Matn yuzasidan vazifalar
Download 0.89 Mb.
|
tttt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sarflangan vaqt + qiziqish = natija
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-ingliz tili fakulteti ________1911____-guruh talabasi ________________Begmuxammadova Mohichehra_______________ning “O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat ishi. MATN YUZASIDAN VAZIFALAR Eslatma. Barcha javoblaringizning foni sariq bo‘lsin. Til o‘rganish qoidalari Shu paytgacha hech kim inson qancha tilni bilishi mumkinligini aniqlamagan. Ammo insoniyat tarixida nafaqat o‘zlarining ona tillarida, balki bir necha (yoki ko‘p) chet tillarda ham o‘z fikrlarini turli darajalarda ifoda eta oladigan kishilar bo‘lgan. Kato Lomb – vengriyalik professional tarjimon, juda ko‘p tillarni biladi. Ko‘p tillarni darsliklar va badiiy adabiyotlar ustida ishlab, mustaqil o‘rgangan. Uning mulohazalarini o‘qing/yozing. Topshiriq bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun matndan foydalaning. 1 Poliglot[yun. poly – ko‘p + yun. glotta – til] ko‘plab tillarni biluvchi kishi. (“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan) __________________________________________________________ 2 1. Til bilan har kuni shug‘ullaning. Agar vaqtingiz tig‘izmi, unda 10 daqiqa ajrating. Ertalab – shug‘ullanish uchun eng yaxshi payt. 2. Hech bir so‘zni asosiy matndan alohida yodlashga urinmang. 3. Hayotda eng ko‘p ishlatishga to‘g‘ri keladigan iboralarni ko‘chirib oling va yodlang. 4. Ko‘zingiz tushgan hamma narsani xayolan tarjima qilishga harakat qiling: reklama yozuvi, ko‘chadagi e’lon, quloqqa tasodifan chalingan gaplar... Bundan hatto charchagan miya ham dam oladi. Dono xalqimiz «Til bilgan –el biladi» deydi. Bu borada buyuk bobolarimiz ibrat va namuna ko‘rsatganlar. Xususan, Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Imom Buxoriy, Ahmad Farg‘oniy, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy kabi ulug‘ ajdodlarimiz o‘nlab tillarni puxta bilganlari uchun ham jahon ilm-fanining yuksak cho‘qqilarini zabt etganlar. Manba: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan 5. Til o‘rganish xohishingiz tez so‘nib borayotgan bo‘lsa, tirishishni bas qiling, ammo o‘rganishni tashlab qo‘ymang. Boshqacharoq taktika tanlang: kitob o‘qiyotgan bo‘lsangiz audioga o‘ting, darslikni qo‘yib, lug‘atni qo‘lga oling va hokazo. 6. Ustoz tuzatib bergan narsalarnigina qat’iy yodlash kerak. O‘zingizning bexatoligi ishonchsiz mashqlaringizni yodlashga urinmang: tinmay takrorlash oqibatida mana shu xatolar xotirangizga o‘rnashib qoladi. Ayniqsa, bu tavsiya yolg‘iz shug‘ullanuvchilar uchun juda zarur. 7. Tayyor iboralarni, idiomatik so‘z birikmalarini 1-shaxsda yozib oling va yodlang. 8. Xorijiy til – bir paytning o‘zida hamma tomondan hujum qilinib, zabt etilishi lozim bo‘lgan qal’a: gazetalar o‘qish, teleko‘rsatuvlar va radio tinglash, tarjima qilinmagan filmlarni tomosha qilish, xorijiy tildagi leksiyalarda qatnashish, qo‘llanmalardan foydalanish, xorijliklar bilan yozishmalar olib borish, ajnabiy do‘stlar orttirish – hammasi kerak. 9. Gapirishdan, xato qilishdan qo‘rqmang, aksincha, xatongiz nimadaligini va uni tuzatishlarini so‘rang. Eng asosiysi, sizni «tuzatishsa» xafa bo‘lmang. 10. Nima bo‘lganda ham maqsadingizga erishishingizga, buning uchun irodangiz yetarli ekaniga, tillarni o‘rganishga qobiliyatingiz yetarli ekaniga o‘zingizni ishontiring. Kato Lomb tilni o‘zlashtirish natijasini aniqlovchi oddiy formulani ham ishlab chiqqan: Sarflangan vaqt + qiziqish = natija yoki yanayam aniqroqifodalaganda: (sarflangan vaqt + qiziqish) / uyalish (xato qilishdan qo‘rqish) = natija. 3 4 «alMuallim assoniy» («Ikkinchi muallim», Aristoteldan keyin), «Sharq Arastusi» nomlariga sazovor bo‘ldi Forobiy ba’zi tarixiy manbalarda keltirilishicha,70 dan ortiq tilni bilgan. Manba: https://qomus.info/encyclopedia/cat-f/forobiy-uz/ Kato Lomb ingliz, fransuz, nemis, rus tillarida erkin (ona tili – vengr tili darajasida) gapirgan, o‘qigan, yozgan. Italyan, ispan, yapon, xitoy, polyak tillarini yaxshi tushungan va so‘zlashgan. Bolgar, rumin, slovak, ukrain, dan, lotin tillarida lug‘at yordamida mutolaa qila olgan. Darvoqe, 86 yoshli Kato Lomb 54 yoshli tanishini uchratib qolganida unga shunday degan ekan: «Stiv, sen juda yoshsan! Hali qancha tilni o‘rganishing mumkin-a!» «Men tillarni qanday o‘rganaman» kitobidan Manba: https://www.xabar.uz/maslahat/16-tilni-biluvchi-insonda Men “Chernyavskiy qonuni” haqida gapiraman, meni nokamtarlikka olmang. U quyidagicha tuzilgan: har bir yangi til avvalgisini o‘rganishga sarf qilingan kuchning faqat yarmini talab qiladi ... Shunday qilib, agar siz birinchi tilga to‘rt yil sarflagan bo‘lsangiz, demak, olti oy ichida to‘rtinchisini o‘zlashtirasiz. To‘g‘ri, bu qonun biz bir xil til guruhida bo‘lganimizda mos keladi. Ammo bir-biriga qarindosh bo‘lmagan tillarni o‘rganishga kirishsakham, keyingi til avvalgisiga qaraganda ancha oson. Mashhur filolog, poliglot Evgeniy Mixaylovich Chernyavskiy 5 6 Yurtga kelgan mehmonlar til biluvchi yoshlargahavas qilishsin, ammo sof o‘zbekcha so‘zlovchi o‘zbekni topolmay, hayron qolmasin. Xoliyor Safarov, Jurnalist Manba: https://uza.uz/uz/posts/ona-tilim-lmaydi-21-10-2020 Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling