Jahon tarixi fanidan «Qadimgi Rim tarixi, tarixshunosligi»


I bob. Qadimgi Rim tarixi bo’yicha ma’lumot beruvchi qadimgi manbalar


Download 1 Mb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1524218
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yusupov Berdimurod mustaqil ish

I bob. Qadimgi Rim tarixi bo’yicha ma’lumot beruvchi qadimgi manbalar
Rim tarixini o'rganish manbalari xilma-xil va nihoyatda boydir. Bu manbalarni asosan yozma, arxeologik, qadimgi yozuvlarni o'rganish va numizmatik manbalarga bo'lish mumkin. Qadimgi Rim tarixini yoritib beruvchi asarlar ham juda behisobdir: Qadimgi Rim davrida yaratilgan tarixiy asarlar, o'rta asarlar, yangi va eng yangi davrda Qadimgi Rim tarixiga doir yaratilgan deb gruppalashtirish mumkin. O'rta dengiz sohilidagi mamlakatlarida Rim imoratlarining juda ko'p qoldiqlari saqlangan. Qadimgi Italiyaning respublika zamoniga mansub arxeologiya yodgorliklari juda xilma-xil qadimgi shaharlar, manzillar, maqbaralar, ibodatxonalar, sug'orish inshoatlari , dehqonlarning mehnat qurollari, istehkomlar ana shunday yodgorliklardir. Imperiya davrining Pompey va Timgad shaharlari deyarli butunicha, Imperiya Anolloniysi, Kiprdagi Malamin, Akvin shaharlari qoldiqlari bu kungacha saqlangan. Qadimgi yozuvlar asosan keyingi respublika va imperiya tarixini o'rganish uchun qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi. Ammo undan oldingi davrlarga oid yozuvlar, Tit Liviy bergan ma'lumotga ko'ra, mil.avv. 390- yili Galliya yong'inida yo'q bo'lib ketgan. Eng qadimgi yozuvlar mil.avv. VIII -VII asrlardagi etrusklarga mansubdir. Mil. avv. VII-VI asrlardagi etrusklarga aloqasi bo'lmagan yozuvlar Pitsendan topilgan. Mil.avv. VI asrga mansub ilk lotin qadimiy yozuvlari - odatda Prenstin tuqasi deb ataladigan oltin tuqadagi yozuv, Rim maydonidan afsonaviy Romul qabri joylangan yerdan topilgan «Qora tosh» dagi yozuv lotin tilining kelib chiqishi masalasini o'rganish uchun muhimdir1.
Mil.avv. III-I asr yozuvlari muhimdir. Bag'ishlangan yozuvlar xujjatlar yozuvlar qabr toshlaridagi yozuvlar saqlanib qolgan. Masalan, mil. avv. 260 yili konsul Duiliyning rostr ustunidagi yozuvda flotning Karfagen floti ustidan qilgan g'alabasi bayon etilgan. Qadimgi Rim tanga pullari xo'jalik va siyosiy tarixni , diniy tasavvurlar, san'at, arxitektura kabi rivojlanishini yoritishga imkon beradi. Qadimgi Rim tarixini yoritib bergan dastlabki yozma manbalar Rim yilnomalaridir. Ular Rim tarixini yoritib berish maqsadini ko'zlamagan. Yilnomachilar o'tmishdan zamondoshlariga o'rnak bo'ladigan namunalarni topish, boy tabaqalarning qahramonliklarini maqtab, shu bilan respublikani mustahkamlashga yordam berish maqsadini ko'zlaganlar. Yilnomalar yaratgan asarlardan parchalar bizgacha keyingi mualiflarning asarlarigina saqlanib qolgan. Ko'pchiligi yo'qolib ketgan. Mil.avv. III-II asrlarda tarixchilarni odatda katta yilnomalari deb atash rasm bo'lgan. Katta yilnomalarning eng mashhuri Kvint Fabiy Piktordir. U mil.avv. III asr oxirlarida yashagan. Piktor «Yilnoma»sini yunon tilda yozgan, unda ikkinchi Puni urushigacha bo'lgan Italiya tarixi yoritilgan.
Lotin tilidagi birinchi tarixiy asarlarni mil.avv.234-149 yillarda yashagan Mark Portsiy Katon yozgan. U mashhur davlat arbobi, tarixchi va notiq bo'lgan Katonning «Boshlang’ichlar» nomi bilan yozgan yetti kitobdan iborat tarixiy asarlaridan parchalar saqlanib qolgan. Katon har bir Italiya davlatining qayerdan kelib chiqqanligini ta'riflab bergan, u voqea va hodisalarni yilma- yil tasvirlamagan. Shuningdek lashkarboshilar, davlat arboblari nomini tilga olmagan. Siseron: Gretsiya va Rim tarixida Katon bilmagan biron- bir «voqeani topish qiyin» deb yozgan. Kichik yilnomachilar deb nom olgan. Lutsiy Seliy, Antipatr, Semproniy Azellionlarning asarlar tarixiy qimmatga ega, lekin ular xatolarga ham yo'l qo'yganlar. Mil.avv. II asrda Polibiy «Umumiy tarix»ni yozgan, unda mil.avv. 264-146 yillardagi voqealar bayon qilingan.
Miloddan avvalgi I asr respublikaning qulashi va imperiyaning barpo bo'lish davridir. Bu davrning manbalari Mark Tulliy Siseron, Gay Yuliy Sezar, Gay Krisp Sallyustiylarning asarlaridir2.
Siyosiy arbob, ajoyib notiq, yurist, adib bo'lishi Sitseron asarlari mil.avv. I asr tarixini o'rganishda g'oyat zo'r qimmatga ega.U nutqlar, xatlar, falsafa va tarixdan traktatlar qoldirgan.
Gay Krisp Sallyustiy Sezar tarafdori bo'lib, uning konsulligida bir qancha muhim lavozimlarda ishlagan. Uning «Sezarcha xat», «Katilina fitnasi», «Yug'urta urushi» , «Tarix» asarlari bor. Mil. avv. I asrda (100-44 yy) yashagan va shu davrning eng yorqin siyosiy arboblaridan biri bo'lgan Gay Yuliy Sezarning Gall urushlari haqidagi yozmalar» «Grajdanlar urushi haqidagi yozmalar», shuningdek mualliflari noma'lum bo'lgan «Aleksandriya urushi» , «Afrika urushi» , «Ispaniya urushi» kabi asarlar Sezar asarlarining davomidir. Yuqorida nomlari aytilgan kitoblarda mil. avv. I asrdagi Rim tarixiga tegishli siyosiy voqealar yoritib berilgan.
Tit Liviy «Shahar bino bo'lishidan boshlab Rim tarixi» asari 142 kitobdan iborat bo'lib, 38 tasi saqlanib qolgan Yunon yozuvchilari Diodor Sitsiliyskiyning 40 kitobdan iborat «Tarixiy kutubxona» asarining XI-XX jildlari, Dionisiy Galikarnasskiyning «Qadimgi Rim yodgorliklari» nomli asari 20 ta kitobdan 10 tasi saqlanib qolgan Rim adibi Mark Terentsiy Varron (mil.avv. 116-27 yy.)ning «Qadimgi yodgorliklari» ensiklopedik xarakterga ega.
Iosif Flaviy yunon tilida «Yahudiylar urushi tarixi», «Tarjimai hol», «Yahudiylar arxeologiyasi» asarlarini yaratgan, ularda o'z vatani yahudiyaning ellinistik va Rim davri tarixini yoritgan.
Korneliy Tatsit (milodiy 54-120 yy.) mashhur tarixchidir. Uning «Tarixlar», «Yilnomalar», «Germaniya» kabi asarlari nihoyatda qimmatli asarlardir. Svetoniy Tankvilla asarlari Tatsit asarlariga qo'shimchadir (asari «O'n ikki Sezarning hayot qissasi»). 155-235 yillarda yashagan Dion Kassiyning «Rim tarixi» asarida qimmatli ma'lumotlar saqlagan. Geograflar Strabon, Pompiy Mela, Klavdiy Ptolomeylar asarlarida Rim tarixiga oid muhim ma'lumotlar bor. I asrning ensiklopedisti- Katta Pliniyning «Tabiiy tarix», yepiskop Yevseviyning «Cherkov tarixi», yepiskop Avgustning «Xudo shahri to'g'risi» da nomli kitoblari ham katta qimmatga egadir. Rim davlati yunonlar Italiya deb atagan Apennin yarim orolida vujudga kelgan. Rim respublikasi Apennin orolida yashovchi xalqlar va qabilalarni o'z hukmiga bo'ysundirib, mil.avv. II asr o'rtalariga kelganda O'rta yer dengizi davlatlari orasida eng kuchlisi bo'lib qolgan. Keyinchalik mil.avv. I asr va milodning II asrida Rim quldorlari butun Shimoliy Afrikani, Yevropaning ko’p qismini va Old Osiyo mamlakatlarini bo’ysundirib olgan va qariyib 500 yil umr surgan g'oyat katta davlatga aylangan. Rim davlatida quldorlik to'la taraqqiy topgan. Biroq davrlar o'tishi bilan quldorlik iqtisodiyoti va u bilan birga qulchilik tizimiga asoslangan ijtimoiy munosabatlar ham yoshini yashab bo'lgan, natijada qudratli Rim davlati kuchsizlashgan va nihoyat qulab ketgan.
Qadimgi Rim tarixini yoritib bergan dastlabki yozma manbalar Rim yilnomalaridir. Ular Rim tarixini yoritib berish maqsadini ko'zlamagan. Yilnomachilar o'tmishdan zamondoshlariga o'rnak bo'ladigan namunalarni topish, boy tabaqalarning qahramonliklarini maqtab, shu bilan respublikani mustahkamlashga yordam berish maqsadini ko'zlaganlar. Yilnomalar yaratgan asarlardan parchalar bizgacha keyingi mualiflarning asarlarigina saqlanib qolgan. Ko'pchiligi yo'qolib ketgan. Mil.avv. III-II asrlarda tarixchilarni odatda katta yilnomalari deb atash rasm bo'lgan. Katta yilnomalarning eng mashhuri Kvint Fabiy Piktordir. U mil.avv. III asr oxirlarida yashagan. Piktor «Yilnoma»sini yunon tilda yozgan , unda ikkinchi Puni urushigacha bo'lgan Italiya tarixi yoritilgan.
Qadimgi Rim tarixchilaridan biri: «Gannibal xavf-xatarga tashlaganda qanchalik jasur bo`lsa, shu xavf-xatar ostida qolganda shunchalik ehtiyotkorlik bilan ish ko`rar edi. U mehnat qilganda a'zoyi badani sira charchash bilmas va aslo ruhi tushmas edi. U jazirama issiqqa ham, sovuqqa ham bardosh berardi. U yumshoq o`rinda yotmasdi, harbiy chakmonga o`ralib olib, qorovullikda turgan jangchilar orasida uxlardi. U birinchi bo`lib jangga otilar va jangdan maydonidan eng keyin chiqar edi. Jangchilar Gannibal boshchiligida o`z kuchlarga shunchalik qattiq ishonganlarki va shunchalik mard bo`lganlarki, boshqa hech bir kishi boshchiligida bunday bo`lmas edi», - deb yozgandi3.
Rim bilan Karfagen o`rtasidagi Ikkinchi Puni urushi miloddan avvalgi 218–201 yillarda bo`lib o`tadi. Karfagen qo`shinlarining yangi sarkardasi Gannibal miloddan avvalgi 219 yili Rim bilan ittifoqda bo`lgan Iberiyaning Sagnut shahrini qilib, uni tor-mor keltirgan, shahar aholisini qo`l qilib sotib yuborgan. Bundan norozi bo`lgan Rim Yangi Karfagenga elchilar yuborib, Gannibalni Rim qo`liga topshirishni talab qiladi.4
Miloddan avvalgi 218 yilning bahorida Gannibal o`z qo`shinlari va jangovar fillari bilan Yangi Karfagendan yo`lga chiqadi. U Pireney tog`laridan o`tib, gallarning ba'zi qabilalari bilan jang qilib. Alp tog`lari etaklariga yetib boradi. Gannibal juda og`ir mashaqqatlar bilan 33 kun deganda Alpning qorli tog`larida oshib o`tib, Shimoliy Italiya tomon harakat qiladi. Qorli dovondan o`tish og`ir bo`lib, askarlar tog`ning tikka va tog` so`qmoqlaridan o`rmalab borganlar. Muzlagan sirg`anchiq yo`llaridan borayotgan jangchilar, otlar va fillarning ko`pchiligi tubsiz jarga qulab halok bo`lgan. Tog` so`qmoqlaridan charchab, holdan toygan qo`shin Shimoliy Italiyaga yetib kelganda Gannibalning 20 ming piyoda va 6 ming otliq askari, oz sonli fillari qolgan edi. Lekin kelt qabilalari Gannibalga kelib qo`shilib, unga bir oz madad beradilar. Gannibal Shimoliy Italiyada turgan Rim qo`shinlarini navbatma-navbat tor-mor qilib, janub tomon qo`shin tortadi.
Miloddan avvalgi 217 yilda Rimliklar Etruriyadagi Arrisiy shahri yonida Gannibalning yo`lini to`sganlar. Lekin Gannibal qo`shinlari rimliklar kutmagan botqoqlikdan kun davomida kechib o`tib, ularning orqa tomonida paydo bo`lganlar. Kechib o`tish vaqtida Gannibal ko`zidan ajralagan, u minib yurgan yagona fil ham halok bo`lgan. Gannibal qo`shinlari Rim qo`shinlariga orqa tomonidan hujum qilib, Traziman ko`li yonida Rim qo`shinlarining ko`p qismini qirib tashlaganlar. Bu qiyinchiliklardan so'ng Gannibal Flaminiy armiyasining orqa tomoniga o'tib olgan. Unga uch tomondan hujum boshlab, qirib tashlagan. Konsul jang boshlagan paytidayoq halok bo'lgan. Asirlarni Gannibal qo'yib yuborgan. Rimliklar Gannibalning Rimga bostirib kirishidan qo'rqqanlar, Senat diktator saylashga qaror qilgan. Senator Kvint Fabiy Maksim diktator qilib saylangan. U Kunktator (Sustkash)degan laqab olgan, chunki asta- sekin harakat qilish taktikasini tutgan, qat'iy janglardan bo'yin tovlagan. Keyin saylangan konsul Emiliy Pavel diktator Fabiy Maksimning taktikasini to'g'ri deb topgan. Ikkinchi konsul Terensiy Vorron esa qat'iy harakat tarafdori bo'lgan.
Miloddan avvalgi 216 yilda Gannibal rimliklarning ayrim hujumlarini qaytarib, Rimni chetlab o`tib, Janubiy Italiyaga yo`l olgan. Chunki Gannibal u yerda janubiy Italiya aholisidan va Karfagenda madad olishi mumkin edi. U o`tish davrida rimliklarning ko`plab qishloqlarini vayron qilgan. Gannibal Rimga dushman, tobe qabilalarni o`ziga og`dirib olishni ko`zda tutib, ularni o`ldirmaslik haqida buyruq beradi. Miloddan avvalgi 216 yili Gannibal qo`shinlari Italiya janubidagi Kanna qishlog`iga kirib kelganida uning 40 ming piyoda jangchisi va 10 mingga yaqin otliq askarlari bor edi. Rim qo`shinida esa 80 ming piyoda va 6 ming otliq jangchi bo`lgan. Gannibal o'z qo'shinini qavariq shaklda joylashtirgan. Dushman hujum qilgach, qavariq qismi orqaga chekingan va yarim oy shaklida aylangan. Ikki yon tomondagi otliqlar rimliklarga tashlagan. Rimliklarning 58 000 askari qirib tashlangan. 18 ming askari asir tushgan. Jangda Rim sarkardalaridan Emiliy Pavel halok bo`lgan, ularning ikkinchi sarkardasi Varron qolgan-qutgan qo`shin bilan Rimga qarab qochgan. Kanna yonidagi mag`lubiyat Rimni og`ir ahvolga solib qo`ygan. Jangda butun Rim qo`shinlarining uchdan bir qismi halok bo`lgan. Karfagenliklarining bu g`alabasi Italiya markazi va janubida yashab, Rim tobe bo`lgan samnit, lukan va apul qabilalarining Gannibal tomoniga o`tishi uchun imkon beradi. Shu vaqtda kapuyaliklar ham karfagenliklarga kelib qo`shiladilar. Boy Kapuya va Sarakuza Gannibal tomoniga o'tgan. Makedoniya podshosi Filipp U Gannibal bilan ittifoq tuzgan. Ammo Gannibalning Rimni olish uchun qilgan harakati zoye ketadi5.Kanna mag`lubiyatidan so`ng Rim senati shoshilinch chora ko`rib, 17 yoshdan 70 yoshgacha bo`lgan barcha erkaklarni qo`shinga safarbar qilgan. Tez orada rimliklar 250 ming askar to`plab, ularni qurollantirganlar. Rim sarkardalari qo`shini mayda bo`laklarga bo`lib, katta janglarga chap berib, kichik janglar bilan karfagenliklar tomonga o`tgan shaharlarini qamal qila boshlaydilar. Bunday urush Gannibal uchun halokatli edi. Garchi Karfagendan jangchilar kelib qo`shilgan bo`lsa ham Gannibal qo`shinida ahvol og`ir bo`lib qolavergan. Qo`shin kundan-kun kamayib bormoqda edi. Yangi Karfagendan qo`shin tortib kelayotgan Gannibalning ukasi tortib kelayotgan Gannibalning ukasi Gasdrubal Metavra daryosi bo`yidagi jangda rimliklar tomonidan tor-mor etilib, uning o`zi o`ldirilgan.
Miloddan avvalgi 204 yilda urush harakatlari Karfagenga ko`chiriladi. Rimliklar Ssipion qo`mondonligidagi katta qo`shini Karfagenga jo`natadilar. Gannibal Karfagenni himoya qilish uchun Italiyadan chaqirtirib olinadi. Miloddan avvalgi 202 yilda Kar­fagendagi Zama shahri yaqinida Gannibal boshliq karfagenliklar bilan Ssipion boshliq Rim va Numidiya podshosining otliq askarlaridan iborat qo`shin o`rtasida ayovsiz jang bo`ladi. Bu jangda rimliklarning otliq askarlari ko`p edi. Rim bilan Karfagen piyoda askarlari qizg`in jang olib borayotgan vaqtlarida rim va numidiyaliklarninng otliq askarlari karfagenliklarning orqa tomonlariga o`tib olib, zarba beradilar. Birinchi Puni urushlari vaqtida yengilish nimaligini bilmagan Gannibal armiyasi o`z vatanini mudofaa qilayotib, tor-mor etiladi. Shu bilan Ikkinchi Puni urushi ham tugaydi. Karfagen Rimga taslim bo`ladi. Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Italiyada ilk quldorlik jamiyati. Miloddan avvalgi VIII asrda Etruriya. Etrusklar va Rim. Italiya janubida va Sitsiliya orolida yunon polislari. Rim. Rimning geografik o’rni va tabiiy sharoiti. Rim fuqarolik jamiyati. Patritsiylar va plebeylar, kliyentlar va patronlar. Patriarxal qulchilik va uning manbalari. Davlat tuzilishi. Podsho hokimiyati. Serviy Tulliy islohati. Podsho hokimiyatining yemirilishi va Rim Respublikasining o’rnatilishi.Miloddan avvalgi VI-III asrlarda Rim va Italiya. Plebey va patritsiylar o’rtasidagi kurash sabablari, asosiy bosqichlari va natijalari. Miloddan avvalgi IV-III asrlarda Rimda davlat tuzilishi. Rim tomonidan Italiyaning istilo etilishi. Rim-Italiya ittifoqi. Uning tarkibi. Rim madaniyati.
Qadimgi Rim tarixi bo’yicha muhim ma’lumotlar yunon mualliflari: Plutarx, Appian(II asr), Dion Kassiy (III asr) asarlarida mavjud. Bundan tashqari tarixiy voqealarni borishini tiklash uchun Askoniy Pidian (eramizning I asri), Lutsiy Anney Flor (II asr) Evtropiy (IV asr) kabi imperiya davri yozuvchilarining yirik asarlari, har xil kompendiyalar, yozuvchilarning yirik asarlari, xronografiyalar va obzorlarni ko’rsatish mumkin. Rim shahrining arxeologik yodgorliklari alohida ahamiyatga ega. Bu yerdan topilgan qabrlar, uy – joylar, jamoat binolari, mudofaa devorlari, Rim forumi, suv quvurlari muhim arxeologik manba bo’lib xizmat qildi. Italiyalik arxeologlar hozirgi kungacha bu yodgorliklarni tarixiy-madaniy jihatdan to’la tadqiq qilib, Rim tarixini qayta tiklashda ilmiy jihatdan qimmatli bo’lgan 100 ga yaqin tadqiqotlarni e’lon qildilar.6
Rimning etrusklar davri, respublika imperiya davrlari, diniy hayoti bo’yicha qimmatli ma’lumotlar qadimgi kohinlar kollegiya jadvallari, qabrtosh yozuvlari, nasroniy dini kitoblari, nasroniy tarixchilarning asarlari orqali bilish olish mumkin. Rim davlatiga oid davlat aktlari, senat qarorlari, va sud hujjatlari Rim kalendari kabi tarixiy hujjatlar mavjud. Rim mifologiyasi, falsafa, adabiyot, komediya kabi yozma yodgorliklari bizgacha juda katta miqyosda yetib kelgan. Shu bilan birga Rim imperiyasi qaramog’ida bo’lgan Italiyadan tashqari Yevropaning boshqa hududlarida, Osiyo, Afrikada ko’p miqdorda memoriy inshootlar: saroy-ibodatxona, mudofaa inshootlari qoldiqlari, ko’priklar, portlar saqlanib qolgan. Rivoyatlarga ko’ra Rim shahriga er. avv. 753-yil 21-aprelda asos solingan. “Qadimgi Rim" tushunchasi o’n ikki asrdan ortiqroq tarixni o’z ichiga olgan (er. avv. 753-yil 21-apreldan boshlanib, eramizning 476-yil 23-avgustida G’arbiy Rim imperiyasining halokati bilan tugallandi) davlat jamiyat va sivilizatsiyani o’z ichiga oladi. Boshida uncha katta polis bo’lmagan Rim er. avv. 265-yilga kelib, butun Italiyani o’ziga bo’ysundirdi, er. avv. II asr o’rtalarida eng qudratli o’rtayerdengizi davlatiga aylandi. Eramizning I-II asrlariga kelib, O’rta yer dengizi qadimgi sivilizatsiyalarini ulkan madaniy merosini o’zlashtirgan bepoyon imperiya bo’ldi. Jahon tarixida antik madaniyatning buyuk yutuqlarini qabul qilgan, o’zlashtirgan va keyingi avlodlarga yetkazgan davlat va jamiyat sifatida Qadimgi Rimning muhim o’rni belgilanadi. Qadimgi Rim davlati va jamiyati tarixi uzluksiz taraqqiyot jarayonida bo’lgan iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ijtimoiy voqelikdir. Rim tarixi uning taraqqiyotini belgilovchi tarixiy jarayonlarga ko’ra olti davrga bo’linadi. Arxeologik qazishmalar Italiyada odamlar paleolit davrida joylashganini tasdiqlaydi. Ular dastlab g’orlarda yashaganlar va ovchilik bilan shug’ullanganlar. Er. avv. 1800 yillar atrofida Apennin yarim orollariga shimoldan yangi qabilalar kelib o’rnashdilar. Ular bilan Terra – Marra (italyancha-“qora unumdor yer”) dehqonchilik madaniyatini olib keldilar. Bu qabilalar suvdan ko’tarilgan ustunlarda qurilgan yoki uylarda yashaganlar to’g’ridan – to’g’ri qirg’oqda qurilgan. Keyinchalik bu madaniyatning vakillari latin, samnit, umbrlar qabilalariga bo’linib ketdilar. Er. avv. 1000 yilliklar atrofida qabilalarning yangi to’lqini Villan madaniyatini (Bolqoniya yaqinidagi joy nomi bo’yicha) olib keldilar. Bu madaniyat vakillari o’lik mayitlarni gulxanda yoqib, kulini maxsus idishlarda saqlar edilar. Er. avv. VIII asrda Italiyada ikki til guruhida so’zlaydigan latin – sikull, sabin-umbrlar tashkil qildilar. Latinlar dastlab qadimgi Latsiya hududida yashadilar. Umbrlar Tibrning yuqori qismida samnitlar togli Samnit viloyatida, shimoliy Kampaniya, Apuliya, Lukaniya va Bruttiyada yashadilar. Volsklar tili umbrlar va sabin qabilalariga yaqin bo’lgan Volsk hududida latinlardan janubda yashadilar. Aterna daryosining so’l qirg’og’ida vestin va marusin qabilalari joylashdilar. Ularning ijtimoiy munosabatlari mutlaqo ibtidoiy edi. Italiyaliklar kelishigacha mamlakatni shimoli-g’arbidagi ligurlar italiyaliklar kelishigacha eng qadimgi tub joy aholisi edi. Jez davri boshlarida kelgindi hind-yevropa qabilalari ligurlarni Italiyaning shimoliy g’arbiga siqib chiqardilar. Italiyada joylashgan sikan va sikunlar ham ibtidoiy hayot kechirar edilar. Ular dastlab Sitsiliyada yashar edilar. Keyinchalik ularni Finikiya va yunon kolonistlari orol ichkarisiga siqib chiqardilar. Bu davrda Italiya hududida finikiyaliklar va etrusklar qaram kishilar mehnatidan foydalanib jamiyat taraqqiyotida yuqori darajaga erishganlar. Er. avv. I ming yillikda yarim orolning aholisini asosiy qismini hind-yevropa qabilalari bo’lgan italiklar, illiriyaliklar va yunonlar tashkil qildi.
Yunonlar ilk bor Italiyaga er. avv. II ming yillikda paydo bo’ldilar. Er. avv. VIII asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyada ko’plab yunon koloniyalari barpo qilina boshlandi. Janubiy Italiyada shunday koloniyalardan Lokri, Sibaris, Tarent va Kroton, Sitsiliyada esa Sirakuza, Gela va Akragant koloniyalariga asos solindi. Yunonlar dehqonchilik, chorvachilik va vositachi savdo bilan shug’ullandilar. Yunon koloniyalarida savdo-hunarmandchilik, dehqonchilik gullab yashnadi. Bu koloniyalar o’z ona vatanlari Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo va boshqa hududlar bilan faol savdo aloqalarini yo’lga qo’ydilar. Vaqt o’tishi bilan bu hudud buyuk Yunoniston nomini oldi. Yunon koloniyalarida ijtimoiy-siyosiy hayot keskin ziddiyatli edi. Yunonlarning ilg’or ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, polis tuzumi, madaniy turmush tarzi mahalliy qabilalarni tarixiy taraqqiyot jarayoniga ta’sir qilib, ularda ilk sinfiy jamiyat va davlat tashkilotini shakllanish jarayonini tezlashtirdi. Tarentlik Liviy Andronik Rim adabiyotining asoschilaridan biri hisoblanadi. Er. avv. I ming yillik o’rtalarida Po vodiysida kel`t qabilalri o’rnashdilar. Ular bosh kiyimlarini xo’roz patlari bilan bezar edilar, shu sababli Rimliklar ularni gall (latincha gallus-“xo’roz”) deb atadilar. Er. avv. VI asrdan boshlab Sitsiliya va Italiyaga finikiyaliklar kela boshladilar. Er. avv. III asrda Italiya hududi Rim istilolari natijasida yagona davlatga birlashdi. Natijada bu yerda yashagan turli qabila va xalqlar bir-biri bilan yaqinlashib romanlashish jarayonini boshdan kechirdi. Er. avv. I asrga kelib latin tilida so’zlashadigan yagona italiyan xalqi shakllandi. Shu davrdan boshlab mamlakat Italiya deb atala boshlandi. 7
Qadimgi Rim tarixi bo’yicha moddiy manbalar xilma-xil bo’lib, Italiyaning paleolit va neolit davridan dalolat beradigan tosh qurollar, sopol idishlar, qoyatosh tasvirlari mavjud. Shimoliy va o’rta Italiyada etrusk madaniyatiga tegishli bo’lgan sog’onalar, uy-joy ibodatxona qoldiqlari topilgan. Rim shahrining o’zida palatin, eskvilin va boshqa tepaliklarda hamda forumda ko’p sonli qabrlar, ibodatxona poydevorlari, ona bo’rining jez haykali, Serviy tulliy davridagi shahar devori qoldiqlari qazib ochilgan. Italiyaning boshqa shaharlarida ko’p sonli arxeologik yodgorliklar mavjud. Jumladan eramizning 79-yilida vulqon otilishi natijasida kul bo’ldi.

II bob. Qadimgi Rim tarixini Yevropada o’rganilishi


Qadimgi Rim tarixi ko'p asrlar davomida hayratlanarli va o'rganish mavzusi bo'lib kelgan. Uning merosini butun Evropada uning me'morchiligi, tili, qonuni va madaniyatida ko'rish mumkin. Ushbu insho qadimgi Rim tarixining asosiy elementlarini va uning Evropaga ta'sirini ko'rib chiqadi. Qadimgi Rimni o'zining tarixiy davriga ko'ra, taxminan uch davrga bo'lish mumkin: Rim podsholigi (miloddan avvalgi 753-509), Rim respublikasi (miloddan avvalgi 509-27) va Rim imperiyasi (miloddan avvalgi 27 - 476). Rim podsholigi davrida Rimda monarxiya hukmronlik qilgan. Miloddan avvalgi 509-yilda respublika tashkil etilgan boʻlib, u miloddan avvalgi 476-yilda Rim imperiyasi tugaguniga qadar davom etgan. Rim respublikasi o'zining saylov tizimi bilan ajralib turardi, unda fuqarolar (odatda badavlat kishilar) ularni vakillik qilish uchun mansabdor shaxslarni sayladilar. Imperator Avgust hukmronligi bilan boshlangan Rim imperiyasi Rim tarixida muhim burilish nuqtasi bo'ldi. Imperiya o'zining ulkan hududiy kengayishi va hokimiyatning imperator qo'lida to'planishi bilan ajralib turardi.
Qadimgi Rimning eng muhim meroslaridan biri bu uning me'morchiligidir. Rim me'morchiligi o'zining ulug'vorligi, muhandislik qobiliyati va simmetriyasi bilan mashhur. Kolizey, Panteon va suv o'tkazgichlari qadimgi Rimliklarning arxitektura yutuqlaridan dalolat beruvchi bugungi kungacha saqlanib qolgan bir nechta ajoyib inshootlardir. Qadimgi Rimning yana bir muhim merosi uning tilidir. Qadimgi rimliklarning tili bo'lgan lotin ko'plab Yevropa tillari, jumladan, frantsuz, italyan va ispan tillarining kashshofidir. Lotin tili butun Rim imperiyasida keng tarqalgan bo'lib, u katolik cherkovining rasmiy tiliga aylandi, bu uning omon qolishini ta'minlashga yordam berdi. Qadimgi Rimning huquqiy tizimi Evropaga doimiy ta'sir ko'rsatgan yana bir merosdir. Rim huquqiy tizimi adolat, adolat va qonuniylik tamoyillariga asoslangan edi. Ushbu tamoyillar Evropada keng qabul qilingan qonunlar to'plamiga kodlangan. Kodifikatsiyalangan huquq tushunchasi ilgari Yevropada hukmron bo‘lgan norasmiy, yozilmagan huquq tizimlaridan sezilarli darajada chekinish edi. Xulosa qilib aytganda, qadimgi Rim tarixini o‘rganish bizga Yevropaning madaniy, siyosiy va ijtimoiy asoslarini chuqur tushunish imkonini beradi. Qadimgi Rimning infratuzilmasi, tili, huquqiy tizimi va madaniy an'analari imperiya qulaganidan keyin ham asrlar o'tib Yevropaga ta'sir qilishda davom etmoqda. Evropaning qadimiy tarixini o'rganish orqali biz insoniyat tarixining boy gobelenlari va o'tmish tsivilizatsiyalarining abadiy merosini qadrlaymiz8.
Qadimgi Rim tarixini o'rganishga qo'shgan hissalari ko'rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot uchun Rim davrining uchta yirik tarixchisi tanlangan: Livi, Tatsit va Suetonius. Livi Rim Respublikasining ilk tarixchisi bo'lib, Ikkinchi Puni urushi davridan Avgustning o'limigacha yozgan. Uning asarlari Rim Respublikasining siyosati, urushlari va madaniyati haqida bebaho ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Uning eng mashhur asari "Ab Urbe Condita Libri" Rim Respublikasi tashkil topganidan to Avgust vafotigacha bo'lgan davr haqida batafsil ma'lumot beradi. Tatsit Rim imperiyasining tarixchisi bo'lib, Flaviylar sulolasi davridan Domitianning o'limigacha yozgan. Uning “Yilnomalar” asari Avgust hukmronligi davridan Neronning o‘limigacha bo‘lgan davrda Rim imperiyasi haqida batafsil ma’lumot beradi. Uning asarlari Rim imperiyasining siyosati, urushlari va madaniyati haqida bebaho ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Suetonius Rim imperiyasining tarixchisi bo'lib, Flaviylar sulolasi davridan Hadrianning o'limigacha yozgan. Uning "De Vita Caesarum" asari Yuliy Tsezardan Domitiangacha bo'lgan o'n ikki Rim imperatorining hayoti haqida batafsil ma'lumot beradi. Uning asarlari Rim imperiyasining siyosati, urushlari va madaniyati haqida bebaho ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Qadimgi Rimning yirik tarixchilari Rim tarixini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan. Ularning asarlari Rim respublikasi va imperiyasining siyosati, urushlari va madaniyati haqida bebaho ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Milodiy I-II asrlarda Rim imperiyasida ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar. Rim imperiyasining iqtisodiy ravnaqi. Millodiy I-II asrlarda Rim hokimiyati. quldorlikning kuchayishi. Mayda ishlab chiqarish kuchlari. Kolonat munosabatlarining rivojlanishi va uning evolyutsiyasi. Shahar aholisi. Ozodlikka chiqarilgan qullar. Rim imperiyasining administrativ tuzilishi. Italiya. g’arbiy va Sharqiy provinsiyalar. Ularning o’ziga xos iqtisodiy xususiyatlari. Miloddan avvalgi I asrda Rim imperiyasi. Yuliy-Klavdiy va Flaviylar su lolasi. Antoninlar sulolasi. Rim imperiyasining “oltin davri”. Ijtimoiy munosabatlar va madaniy hayotning butun O’rta yer dengizi xavzasida birligi. II asr – antik sivilizatsiyasining ravnaqi. Antoninlarning agrar, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosati. qulchilikka munosabat. “Rim dunyosi” - bu tushunchaning ijtimoiy-siyosiy mazmuni. Xristianlik dinining vujudga kelishi. So’nggi Antoninlar davrida ichki va tashqi ahvolni o’zgarishi. II asrda Rim davlati rivojlanishining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy natijalari. Milodiy I-III asrlarda Rim madaniyat. III asr inqirozi. Rim davlatining inqirozi. Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy inqirozning sabablari. Rim va G’arb sivilizatsiyasi ildizlari. Antik madaniyatning inqirozi. Xristianlik dunyo qarashining paydo bo’lishi. Tarixnavislik. Ammian Martsellin. Xronikalar. Arxitektura va qurilish. San’at. Maxsus bilimlar. G’arb sivilizatsiyasi haqidagi ilk qarashlar. Fan va texnologiya. Xristian dinining kelib chiqishi va uning ilk tarixi. Miloddan avvalgi I asrda diniy e’tiqod. Xristian dini vujudga kelishining shart-sharoitlari. Xristianlikning Rim imperiyasiga yoyilishi. Xristian jamoalari ijtimoiy tarkibining o’zgarishi. Xristianlik dinining evolyutsiyasi va uning imperator hokimiyati bilan munosabati. Yevropa qit'asidan ajratib turadi. Yarim orolni ko'plab tog'lar bir necha qismlarga bo'lib turadi. Yarim orol tabiiy jihatdan uch qismga bo'linadi. 1. Shimoliy qismi – Alp bilan Anennin tog'lar oralig'idagi past tekistlikdir. Shu pasttekstlikda Padus daryosi oqib o'tib, Adriatika dengiziga qo'yadi. 2. Markaziy qismi - uni shimol, sharq va janubi- sharqdan Apennin tog'lari qurshab olgan. Bu tog'lar markaziy qismni o'z navbatida bir necha vodiylarga: Arno daryosi vodiysi, Tibr daryosi vodiysi, Kampaniya pastteksliki Volturno daryosi vodiysiga bo'lib turadi. 3. Apuliya pasttekisligi uchunchi qismidir. U yarim orolning janubiy- sharqiy qismidan iborat. Apennin yarim orolining sharqiy qirg'og'i dengizchilikka noqulay, biron bir orol yo'q. Sohil bo'yidagi barcha orollar yarim orolning g'arb tomonidir. Sitsiliya, Korsika, Sardina, Kipr, Elba kabi orollari bor. Apennin yarim oroli daryolari sersuv, lekin yozda qurib qoladi. Iqlimi har xil, qishda yomg'ir, hatto qor ham yog'adi. Dengiz bo'yi rayonlarida qishda havo iliq, ammo yomg'ir ko'p yog'adi. Yarim orolning ko'p qisimi qalin o'rmon bilan qoplangan.Dub, qarag'och, qayin o'sgan. Olma, anor azaldan o'sgan, sarv, zaytun, palma, sitrus mevalari keyin olib kelingan. Bug'u, tog' echkisi, cho'chqa, bo'ri, tulki va ko'plab parrandalar yashagan. Arxaik davrdagi yunon madaniyatiga ega bo'lgan xususiyatlar Krit-Mikena davriga va doriylarning istilolari (mil.av. XI-IX asrlar) davrigacha borib taqaladi. Yunon dini Krit-Mikena zamonida va urug'doshlik tuzumi buzilayotgan davrdayoq tarkib topa boshlaydi. Mil.av. VIII-VII asrlarda bu din tamomila rivoj topgan. Bu antromorfizmdan, ya'ni insonni ilohiylashtirishdan, xudolarni o'lmaydigan va abadiy yosh bo'lib turadigan kuchli, go'zal kiilar deb tasavvur qilishdan iborat edi. Yunonlarning tasavvuriga ko'ra, olam avvalida Xaosdan iborat bo'lgan. Yer-Geya va yer osti olami Tartar ham bo'lgan. Geyadan uning o'g'li Uran - osmon xudosi kelib chiqqan. Uran bilan Geyadan titan Kronos tug'ilgan va o'z otasi Uran hokimiyatini ag'darib tashlagan. Bular titanlar - katta xudolar ekan. Kronosdan, Aid, Poseydon, Gestiya, Demetra, Gera va Zevs kabi kichik xudolar kelib chiqqan. Zevs boshliq kichik xudolar - titanlarning hukmronligini ag'darib tashlaganlar va olamni o'zlarini idora qila boshlaganlar. Zevs bosh xudo, xudolar otasi, chaqmoq sochar hisoblangan. Osmon ma'budasi va nikoh homiysi Gera uning xotini bo'lgan. Poseydon dengiz xudosi sifatida e'zozlangan. Demetra hosildorlik va don ekinlari ma'budasi bo'lgan. Gestiya uy-ro'zg'or ma'budasi, Aid yer osti olamining xudosi bo'lgan9.
Ajoyib Parfenon ibodatxonasi ma'buda Afinaga bag'ishlangan. Hozirga qadar ham u jahon me'morchiligining durdonasi hisoblanadi. Parfenonning ustunlari doriycha uslubda bo'lsada, lekin butun binoning tarz-tarovati ioniycha uslubdadir. Parfenon qarshisida turgan Erexteyn ham yunon me'morchiligining mashhur yodgorligidir. Bu bino sof ioniyocha uslubda qurilgan. Uning ustunlari nihoyatda kelishgan va nafisdir. Kariatidalar deb atalmish qiz haykallari ham ajoyibdir, ular ustinlar o'rnida ibodatxona oldidagi kichkina peshayvonning tomini saqlab turishadi10.
Mil.av. IV asrda qadimgi Afina markazi afinalik fuqaro Lisikratga qo'yilgan yodgorlik haykalini ham korinfcha uslub namunasi deb hisoblash mumkin. U ham bizning zamonamizgacha saqlanib qolgan. Yunon haykaltaroshligi dastlabki vaqtlarda sharq haykaltaroshligidan ancha orqada bo'lgan. Er.av. U1 asrga doir haykallar harakatsiz bo'lgan. Er.av. U asrdan boshlab yunon haykaltaroshligi ravnaq topgan. Ularda odamning gavdasi va yuzi to'g'ri tasvirlangan hamda harakatli qilib tasvirlangan. Miron, Poliklet va Fidiy ayniqsa, mashhur haykaltaroshlar bo'lgan. Mironning diskobal haykalini ko'rgan kishi yosh yigitning tez burilib diskni irg'itayotganini ko'rgandek bo'ladi. Mironning “Afina bilan Marsey” degan haykallar guruhida har ikkala figura xuddi harakat qilayotgandek his etiladi. Marsey ikkinchi darajali o'rmon ma'budi bo'lib, u ma'buda Afinaning jahlini chiqargan. Haykallar guruhi ana shu manzarani tasvirlab ko'rsatadi.
Argos haykaltaroshi Poliklet asosan yosh o'smirlarni ideal fuqarolarni tasvirlagan. Uning “Nayzabardor” va “Diodumen” (yosh o'smir boshiga boylangan bintni to'g'rilab turgan bo'ladi) haykallari ayniqsa, mashhurdir. Musobaqada g'olib chiqqan yosh yigitchalarni tasvirlovchi bu ikkala haykal g'oyat nafis va quvvat ifodasidir. Periklning do'sti Fidiyning haykallari go'zal va ulug'vordir. Uning Parfenanda turgan oltin, yog'och va fil suyagidan yasalgan ma'buda Afina haykali juda mashhurdir. Bu haykalning balandligi 12,5 metrdir. Olimpiyada Fidiy Zevs Olimpiyning taxtda o'tirgan vaziyatdagi haykalini yasagan. Bu haykal g'oyat ulkandir. Akropol o'rtasida Afina Promaxosning (ya'ni oldinda turib jang qilayotgan Afinaning) haykali turadi. Bu ma'buda boshida dubulg'a, qo'lida baland ko'tarilgan nayza. Nayzaning o'tkir uchidagi zarhal yaraqlab turardi. Haykal baland tag kursi ustiga qo'yilgan. Haykal Pirey portidan bir necha kilometr uzoqda turgan kemadan ko'rinib turgan. Fidiy ma'buda va ma'budlarni barkamol qilib tasvirlagan. Muallifi noma'lum bo'lgan 15-16 yoshli olimpiya o'yinlarida g'olib chiqqan yuguruvchi qizning haykali ayniqsa chiroylidir. Mil.av. IV asrning ulug' haykaltaroshi Praksitel bo'lib, u asosan ma'budlar va ma'budalarni chiroyli, latofatli yigitlar va yosh juvonlar shaklida tasvirlagan. Uning go'dak Dionis bilan o'ynab turgan yosh ma'bud “Germes” asari ayniqsa, dong taratgan. Mil.av. IV asrga qadar haykaltaroshlar ayollarni faqat kiyim bilan tasvirlagan bo'lsalar, Praksitel birinchi marta ma'buda Afroditani yalang'och holda aks ettirgan. Mil.av. IV asrda yashagan Skopas odamlarning jismoniy va ruhiy azoblarini tasvirlagan. Uning jon holatda yugurib ketayotgan Menada haykali hamda Tegeydagi fronton guruhiga oid yarador jangchilarning ma'yus boqishlari mashhurdir. Afsuski, bu haykallar yaxshi saqlanmagan. Mil.av. IV asrda yashagan Lisipp jismoniy va irodasi kuchli kishilarni tasvirlagan. Uning “Gerakl”i va o'z badanini qashlag'ich bilan tozalovchi “Apoksiomen”i ana shunday pahlavon kishilardir.
Qadimgi Yunoniston shunday madaniy qoidalar bo'lganki, bu qoidalar turli shaharlarni bamisoli bir butun qilib bog'lagan va yunon elini birlashtirgan. Bolqon yarim orolining shaharlari o'z bayramlari, o'yinlari, orakullari (valiylari) bilan yunon elini birlashtiruvchi markazlar bo'lgan. Yunonistonda xudolarga atalgan maxsus bayramlar mavjud bo'lgan, bu bayramlar faqat diniy xususiyatga ega bo'lmagan, chunki bu bayramlarida sport musobaqalari, musiqa, qo'shiq va raqslar ijro etilgan.
Bu bayramlarga Yunonistonning hamma polislaridan odamlar yig'ilib kelishgan. Pelaponnesdagi Argos shahrida Gera sharafiga, Afinada ma'buda Afina sharafiga Panafeniya bayrami o'tkazilgan. Bu bayramlar chog'ida Afinaga Yunonistonning turli shaharlaridan ko'p odamlar kelgan. Afinada ayollarning namoyishlari, ayniqsa, shuhrat qozongan. Odatda ayollar uylaridagi maxsus binolarda - chinekeyalarda o'tirganlar va deyarli hech joyga bormaganlar. Ammo Panafeniya bayramlarida ayollar ma'buda Afina sharafiga bag'ishlangan tantanali yurishda qatnashganlar. Ular bayram liboslariga yasanib, bemalol ko'chaga chiqqanlar. Bu bayramlar tantanali suratda o'yin-kulgu bilan o'tkazilgan. Bu kuni qo'shiqlar aytishganlar, davra olib raqsga tushganlar, laparlar aytganlar, oxirida teatr tomoshalar qo'yib berilgan. Bayramlardan tashqari, yunonlarni umumyunon musobaqalari birlashtirgan. Peloponnesdagi Olimpiyada o'tkizib kelingan olimp o'yinlari, ayniqsa, mashhur bo'lgan. Bu o'yinlar xudolar otasi, chaqmoqsochar Olimplik Zevs sharafiga o'tkazilgan. Olimpiyada Zevsning ibodatxonasi bo'lib, u yerda Zevsning kattakon haykali turgan. Olimp o'yinlari har to'rt yildan bir marta beshinchi yilga o'tar chog'ida boshlangan. Rivoyatlarga ko'ra, birinchi olimpiada mil.av. 776 yilda o'tkazilgan. Qadimgi yunonlar keyinchalik o'z vaqt hisoblarini olimpiadalar asosida yurgiza boshlaganlar. O'yinlar vaqtida unda hamma yunonlar qatnasha olishi uchun urushlar to'xtatilgan. U chinakam tinchlik darakchisi bo'lgan. Musobaqalarda yugurish, sakrash, disk irg'itish, aravachalarda ot choptirish va ko'pgina gimnastika mashqlari o'tkazilgan. Bundan tashqari dramaturglar, shoirlar, ashulachilar, sozandalar ham musobaqalashgan. Jismoniy mashqlarda erkaklar ishtirok etgan, ayollardan faqat spartalik qizlar qatnashgan. Olimp o'yinlarining g'oliblari oddiygina mukofot - muqaddas zaytun daraxti barglaridan to'qilgan gulchambar olganlar. U oliy faxrli mukofot hisoblangan. G'alaba qilgan kishi izzat-ikrom qilingan. Faqat o'zi emas, oilasi ham, tug'ilgan shahri ham ulug'langan. Ular sharafiga she'rlar to'qilgan, qo'shiqlar aytilgan. Haykaltaroshlar ularning haykalini yasashgan. Olimp o'yinlari butun Yunonistonning madaniy taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi. Makedoniya singari, Yunoniston ham Aleksandr Makedonskiy imperiyasi parchalangach, ko'p yillik urush va aholining Sharqqa ketishi natijasida zaiflashgan edi. Mil.av. 280 yilda Etoliya (mil.av. 367 yil) ittifoqidan tashqari Makedoniyaning Yunonistonda hukmronligiga qarshi Axeya ittifoqi tashkil topdi. Korinf bu ittifoqda birinchi o'rinni egalladi. Bu ittifoqning rivojlanishi avval Peloponnes shaharlaridan makedon garnizonlarining quvib yuborilishiga olib keldi. Afina va Sparta mil.av. III asrda yunon shaharlari va qabilalari ittifoqlariga kirmadi11. Sparta davlatida ichki ahvol og'ir edi. Spartaning yanada zaiflashib ketishiga yo'l qo'ymaslik uchun sotsial va siyosiy reformalar o'tkazish zarur edi. Mil.av. 243 yilda Spartaning yosh podshosi Agis IV bu ishga boshchilik qildi. U xalq yig'iniga murojaat etib, spartalik uchun 4500 yer uchastkasi taqsimlash, perieklarga Lakonikadan tashqarida 15000 yer uchastkasi ajratish, ularga fuqarolik huquqlari berishni taklif etildi. Soliqlarni bekor etishni e'loq qildi. Shu vaqt Lakonikaga etoliylar hujum qilishadi, Agis urushda edi, qaytib kelgach, yer egalari tomonidan dorga osildi. Podsho Leonidning o'g'li Kleomen Agis ishini davom ettirdi. Axeya ittifoqi Peloponnesning katta qismini egallagan edi. Kleomen Pelaponnesni istilo qilish uchun hujum boshladi. Axeya ittifoqi boshlig'i Arat Makedoniyadan yordam so'radi. Kuchlar noteng edi. Kleomen ozgina qo'shini bilan Misrga qochdi va u yerda halok bo'ldi. Sparta mil.av. 221 yilda Makedoniya podshosi Antigon Doson qo'shinlari tomonidan zabt etildi. Sparta ham, Axeya ittifoqi ham va umuman Yunoniston (Afinadan tashqari) Makedoniyaga bevosita qaram bo'lib qoldi. Yunon davlatlari Rimdan najot kutdilar. Rim shu vaqtda Karfagen bilan urushayotgan edi. Makedoniya esa Karfagen bilan ittifoq tuzib, Rimga qarshi urush e'lon qildi, lekin mag'lubiyatga uchradi. Elladada Rimning ta'siri ortdi. Bu davrda Egey dengizidagi muhim savdo yo'lida joylashgan Rodos orolining roli ortdi. Elladadagi turli ittifoqlar, davlat orasidagi kurash Rodos oroli mavqeini kuchaytirgan edi. Mil.av. III asr oxirlarida Rodos Ellin davlatlari orasidagi munosabatlar keskinlashuvi natijasida Rim bilan ittifoq tuzish yo'lini tutishga majbur etdi. Italiyadagi yunon koloniyalari mil.av. IV asrning oxiri - III asrda asta-sekin Rim respublikasi hokimiyati qo'li ostiga o'ta boshladi. Faqat Tarent qarshilik ko'rsatdi. u Epirdan yordam so'radi. Epir unga yordam berib, urushga kirdi, lekin u mag'lub bo'lgach, mil.av. 272 yilda Tarent rimliklar tomonidan zabt etildi. Yunonlar Sitsiliyada birmuncha vaqt mustaqilligini saqlay oldilar. Bu yerdagi eng qudratli davlat Sirakuza edi. U Rim va Karfagen orasidagi kurashda ustalik bilan foydalanib turgan. Mil.av. 211 yilda Sarakuza Rim tomonidan zabt etildi, chunki u Karfagen bilan ittifoqqa kirgan edi. Sarakuza Rim zabt etgan birinchi Ellinistik davlat edi. Eng qudratli Ellinistik davlatlardan Selevkiylar podsholigi bilan Ptolemeylar podsholigi O'rta dengizning sharqiy qismida hukmronlik uchun o'zaro raqobat qilishardilar va Yunonistonda aktiv rol o’ynashga harakat qildilar. Shu bilan birga ular uchinchi Buyuk Ellinistik davlat – Makedoniya bilan murakkab munosabatlar bog'lar edilar, chunki Makedoniya Egey dengizi havzasida kuchli mavqega ega edi. Aleksandr Baqtriya va So'g'diyonani bo'ysundirgach, Hindistonga yo'l oladi. Uning qo'shini dastavval Hind vodiysidagi Panjga kiradi. Hind vodiysida u podsho Por-ga qarshi kurash olib borgan. Gidasi yonida makedon qo'shinlari Hind qo'shinlari bilan jang qiladi. Hindlarning fillaridan makedonlarning otlari qo'rqar edi. Fillarga qarshi kurash chorasi topildi. Makedonlar orqasidan pisib kelib, oyoq paylarini qirqib tashlaydilar. Aleksandr Hind podsholari yurtida uzoq qolib keta olmas edi. Hind sultonlariga ularning podsholiklarini o'zlariga qoldirdi. Aleksandr Gang vodiysiga ham bormoqchi edi, qo'shin kasallik, yog'ingarchilikning og'irliklari tufayli unga ergashishdan bosh tortdilar. Aleksandr armiyasi Hind daryosi irmog'i Gifasisgacha borib, orqaga qaytdi. Aleksandr yangi mamlakatlar orqali qisqa yo'l bilan qaytishga qaror qiladi. Uning bo'yrug'iga asosan kemalar quriladi. Makedon armiyasi shu kemalardan Hind daryosidan Hind okeanigacha suzib boradi. Quriqlikdagi armiyaning bir qismi Aleksandr boshchiligida Gedroziya cho'li orqali yo'l oladi, ikkinchi qism esa Hind okeani orqali suzib, Eron ko'rfaziga yetib olib, so'ng Frot orqali Bobilga yetib olishi kerak edi. Aleksandr Bobilni o'zining ulkan davlatiga poytaxt qilib tanlagan edi. Aleksandr boshchiligidagi makedon armiyasi Gedroziya cho'lidan 2/3 qismini yo'qotib o'tib oldi. Mahalliy aholiga bu yo'lda quduq qazib, idishlarni suvda to'ldirib qo'yishni Aleksandr buyurgan edi, lekin bu buyruq bajarilmadi. Qo'shin cho'ldan o'tib olib, serhosil Kirmoniyaga kirgandan keyin12, Hind okeanida Aleksandr floti bo'ronda qattiq shikastlanibdi, kemalarda suzib borgan dengizchilar tashnalikda halok bo'libdi, chunki ularning ichadigan suvi yo'q edi degan xabar keladi. Armiya nihoyat Bobilga qo'shildi. Bu yurishning tamomlanishi edi. Yurish 10 yil - mil.av. 334 yildan 324 yilgacha davom etdi. Mil.avv. 331 yilda Aleksandr Misrdan chiqib, Mesopotamiyaga- Ikki daryo oralig'iga yurgan. U yerda Doro III qo'shinlarini to'plab bo'lgan edi. Otliq qo'shinga katta e'tibor bergan, ularni So'g'diyona va Baqtriyadan keltirgan edi. G'ildiraklariga o'tkir uzun o'roqlar o'rnatilgan aravachalar yasatilgan. Doro III armiyasi Mesopotamiyaga yaqinlashib borib, Ossuriyaning ilgarigi poytaxti Neniviya yaqinidagi Gavgamela degan joyda to'xtagan. Doro III otliqlarining manyovr qilishini hisobga olib, tekislikda pozitsiya ishg'ol qilgan. Bu orada Gavgamelaga uzoqdan makedon armiyasi ham yetib kelgan. Gavgamela yonida qattiq va qonli jang bo'lgan. Jang goh u tomonning goh bu tomonning g'alabasi bilan kechgacha davom etgan. Oxiri makedonlarning g'alabasi bilan tamomlangan. Doro III bu gal ham Sharqqa qochadi. Aleksandr uchun ham bu eng og'ir jang edi. Bu jangdan so'ng Aleksandr Bobilni, so'ngra Suzani ishg'ol qiladi. Aleksandr Suzadan so'ng Eronning tub qismiga yuradi, forslar qarshilik ko'rsatadi, lekin Gavgamela jangida Eronning asosiy kuchlari yakson etilgan, xazinaning ko'p qismi qo'ldan ketgan edi. Eron armiyasining qolgan-qutgani qadimiy Eron poytaxti Persepol yonidagi jangda tor-mor qilinadi va poytaxt olinib yakson qilib tashlanadi. G'alaba bayrami vaqtida Aleksandrning buyrug'i bilan Kserksning hashamatli saroyi, yunon-fors urushlari uchun o’ch olish uchun yondirib yuborilgan. Miloddan avvalgi 113 yilda noma'lum sabablarga ko'ra O'rta Yevropada yashovchi kimvr va tevton qabilalari Apennin yarim orolining shimoliy – sharqiga kela boshlagan. Rim konsuli Karbon ulardan Rim chegaralaridan nari ketishni talab qilgan, ular orqaga qaytgach, Karbon hujum uyushtirgan va qattiq mag'lubiyatga uchragan. Keyin bir necha Rim armiyalari tor-mor qilingan. Rim dahshatga tushgan. Lekin g'oliblar sira kutilmaganda ortiga qaytib Piriney yarim oroli tomon ketishgan. Gay Mariy qo'mondon qilib saylangan. U Lutsiy Korneliy Sulla, Kvint Sertoriylar bilan birga armiyani mustahkamlashga uringan paytda Sitsiliyada ikkinchi katta qullar qo'zg'oloni boshglangan. Urushlar tufayli Rim armiyasi kamayib qolgan edi. Mariy ittifoqchilardan askar olishga senat orqali ruxsat oladi. Vifin podshosi Nikomed rimliklarning bu talabini bajara olmasligini aytdi. Sabab yosh erkaklarni Rim sudxo’rlarini qul qilib sotayapti deb aytadi. Senat tekshirishga komissiya yuboradi. Lekin tekshirish sudxo’rlar ta'siri bilan to'xtab qolgach, miloddan avvalgi 104 yilda qullar qo'zg'oloni boshlanib ketadi. Qo'zg'olonga Salviy va Afenion degan kishilar rahbarlik qilgan. Salviy podsho deb e'lon qilinadi. Armiya tuzadilar. Podsho huzurida kengash tuzilgan. Ular Sitsiliyaning ancha qismini ishg'ol qilgan. Miloddan avvalgi 101- yilda Rimdan konsul Maniy Akviliy kuchli qo'shin bilan keladi va qo'zg'olonni tor- mor qiladi. Asirlar Rim sirklari va amfiteatrlarining gladiatorlariga aylantirilgan. Attikadagi Lavrion kumush konlaridagi qullar qo'zg'olon qilganlar. Bosfor podsholigida Savmak boshchiligida qullar qo'zg'oloni g'alaba qilgan. Evksin Pontiy podshosi Mitridat IV Bosfordagi qullar qo'zg'olonini bostirib (mil.avv. 107-106 yillar), uning yerlarini bosib olgan. Mitridat IV hatto Rimga qarshi kurashishga jur'at etgan. Sitsiliyadagi qullar qo'zg'oloni bo'layotganda tevtonlar va kimvrlar Alpni oshib o'tib, Italiyaga hujum qilgan. To'rtinchi marta konsullikka saylangan Gay Mariy dushmanni qaytargan. Shundan so'ng Rim boshiga tushgan og'ir ahvol bartaraf etilgan. Gay Mariyning shuhrati oshib ketgan. Gay Mariyning raqiblari bo'lgan optimatlar ham unga tan berishgan. Senat unga Vatan otasi va Rimning Ikkinchi asoschisi degan unvon bergan (Pattr Patriae). Lekin uning armiya veteranlariga yer berish haqidagi iltimosini senat rad qilgan13.
Apullat Saturnil va Glavsiy degan arboblar yordamida armiya veteranlariga yengilliklar berishi va Afrikadan yer ajratilishiga erishgan. Rimda shu masala yuzasidan optimatlar va populyarlar (plebsning yo'lboshchilari) qattiq kurash boshlagan. Bu kurashlarda Gay Mariy avval optimatlar qarshiligini sindirgan. Keyin qo'shin yordamida populyarlarni tarqatib yuborgan. Optimatlar ham, populyarlar ham Gay Mariyning Rimdan chiqib ketishiga erishganlar. Senatda optimatlar ustinlikka erishganlar. Populyarlarning pozitsiyasi bo'shashgan. Rimdagi siyosiy- iqtisodiy kurashi juda jiddiylashgan. Italiyadagi ittifoqchilar Rim grajdanlik huquqi berilishini talab qilganlar. Italiyada tashqaridagi Rim yerlaridan grajdanlarga yer berilishini talab qilgan. Xalq tribuni Liviy Druz reformalar o'tkazgan. Keyin Druz o'ldirilgan.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling