Jahon tarixi
|
1939-yilda nashr etilgan «G‘azab shingillari» romani katta shuhrat qozondi.
Jahon iqtisodiy inqirozi amerika jamiyatining barcha salbiy tomonlarini ochib tashladi. Chunonchi, J. Steynbek xalqning yirik kompaniyalar tomonidan talanishini, boylar va kambag‘allarni ajratgan tubsiz jarlikni, inqiroz titratgan amerika jamiyatining barcha tabaqalari vakillariga xos xarakterlarni zo‘r mahorat bilan tasvirlagan. J. Steynbek romanining 1962-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganligi bejiz emas. Steynbek qahramonining ko‘rinishi. www.ziyouz.com kutubxonasi 337 Ikkinchi jahon urushi tobora shiddat bilan yaqinlashmoqda edi. Fashizmning vahshiyligini birinchi bo‘lib ispan xalqi o‘z achchiq tajribasida sinab ko‘rdi. XX asrning mashhur dramaturgi Bertold Brext (1898—1956) «Kuraj momo va uning farzandlari» pyesasida (1938) fashizm manbalarini ochib berdi va munofiqlik falsafasini fosh qildi. Fashistlar Brext kitoblarini yondirib tashladi. O‘zi chet ellarga muhojirlikka ketdi. Jahonning mashhur yozuvchilari fashizmga qarshi kurashganlar haqida asarlar bitdilar. Shulardan biri, har yerda hozir-u-nozir E. Xeminguey edi. U Ispaniya fojiasini tinchlik va demokratiya uchun kurashning boshlanishi deb bilgan. Uning ispan xalqining fashizmga qarshi mardonavor kurashiga bag‘ishlangan romani «Qo‘ng‘iroq kimning motamini kuylayotir» deb ataladi. Bu roman 1940-yilda nashr etildi. Roman ayni paytda fashizmga qarshi jang qilish uchun Ispaniyaga ko‘ngilli bo‘lib jo‘nab ketgan yosh amerikalik fuqa- rolar haqida ham hikoya qiladi. AQSH rasmiy hukumati Ispaniya voqealariga aralashmasdan chetda turgan bir paytda bu yoshlarning Ispaniyaga borishi va antifashist kuchlar safida fashizmga qarshi kurashi katta jasorat edi. Ispaniya urushining o‘ziga xos bir jihati — bu, unda taraqqiyparvar ziyolilarning ham ishtirok etganligida edi. Ular Ispaniya misolida fashizmning mohiyatini anglab yetdilar. Italiya va Germaniyada fashizmning g‘alabasiga ayrim yozuvchilar bardosh bera olmadilar. Chunonchi, mashhur yozuvchi Stefan Sveyg (1881—1942) o‘z joniga qasd qildi. Lekin hamma ham bu yo‘lni tanlamagan. Aksincha, ular ishonchni yo‘qotmasdan fashizmga qarshi kurashchilar safiga qo‘shilganlar. Ular uchun fashizmga qarshi kurash Yevropa madaniyatini saqlab qolish vositasi edi. Ozodlik, insonparvarlik va demokratiyaga intilish esa ular hayoti va ijodining ma’nosiga aylandi. Bu borada ingliz yozuvchisi B. Shou (1856—1950) ijodi alohida o‘rin tutadi. U o‘zining: «Faqat hayot- ning o‘zi va insonning yalpi farovonlikka erishi- shi uchun yashasa arziydi», — degan iborasini hayotiy shior qilib olgan edi. U «Jizzaki sotsialist», «Noteng nikoh», «Qalblar parchalanadigan uy» kabi asarlari bilan ijtimoiy drama janriga asos soldi. Bu asarlar B. Shouni jahon adabiyoti klassigi darajasiga ko‘tardi. 1925-yilda adabiyot sohasida xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Keyinchalik yozgan «Olma ortilgan arava», «Bayantning millionlari», asarlari ham jahon adabiyoti durdonasiga aylandi. 1948-yilda yozilgan «Olis kelajak haqida rivoyat» asarida B. Shou atom urushini qoralagan edi. Yana bir mashhur ingliz yozuvchisi J. Golsuorsi (1865—1933) «Bu kunning komediyasi» asarida o‘sha davr Angliyasini «munofiqlar oroli» deb atagan. Shuningdek, hukmron doiralarning ikkiyuzlamachiligini, jamiyatdagi ijtimoiy illatlarni fosh etgan. J. Golsuori 1932-yilda xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Demokratiya, tinchlik va ozodlik uchun kurash 22 — Jahon tarixi www.ziyouz.com kutubxonasi 338 Asarlari dunyoga mashhur bo‘lgan adiblar orasida amerika yozuvchilari ham bor edi. Ular ichida T. Drayzer (1871—1945) va U. Folkner (1897— 1962) ijodi alohida tahsinga loyiq. T. Drayzer o‘z asarlarida («Baxtiqaro Kerri», «Amerika fojiasi» va boshqalar) AQSHning ijtimoiy-iqtisodiy mu- ammolarini ko‘tarib chiqishga jur’at etgan edi. 1930-yilda «Amerika fojiasi» romani ekranlashtirildi. Bu kinofilm deyarli butun dunyoda namoyish etildi. Asarning bunchalik mashhur bo‘lib keti- shining sababi unda ko‘pchilik yetishishi amrimahol bo‘lgan to‘q va dabdabali hayot haqidagi amerikacha orzu va millionlab amerikaliklar ustidan hukmron bo‘lgan qashshoqlik o‘rtasidagi ziddiyat qirralari butun borlig‘i bilan haqqoniy tasvirlanganida edi. T. Drayzer 1944-yilda AQSH san’at va adabiyot akade- miyasi tomonidan faxriy oltin medal bilan taqdirlandi. Ushbu mukofot bilan taqdirlanganligi haqida muallifga yuborilgan xatda, jumladan, muallif haqiqiy Amerikani tasvirlashdagi jasorati va to‘g‘riso‘zligi uchun mukofotlanganligi qayd etilgan edi. U. Folkner o‘z asarlarida qishloq hayotini aks ettirdi. U qishloqda inson qalbi uchun barcha zarur xislatlar mavjudligini ilg‘agan edi. Ayni paytda u mamlakat taraqqiyotining tabiiy omillari shaxs, oila, Vatan va jamiyat ekanligini teran his etdi. U. Folknerga chinakam shuhrat keltirgan asar — «Sartoris» romani bo‘ldi (1929). 1932-yilda nashr etilgan «Avgustdagi nur» romanida amerika ijtimoiy hayotidagi eng jirkanch muammo — irqiy kamsitish muammosini ko‘tarib chiqdi. Uning keyinchalik yaratgan romanlarida ham («Avessalom! Avessalo!» «Bo‘ysunmaganlar», «Tushgin, Moisey») bu mavzuni davom ettirdi. Odamlarning ichki dunyosi va hayotini mayib qilayotgan jamiyatni fosh etdi. Irqiy mutaassiblik qurbonlariga esa hamdardlik bildirdi. Adolat g‘oyalari g‘alaba qozonishiga ishonch bilan qaradi. Uning keyingi asarlarida («Qishloqcha», «Shahar», «Qo‘rg‘on») ham insonparvarlik va rahmdillik g‘oyalari ruhi barq urib turgan. U. Folkner 1949-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Nemis yozuvchisi Tomas Manning (1875—1955) «Doktor Faustus» (1947) romanida natsistlar hukmronligi ostida qolgan Germaniyaning fojiali qismati uchun nemis ziyolilari qanchalik javobgar ekanligi ko‘rsatib beriladi. To‘g‘ri, 20—40-yillar ijodkorlarining hammasi ham taraqqiyotga xizmat qilgani yo‘q. Ularning ayrimlari fashizmdan, ayrimlari esa kommunizmdan najot izlaganlar. Chunonchi, nemis faylasufi O. Shpengler (1880—1936) «Yevropaning zavoli» degan kitobida insoniyat taqdiri inson organizmi singari bolalik, yigitlik, yetuklik hamda keksalik bosqichlarini bosib o‘tuvchi sivilizatsiya- larning almashinuvidan iborat, degan g‘oyani ilgari surgan. U keksalikdan so‘ng o‘lim kelishiga ishora qilib, Yevropa keksalik davriga yetib keldi, bino- barin, uning o‘limi yaqinlashmoqda, deyishgacha borib yetdi. Fikrini davom ettirib, Yevropani o‘limdan «kuchli shaxs» qutqarib qolishi mumkin, deb hisoblagan. U insonparvarlik va demokratiyani sivilizatsiyaning quy-qalari deb atagan. www.ziyouz.com kutubxonasi 339 Ingliz publitsisti T. Eliot (1888—1965) dekadent (tushkunlik kayfiyatida- gi) ziyolilar davrasida juda mashhur bo‘lib ketgan edi. U ommani olomon, bilimsiz demokratiya, deb atagan. Alohida olingan shaxsga ham ishonchsizlik bilan qaragan, jamiyatni va sivilizatsiyani esa samarasiz, deb hisoblagan. U sivilizatsiyani qutqarib qoluvchi kuch sifatida goh ingliz mustamlakachiligini, goh katoliklikni olqishlaydi. O‘lim va mangulik, hayot mohiyati mavzularini metafizik nuqtayi nazardan tasvirladi. SSSRda yangi jamiyat — «sotsializm» jamiyatining asosiy himoyachila- ridan biri M. Gorkiy (1868—1936) yangi «sotsialistik realizm» iborasini o‘ylab topdi. Bu ibora mazmunini «davrning vijdoni» kommunistik partiya, uning rahbariyatini ko‘klarga ko‘tarib maqtash, kommunistik jamiyatni mutlaqlashtirish, uni eng adolatli jamiyat deb hisoblash, kommunizm g‘oyalariga sodiq bo‘lgan yangi insonni shakllantirish, sovet xalqi ongida kommunizmning muqarrar qaror topishiga cheksiz ishonchni qaror toptirish yotar edi. Rossiyada 1917-yilgi oktabr to‘ntarishidan so‘ng qaror topgan bolshevik- lar hokimiyatining o‘zboshimchaligi, hech qanday milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tan olmasligi ziyolilar o‘rtasida keskin norozilikni keltirib chiqardi. Davlat to‘ntarishining dastlabki yillaridayoq 75 mingdan ortiq atoqli adiblar, san’atkor, olimlar o‘z vatanlari — Rossiyani tark etdilar. Mavjud tuzumni tanqid qilganlar, kommunistik partiya va sovet davlati rahbarlarining g‘ayriinsoniy siyosatiga nisbatan qarshi fikr bildirganlar qatag‘on qilindi. Ularning barchasiga bir xil — «sotsializmga tuhmat qildi», degan ayb qo‘yildi. Kommunistik partiya o‘zi e’lon qilgan «madaniy inqilob» natijasida yangi jamiyat ziyolilarini shakllantirdi ham. Chunki adabiyot va san’atsiz kommunistik mafkurani omma ongiga singdirib bo‘lmasligini kommunistik partiya arboblari ham yaxshi tushunar edilar. Shunday bo‘lsa-da, Rossiyada qalbi buyurmagan asarlar yozishdan o‘zi- ni tiya olgan adiblar ham ijod qilgan. Ular orasida M. Sholoxov (1905— 1984) alohida o‘rin tutadi. Uning «Tinch Don» (1928), «Ochilgan qo‘riq» (1932) romanlari dunyoda shuhrat qozondi. Bu asarlarda inqilob hamda kollektivlashtirish davri ziddiyatlari, inson fojialari haqqoniy tasvirlangan edi. M. Sholoxovning «Tinch Don» romani 1965-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. 40-yillar rus sovet adabiyotida urush mavzusi bosh mavzuga aylandi. Bu mavzuda qalam tebratgan mashhur adiblar K. Simonov, V. Surkov, B. Polevoy va A. Safronov kabilar o‘z asarlari bilan xalqda fashizm ustidan g‘alabaga ishonch tuyg‘ularini qaror toptirishga munosib hissa qo‘shdilar. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng boshlangan «sovuq urush» badiiy ijodga ham ta’sir etmay qolmadi. Bu — ijodning g‘oyaviylik tomoni badiiylikdan ustun kela boshlashida o‘z ifodasini topdi. Bu davr badiiy madaniyatida XX asr ikkinchi yarmi adabiyoti www.ziyouz.com kutubxonasi 340 neorealizm (yangi realizm) oqimi paydo bo‘ldi. U adabiyotda ham o‘z ifodasini topdi. Neorealizm — o‘z oldiga «bo‘yab-bezalmagan», haqiqiy hayotni ko‘rsatishga intiluvchi oqim edi. Neorealistlar (adabiyotda ham, tasviriy san’atda ham) tomoshabin yoki o‘quvchi ko‘z o‘ngida qashshoqlikda hayot kechiruvchi insonlarning butun hayotiy kechinmalarini haqqoniy tasvirlab berdilar. Asarlarida ijtimoiy adolat uchun kurashni aks ettirishni o‘zlarining burchi, deb bildilar. O‘z asarlari qahramonlariga samimiy muhabbatlarini izhor eta oldilar. Ulardan so‘ng nemis adabiyotining asosiy mavzusi Ikkinchi jahon urushi bo‘ldi. Fashistlar targ‘ibotiga aldangan, ma’naviy va jismoniy ezilgan avlod taqdiri taraqqiyparvar adiblar ijodini chetlab o‘tmagan. Chunonchi, adib X. Byoll va haykaltarosh F. Kremerlar urush yillaridagi konslager o‘rnida kompozitsiya bunyod etdilar. Kompozitsiyada mahbuslarning ruhiy holati, tug‘yoni va kuchi haqqoniy aks ettirildi. «Kichkina» insonda insonparvarlik qarashlari boshlanishining tantanasi E. Xeminguey ijodida bosh mavzu bo‘ldi. Uning bu mavzuga bag‘ishlangan «Chol va dengiz» (1952) qissasi XX asr ikkinchi yarmi badiiy adabiyotining yuksak namunasi bo‘ldi. Bu asar Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu davr sovet adabiyotida dissidentlik ham kuchaydi. B. Pasternak, A. Soljenitsin bu adabiyotning yirik vakillari edi. Ular o‘z asarlarida xalqqa sovet tuzumining haqiqiy mohiyatini yetkazishga o‘zlarida jasorat topdilar. Bu o‘rinda A. Soljenitsinning «GULAG arxipelagi» asari keng shuhrat qozondi. Bu asar 1973-yilda chet ellarda chop etilgan edi. Sovet davlati rahbariyati A. Soljenitsinni mavjud tuzumga bo‘hton qilganlikda aybladi va uni 1974-yilda SSSRdan chiqarib yubordi. Bu davr adabiyotiga Lotin Amerikasi davlatlari adiblari ham munosib hissa qo‘shdilar. Ular Lotin Amerikasi davlatlari hayotidagi illatlarni haqqoniy tasvirladilar. Chunonchi, J. Amadu (Braziliya), M. Asuel (Meksika), G. Markes (Kolumbiya) kabi adiblar o‘z asarlarida tub yerli aholining fojiali taqdirini, monopoliyalarning zo‘ravonligini, diktatorlik tartiblarining yovuz- liklarini, dehqonlarning yer uchun kurashlarini badiiy bo‘yoqlarda va haqqoniy ko‘rsatib bergan edilar. Bir so‘z bilan aytganda, taraqqiyparvar adabiyot bugungi kunda ham ezgulikka xizmat qilmoqda. 2002-yilda venger yozuvchisi Imre Kertesning (1929) xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlanganligi bu fikrning dalilidir. I. Kertesning bunday yuksak mukofotga munosib topilgan asarlari («Angliya bayrog‘i», «Izquvar») Ikkinchi jahon urushida jahannam fabrikalari — konslagerlardagi tutqunlar taqdiri haqida hikoya qiladi. Muallifning o‘zi ham 1944-yilda konslagerga tashlangan, u fashizmning qay darajada vahshiy ekanligini ikki yil o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, Osvensim va Buxenvald konslagerlarida 60 ming nafar vengriyalik yahudiylarning o‘ldirilishiga guvoh bo‘lgan. www.ziyouz.com kutubxonasi 341 XX asr she’riyati unga faylasuf shoirlar kirib kelganligi bilan ajralib turadi. Bu XX asr she’riya- tining o‘ziga xos xususiyati edi. Faylasuf shoirlar dunyoni yangilash jarayonida faol ishtirok etishni o‘zlarining ijtimoiy vazifalari deb hisoblaganlar. Faylasuf shoirlar she’riyat muxlislarini inson hayotining ma’nosi hamda inson mavjudligining asosiy qadriyatlari haqida chuqur mushohada qilishga undashdi. XX asr shoirlarining insoniyat oldidagi buyuk xizmatlari faqat bu bilangina cheklanmaydi. Ular urushlar va ijtimoiy inqirozlar davrida ham insonlarni go‘zallik bilan oshno etdilar. Ularda kelajakka ishonch ruhini rag‘batlantirdilar. Taraqqiyparvar shoirlar tinchlikni, ozodlikni, taraqqiyot va demokratiyani kuyladilar. Ular ichida, ayniqsa, nemis shoiri B. Brext va ispan shoiri F. Lorka (1898—1936) she’rlari katta shuhrat qozondi. B. Brext ijodining asosini she’riy pyesalar tashkil etgan. B. Brext she’riyati — dunyoni yangilash uchun kurashda o‘ziga xos jangovar chaqiriq vazifasini o‘tadi, deyish mumkin. Uning she’rlari taraqqiyparvar kuchlarni fashizm va diktaturaga qarshi kurashga chorlagan, oddiy mehnat ahliga muhabbat ruhi bilan sug‘orilgan edi. U yaratgan «Uch kunlik opera», «Galileyning hayoti» va «Sichuanlik muruvvatpesha» kabi asarlar katta shuhrat qozondi. Ularda hayotning ma’nosi, oila, burch, muhabbat va inson qadr-qimmati haqida chuqur falsafiy fikrlar ilgari surildi. Ayni paytda hukmron doiralarning axloqsizligi fosh etildi. Insonparvarlik ulug‘landi. Urushga qarshi kurashga da’vat etdi. Quyidagi satrlar bu fikrlarni to‘la tasdiqlaydi: Ey, dunyoning xalqlari, Kulfat kuni qo‘zg‘oling! Bu kurrai zaminni Volidangiz deb biling. Oq, sariq, qizil, qora! Og‘a qonin to‘kmangiz! Axir dunyo juda keng Yetar bizga boshpana. F. Lorka ispan she’riyatining faxri hisoblanadi. U ispan fashizmiga qarshi kurashganlar safida bo‘ldi. 1936-yilda u fashistlar tomonidan o‘ldirildi. 1917-yilgi to‘ntarishdan so‘ng Rossiyada ijodkor ziyolilar nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoldilar. Ularning bir qismi chet ellarga ketishga majbur bo‘ldilar. Vatanida qolganlar esa vijdonlariga qarshi ish tutmaganlar. Ya’ni ular g‘ayriinsoniy jamiyat- ni — sovet jamiyatini, uning rahnamosi — bolshe- viklar partiyasini tarannum etmaganlar. She’riyat Federiko Garsiya Lorka. www.ziyouz.com kutubxonasi 342 Ular orasida A. Axmatova (1889—1966), N. Gumilev (1886—1921), S. Yesenin (1895—1925), A. Blok (1880—1921), O. Mendelshtam (1891— 1938) va boshqalar, ayniqsa, mashhur edilar. Ularning hayoti og‘ir kechdi. Chunonchi, N. Gumilev 1921-yilda otib tashlandi. S. Yesenin o‘z joniga qasd qildi. O. Mendelshtam 1938-yilda otib o‘ldirildi. Ommaviy qatag‘on- larga qaramay, rus adabiyoti totalitar tuzum sharoitida ham yashab qolishning uddasidan chiqdi. Ayni paytda uning shuhratini dunyoga taratishga ham muvaffaq bo‘ldi. Taniqli Chili shoiri Pablo Nerudaning (1904—1973) «Ispaniya mening yuragimda», I. Bexerning «Asr o‘rtasidagi qadam», fransuz shoiri Jak Preverning (1900—1977) satirik va lirik she’rlari, shuningdek, R. Hamzatov, Q. Quliyev, Ye. Yevtushenko, A. Oripov, E. Vohidov, V. Visotskiy, Abdu- rahmon al-Homisiy va boshqalarning she’rlari insoniyatni olg‘a chorlab, yashashga ishtiyoq uyg‘otishga, Vatanni sevishga xizmat qilmoqda. Mana bu satrlar ular fikrini o‘zida ifodalaydi: Ortimizdan kelar boshqalar, Ko‘proq bo‘lar sabri ularning Epchilligi va qat’iyati. Ko‘rkamligi, kuchini ko‘rib, Dunyo bo‘lur ularga taslim. Yordam berar shunda ularga Biz yaratib ketgan qo‘shiqlar. Osiyolik yozuvchilardan Lu Sin (1896—1981) xitoy realistik adabiyoti asoschilaridan biri edi. Mao Dun (1896—1981), Ba Izin «So‘nggi quyosh», «O‘ychanlik», Li Sun Bao «Tog‘lar orasida o‘n to‘qqiz mozor» asarlari bilan tanildi. Hindistonlik Yashpalning (1903—1976) «Yolg‘on haqiqat», «Divya» romanlari, turkiyalik Nozim Hikmatning ajoyib she’rlari, Aziz Nesinning achchiq satiralari, afrikalik shoir va davlat arbobi A. Netoning ozodlikka undovchi she’rlari, Piter Abraxamsning «Tun hukmronligida» asari, Chili shoiri Pablo Neruda, braziliyalik yozuvchi Jorji Amadu asarlari dunyo xalqari tomonidan sevib o‘qilmoqda. XX asr ikkinchi yarmida G‘arb tasviriy san’atida syurrealizm oqimi paydo bo‘ldi. Bunga hamma qatori o‘z farzandlarini sevuvchi, klassik musiqani qadrlovchi, o‘zining Vataniga, burchiga sodiq, odam qiyofasidagi odam, biroq insoniyat aqliga sig‘maydigan vahshiyona jinoyatlar sodir etgan fashistlar kirdikorlari fosh etilganligi sabab bo‘ldi. Syurrealistlar tashqi ko‘rinish, tashqi qiyofa, tashqi dunyo ichki dunyo bilan mutanosib emas, u ichki dunyoni boricha aks ettira olmaydi, deb hisoblardilar. Shu tariqa ular realizmdan ham ustunroq, o‘ta realizmni- syurrealizmni yaratdilar. San’at www.ziyouz.com kutubxonasi 343 Kino Syurrealistlar fikricha, o‘ta realizm bizni o‘rab turgan real dunyo bilan mos emas. Oliy reallik (o‘ta reallik) insonlardan yashirinib turadi. Uni aql- idrok bilan anglab bo‘lmaydi. Ularning fikricha, rassomlar instinktlarga, tushlarga erk berishlari kerak edi. Syurrealizmning kubistik yo‘nalishidagi namoyandalari Pablo Pikasso (1881—1873), Mark Shogal (1899—1995), Salvador Dali (1904—1989) va boshqalar edi. Aslida syurrealizm real voqelikdan uzilib qolish edi. Syurrealizmning ko‘rinishlaridan biri — abstraksionizm (mavhumlik — noma’lumlik, uzoqlashish) real voqelikdan uzilib qolishda syurrealizmdan ham o‘tib ketdi. Bu oqim tarafdorlari fikricha, tasviriy san’at voqelikni emas, balki rassom ongining holatini ifodalashi, rassom his-tuyg‘ularining in’ikosi bo‘lishi kerak edi. Abstraksionistlar ijodida (Ch. Novard, S. Devis, Retner, Morris va boshqalar) his, tuyg‘u, xayol borliqdan uzilgan chiziqlar, geometrik shakllarda namoyon etilgan. Ularda mazmun va shakl bir-biriga singib ketib, an’anaviy tushunchadagi mazmun va shakl o‘z mohiyatini yo‘qotgan. XX asrning eng mashhur rejissori va aktyori Charlz Spenser Chaplinning (1899—1977) ijodi jahon kinosi tarixida tanqidiy realizmning porloq sahifasidir. U «Ulkan shahar chiroqlari», «Yangi zamonlar» filmida jamiyatdagi olchoqlikni tanqid qildi. «Diktator» filmida esa fashizmga qarshi pamflet bilan maydonga chiqdi. U «Nyu-Yorkdagi qirol» filmida jamiyatdagi axloqsizlikni fosh qildi. Chaplin achchiq satirasi tufayli mamlakatni tashlab, Yevropaga muhojir bo‘lib ketishga majbur bo‘ldi. Fransuz rejissori Rene Kler «So‘nggi milliarder» nomli antifashistik filmida telba diktator «islohotlari»dan kuladi. Neorealizm oqimi namoyan- dalaridan italiyalik Roberto Rossellini, Vittorio de Sek, Juzeppe de Santis, P. Pikasso. «Gernika». www.ziyouz.com kutubxonasi 344 Petro Jermilar shuhrat qozondi. «Rim — ochiq shahar», «Zaytun tagida dunyo yo‘q», «Velosiped o‘g‘rilari» va boshqa filmlar xalqning yashashga qobil ekanligini, ezguligini, adolat va birdamlikni aks ettirdi. Federiko Fillinining «Yo‘l», «Kabiriya tunlari» filmlarida parazitizm va axloqiy ta- nazzul ochib tashlanadi. AQSH kinorejissori Stenli Kramerning «Bo‘yin egmaganlar» filmi irqchilikni tanqid ruhida bo‘lib, unda odamlarning tengligi va qardoshligi ochib beriladi. O‘z ijodini xalq hayoti, demokratik madaniyat yutuqlari bilan bog‘lagan yirik kompozitorlar ajoyib badiiy asarlar yaratishdi. Artur Oneger, Paul Xindemit, Bela Bartoj, Jorj Gershvin, Benjamin Britten musiqada realistik yo‘nalish namoyandalari edilar. Fransiyalik buyuk kompozitor A. Oneger hayoti va ijodi murakkabdir. U Romen Rollanning «14-iyul» pyesasiga musiqa yozdi va «Janna d’Ark gulxanda» oratoriyasini yaratdi. Oratoriya urush yillarida dushmanga qarshilik ko‘rsatuvchi fransuzlar harakatining musiqasi bo‘lib qoldi. Ingliz kompozitori Benjamin Brittenning «Harbiy» marsiyasi Konven- trining qaytadan tiklangan ibodatxonasida 1961-yilda birinchi marta ijro etildi. Kompozitor o‘z asarining g‘oyasini: «Marsiya kelajakka qaratilgan... Biz urush kabi falokatning oldini olishimiz kerak», — deb ta’rifladi. Nemis shoiri va kompozitori Gans Eysler, iste’dodli xonandalardan Pit Siger, Bob Dilan, Joat Baez (AQSH), Jan Ferra (Fransiya), grek kompozitori Mikis Teodorakis qo‘shiqlari butun dunyoga tarqaldi. Charli Chaplinning «Yangi davrlar» filmi. Musiqa www.ziyouz.com kutubxonasi 345 Dastlab XIX asr oxiri —XX asr boshlarida paydo bo‘lgan ommaviy madaniyat XX asr ikkinchi yarmida yanada rivojlandi. Bunga ommaviy axborot vositalarining nihoyat darajada rivojlanganligi sabab bo‘ldi. Uning janrlari (shou, triller, boye- vik, shlyager, komiks) keng ommalashdi. Bu hol ommaviy madaniyat- ning maqsadi bilan izohlanar edi. Chunki ommaviy madaniyatning bosh maqsadini ko‘proq daromad olish tashkil etadi. Bu madaniyatning hammaga tushunarli hamda ko‘ngilocharligi uning asosiy sifat mezonini tashkil etadi. Pul topish uchun axloq normalaridan chekinildi. Ommaviy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning asosini oddiy kishilar uchun mo‘ljallanganligi tashkil etishidir. Ommaviy madaniyat madaniy hayotning deyarli barcha sohalarini qamrab olgan. Masalan, estrada qo‘shiqchiligida inglizlarning «Bittlz» ansambli dunyoda shuhrat qozondi. «Bittlz» va shu kabi boshqa ansambllar o‘z qo‘shiqlarida o‘ta muhim muammolar — yoshlarning ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topmaganligi, urush, militarizm, irqiy kamsitishlarga qarshi noroziliklarni namoyish etdilar. Ularning qo‘shiqlari mazmunan samimiyligi, o‘ta ta’sirchanligi, o‘tkir so‘zliligi bilan ajralib turadi. Ayni paytda ijrochilarning yuksak qobiliyati, yuqori jarangdor ovozlari, mukammal maqomi, tovushlarning hamohangligi muxlislarga katta ruhiy ta’sir o‘tkazadi. Bu hol rok-musiqachilarni yoshlarning sevimli san’atkorlariga Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling