriyasidan uloqtirib tashladilar. Lekin yapon bosqinchilari bu voqealardan o‘zlariga tegishli saboq chiqarmadi. Mongoliyani bosib olish, sovet territoriyasiga yorib kirish, Sibir temir yo‘l magistralini kesib o‘tish va Uzoq Sharqni qirqib qo‘yish maqsadida 1939 yil 13 mayda ular Xalxin-Gol daryosi rayonida Mongoliya Xalq Respublikasiga hujum qildi. Yaponiyaning piyoda askarlar va tanklardan iborat katta kuchlari ko‘plab harakat qilayotgan aviatsiya yordami bilan uch oy davomida hujumga o‘tishga urinib ko‘rdi. Ammo ularning barcha xujumi qaytarildi, bunda ular juda katta talofatlar ko‘rdi. 20 avgustda sovet va mongol qo‘shinlari qarshi hujumga o‘tdilar. Dushman qo‘shinlari qurshab olindi va sakkiz kunlik jangda deyarli tamomila qirib tashlandi. Angliya va Fransiya hukumatlari agressiyaga qarshi birgalashib kurashish masalasi yuzasidan 1939 yilning bahorida SSSR hukumati bilan muzokara olib borishga kirishdi. Muzokaralar 4 oy chamasi davom etdi va natijasiz tugadi.
Sovet hukumati fashistlar agressiyasiga qarshi barcha uchun barobar asosda o‘zaro yordam haqida samarali va amaliy natija beradigan bitim tuzishga bor kuchini sarf qildi. U urush bo‘lib qolgan taqdirda kuchli armiya qo‘yishga, Polsha, Fransiya, Angliyaga fashistlar Germaniyasi xujum qilgan taqdirda Yevropaga qo‘shin yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Lekin Angliya o‘z ustiga bunday majburiyatlar olishni istamadi. Bu masalada Angliya va Fransiya hukumatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Polsha, agar sovet qo‘shinlariga Angliya va Fransiyaga yordam berish uchun yo‘lga tushish zarur bo‘lib qolsa, sovet qo‘shinlarini o‘z hududidan o‘tkazmasligini aytdi. Ana shularning hammasi bir tomondan, SSSR bilan, ikkinchi tomondan, Angliya va Fransiya o‘rtasidagi muzokaralarning muvaffaqiyatsiz tugashiga olib keldi.
Ayni bir vaqtda Angliya hukumati Germaniya bilan eng muhim siyosiy, harbiy va iqtisodiy masalalar yuzasidan keng bitim tuzish haqida maxfiy muzokaralar olib bormoqda edi.
Ro‘y bergan xalqaro vaziyatni e’tiborga olib, Germaniyaning hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzish haqidagi taklifini qabul etishga qaror qildi. Shartnomaga 1939 yil 23 avgustda imzo chekildi. Bu bilan Sovet Ittifoqi bir yarim yil tinch yashash va avj olib borayotgan ikkinchi jahon urushi sharoitida o‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlab olish imkoniga ega bo‘ldi.



Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling