Jahon tarixi
|
ko‘rsatdi. Oqibatda 1979-yilda o‘tkazilgan parlament saylovida bu partiya
mag‘lubiyatga uchradi. G‘alaba qozongan Konservatorlar partiyasi o‘z lideri M. Tetcher boshchiligida yangi hukumat tuzdi. Konservatorlar surunkasiga 18 yil davomida hokimiyat tepasida turdilar. 1979—1990-yillar oralig‘idagi 11 yil Buyuk Britaniya tarixiga «Margaret Tetcher davri» nomi bilan kirgan. U Buyuk Britaniya va dunyoda katta obro‘ qozondi. Uning dasturi «tetcherizm» nomi bilan atalgan. Bu termin mohiyatini quyidagi qoidalar tashkil etdi: a) iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi xususiy tadbirkorlikdir. Shunga ko‘ra hokimiyat siyosiy yo‘lining asosi: erkinlik, imkoniyat hamma uchun, tadbirkorlik ruhini qo‘llab-quvvatlash, xususiy mulkchilarga demokratiya bo‘lishi kerak; b) davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi eng kam darajada bo‘lishi lozim. U xususiy tashabbuslarni aslo bo‘g‘masligi kerak; d) barcha mehnatga qobiliyatli kishilar o‘zini o‘zi ta’minlasin. O‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda mehnatga qobiliyatsizlarga esa davlat va xayriya tashkilotlari yordam ko‘rsatadi; www.ziyouz.com kutubxonasi 189 e) kamomadsiz budjet bo‘lishi kerak; uning muhim qismini soliqlar tashkil etadi; f) kasaba uyushmalari mehnatkashlar manfaatlarini qonuniy vositalar bilan himoya qilishga haqli. Biroq bunda boshqalar manfa- atlariga zarar yetkazilmasligi lozim; jamiyatga zarar yetkazuvchi ish tashlashlar cheklanishi darkor. Xo‘sh, M. Tetcher qanday qilib katta obro‘ qozona oldi? Konservatorlar saylovgacha «To‘g‘ri yon- dashuv» deb atalgan dastur ishlab chiqdilar. Unda Buyuk Britaniyaning qudratini tiklash, iqtisodiy tanglik va inflatsiyani tugatish asosiy vazifa qilib qo‘yildi. Bu dasturni amalga oshirish hukumatdan qat’iylik bilan harakat qilishni talab etar edi. M. Tetcher shunday qildi ham. U davlat budjeti tanqisligiga yo‘l qo‘yib bo‘lsa ham keng ijtimoiy tadbirlarni zarur mablag‘ bilan ta’minlashdan voz kechdi. Muomalada ortiqcha naqd pulning bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rdi. Buning uchun budjet xarajatlari qisqartirildi. Shu tufayli inflatsiyaning pasayishi hamda iqtisodga ko‘proq sarmoya sarflash uchun sharoit yaratildi. Natijada ishlab chiqarishni o‘stirish borasida sakrash ro‘y berishiga erishildi. Mehnat unumdorligi bo‘yicha Yevropada birinchi o‘ringa chiqildi. Hukumat kam samarali va zarar ko‘rib ishlovchi korxonalarni saqlab turish uchun mablag‘ ajratishni to‘xtatdi. Davlat mulkini xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu tadbir davlat budjetiga 28 mlrd f. s. olib keldi. Millionlab fuqarolar firma va korxonalarning aksiyadorlariga aylandi. Katta yoshdagi aholining 25 foizi turli aksiyalarga ega bo‘ldi. Davlat uy-joy fondi ham sotildi. Natijada 1,1 mln oila imtiyozli ravishda turarjoy sotib olishga erishdi. 1990-yilga kelib 65 foiz oila o‘zining shaxsiy uy-joyiga ega bo‘ldi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin qisqartirildi. Soliqlarni oshirish va tejamkorlik hisobiga kamomadsiz budjet shakllantirildi. Mamlakat aholisining uchdan ikki qismi o‘rta tabaqaga aylandi. Ijtimoiy ta’minot unga haqiqatan ham muhtoj bo‘lganlar uchun joriy etildi. 80-yillarda 2,5 mln yangi ishchi o‘rni vujudga keltirildi. Ishsizlar soni keskin kamaydi. Bu omillarning barchasi, o‘z navbatida, 1983, 1987 va 1991-yillardagi parlament saylovlarida konservatorlar partiyasining g‘alabasini va ularning uzluksiz 18 yil davomida hukumatni boshqarishlarini ta’minladi. Biroq 90-yillarda vaziyat o‘zgardi. Kamomadsiz budjetni uzoq vaqt ushlab turib bo‘lmadi. Inflatsiya va ishsizlik yana kuchaydi. Hukumat daromadidan qat’i nazar 18 yoshdan yuqori barcha fuqarolarni soliqqa tortish yo‘li bilan M. Tetcher. www.ziyouz.com kutubxonasi 190 vaziyatdan chiqmoqchi bo‘ldi. Bu esa ommaviy norozilikni keltirib chiqardi. Shunday sharoitda M. Tetcher o‘z xohishi bilan iste’foga chiqdi. Yangi bosh vazir J. Meyjor bunday soliqni bekor qildi. U «Teng imkoniyatlar jamiyati» barpo etish dasturini ilgari surdi. Biroq bundan ko‘zlangan maqsadga erishilmadi. 1997-yilgi va 2001-yilgi parlament saylovida Ley- boristlar partiyasi g‘alaba qozondi. Toni Bler boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Leyboristlar hukumati qiyin siyosiy muammolarga duch keldi. Shotlandiya va Uels mahalliy millatchilari 1997—1998-yillarda o‘z parlamentlarini tuzdilar va muxtoriyat e’lon qildilar. Irlandiya muammosi yana murakkablashdi. Katoliklar va protestantlar- ning to‘qnashuvi davom etdi. 1998-yilda leyboristlar hukumati tomonlar o‘rtasidagi munosabatni birmuncha bo‘lsa-da, kelishtirishga erishdi. Biroq 2001-yilda vaziyat yana keskinlashdi. 2005-yilgi saylovlarda Toni Bler yana g‘alaba qildi. Ammo vaziyat keskinlashib, 2007-yil iyunda u o‘z o‘rnini Gordon Braunga bo‘shatishga majbur bo‘ldi. Buyuk Britaniya jahon siyosatini belgilashda uzoq yillar davomida bosh rolni o‘ynab keldi. Ikkin- chi jahon urushidan keyin esa ahvol o‘zgardi. Endi birinchilik AQSHga o‘tdi. Buyuk Britaniyaning dunyo siyosatidagi o‘rni alohida 3 yo‘nalishda bajargan vazifasi bilan belgilanadigan bo‘ldi. Birinchidan, u xalqaro may- donda AQSH ning asosiy ittifoqchisiga aylandi va shu maqomda dunyoning muhim muammolarini hal etishda qatnashdi. Ikkinchidan, G‘arbning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lib qolaverdi. Uchinchidan, hamdo‘stlik mam- lakatlari boshlig‘i edi. Buyuk Britaniya birdaniga AQSHning asosiy ittifoqchisiga aylanib qolgani yo‘q. AQSH — SSSR munosabatlari keskinlashib borayotgan bir davrda Buyuk Britaniya bilan ittifoqchilik munosabati o‘rnatish AQSH uchun ham zarur edi. 1945-yilda ingliz — amerika moliya shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, AQSH Buyuk Britaniyaga 5 yil davomida 4,4 mlrd dollar qarz beradigan bo‘ldi. Buning evaziga Buyuk Britaniya AQSH tovarlari uchun boj miqdorini kamaytiradi. Natijada ingliz bozorlarida ham AQSH mavqeyi kuchaydi. Buyuk Britaniyaga «Marshall rejasi» ga ko‘ra ham katta miqdorda yordam ko‘rsatildi. Mustamlakalarda boshlangan milliy-ozodlik harakati mamlakat hukmron doiralarini tashvishga solib qo‘ydi. Endi Buyuk Britaniya sobiq mustamlakalariga birin-ketin mustaqillik berishga majbur bo‘ldi. 1949-yilda NATOni tashkil etishda faol qatnashdi. Germaniya muammosi masalalarida AQSH bilan birgalikda hamkorlik qildi. 1950-yilgi Koreya urushida AQSH tarafida turib urushda qatnashdi. Buyuk Britaniya hududida AQSH harbiy bazasi vujudga keltirildi. 1954-yilda GFRni qurollantirish va uni NATOga tortish to‘g‘risida imzolangan Parij va London bitimlarining tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi. 1957-yilda o‘z hududiga AQSHning o‘rta masofaga uchuvchi raketalarini joylashtirishga ruxsat berdi. Shu yilning 15-mayida vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi. Tashqi siyosat www.ziyouz.com kutubxonasi 191 60-yillarning boshlariga kelib mustamlakachilik imperiyasi quladi. Bu hodisa Buyuk Britaniya oldiga Yevropa integratsiyasida ishtirok etish masalasini qo‘ydi. Buyuk Britaniya ayni paytda 1963-yilda yadro qurollari sinovini qisman taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani ishlab chiqishda qatnashdi. AQSHning Vetnamga qarshi urushini qo‘llab-quvvatladi. 1966-yilda Buyuk Britaniya Avstraliya, Yangi Zelandiya, Malayziya va Singapur bilan birlashgan qurolli kuchlarni — ANZYUS (Osiyo — Tinch okean kengashi) ni tuzish to‘g‘risida bitim imzoladi. 1971-yilda «Umumiy bozor» ga kirish shartlari haqida bitim imzolandi. 1973-yilda esa uning a’zoligiga qabul qilindi. Ayni paytda AQSH va Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan yaxshi munosabatni saqlab qoldi. Jahon iqtisodi va siyosatida ilgarigidan kattaroq rol o‘ynay boshladi. Buyuk Britaniya quruqlikda, dengizda va havoda foydalanishga imkon beradigan strategik qurolga ega bo‘lishga intildi va bunga erishdi ham. M. Tetcher davrida AQSH bilan ittifoqchilik munosabatlarini kuchaytirishga har qachongidan ham katta e’tibor berildi. NATO oldidagi majburiyatlariga sodiq qoldi. Buyuk Britaniya manfaatlariga tahdid soluvchi davlatlararo muammolarda o‘ta keskinlik bilan harakat qildi. Masalan, 1982-yilning may oyida Argentina o‘z qo‘shinini Janubiy Atlantikadagi Maklend oroliga tushirganida shunday qilindi. Bu orol asli Argentinaga qarashli bo‘lib, bir vaqtlar Buyuk Britaniya uni o‘z imperiyasi tarkibiga qo‘shib olgan edi. Buyuk Britaniya orolga o‘z qurolli kuchlarini yubordi va u yerda bayrog‘ini qayta tikladi. M. Tetcher Yevropada mamlakatning rahbarlik rolini tiklashga zo‘r berib harakat qildi. «Umumiy bozor» da deyarli har bir masalada o‘zining alohida fikriga ega bo‘ldi. Chunonchi, Yevropada yagona pul birligi (yevro)ni joriy etishga qarshilik bildirdi. J. Meyjor hukumati AQSH ning Iroqqa qarshi harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatladi va unda Buyuk Britaniya ham ishtirok etdi. 1991-yilda Buyuk Britaniyaning Maastrix shartnomasiga qo‘shilishi bu davlat tashqi siyosatida Yevropa muammolarini birgalikda hal etish tomon jiddiy o‘zgarish yuz berganligining isboti bo‘ldi. 2002-yildagi AQSHning Afg‘onistonga urushida qatnashdi. AQSH bilan birgalikda Iroqqa o‘z qo‘shinlarini yubordi. Terrorizmga qarshi kurashdi. Bunga javoban 2005-yil iyunda Buyuk Britaniyada qator portlashlar o‘tkazildi. 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Politsiya nazorati kuchaytirildi. Bugungi kunda ham Buyuk Britaniya buyuk davlatlardan biri sifatida xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 1991-yilda Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatildi. 1993-yilning 17— 19-iyun kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mamlakatimiz bilan, xalqimiz turmush tarzi bilan tanishdi. Samarqand shahrining tarixiy yodgorliklarini ziyorat qildi. Buyuk Britaniya — O‘zbekiston munosabatlari www.ziyouz.com kutubxonasi 192 Shu yilning 15-oktabrida esa Buyuk Britaniya tashqi va hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri D. Xog rasmiy tashrif bilan yurtimizga keldi. Muzokaralardan so‘ng ikki davlat o‘rtasida madaniyat va ta’lim sohasida hamkorlik bitimi imzolandi. Shuningdek, ikkiyoqlama soliq olmaslik to‘g‘risida ham kelishuvga erishildi. 22—25-noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov Buyuk Britaniyaga rasmiy amaliy tashrif bilan bordi. Mamlakat qirolichasi Yelizaveta II, shuningdek, bosh vazir J. Meyjor bilan uchrashdi. Safar chog‘ida o‘zaro iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida shartnoma, o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida hamda ikki davlat o‘rtasida havo yo‘li ochish haqida bitimlar imzolandi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mamlakatimizda oltin qazib olish korxonalarini qurish uchun 150 mln dollar ajratishga qaror qildi. Mashhur «Lonro» kompaniyasi bilan bitim tuzildi. Bulardan tashqari, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi haqida ham hujjat imzolandi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 50 dan ortiq Buyuk Britaniya va O‘zbekiston qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 1997-yildan O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning RJ-85 samolyotlarini sotib ola boshladi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Ikkinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari nimalardan iborat bo‘ldi? 2. Leyboristlarning «Kelajakka boqish» dasturining mazmuni haqida nimalarni bilib oldingiz? 3. Britaniya mustamlakachilik imperiyasi yemirilmasligi mumkin edimi? 4. Nega leyboristlar konservatorlar hukumatini boshqargan 1951—1964- yillar oralig‘idagi davrni «Bekor o‘tgan 13 yil» deb atadilar? 5. «Narx-navo va daromadlar siyosati»ning mazmunini tushuntirib bering. 6. Shimoliy Irlandiya muammosi haqida nimalarni bilib oldingiz? 7. «Tetcherizm» ning mazmunini izohlab bering. 8. M. Tetcher davrida ichki siyosatda qanday o‘zgarishlar yuz berdi? 9. Buyuk Britaniya tashqi siyosatidagi 3 yo‘nalish haqida so‘zlab bering. 10.Buyuk Britaniya va AQSH munosabatlarida o‘ziga xoslik nimalardan iborat? 11.Vaqtli nashrlardan Buyuk Britaniya — O‘zbekiston munosabatlariga doir ma’lumotlarni to‘plang. JADVALNI TO‘LDIRING. BUYUK BRITANIYA BOSH VAZIRLARI FAOLIYATI i m s i g n i n r i z a v h s o B i f i r a h s n a g r u t a d t a y i m i k o H i r a l l i y i t a y i l o a f a v i r u t s a D ? www.ziyouz.com kutubxonasi 193 21-§. Fransiya Ikkinchi jahon urushi Fransiyaga juda katta talafot yetkazdi. Okkupatsiya natijasida 1875-yilda tuzilgan Uchinchi Respublika barham topdi. Moddiy tala- fot 1440 mlrd frankni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi daromadga nisbatan 62 foiz, qishloq xo‘jaligi esa 50 foiz kamaydi. Frankning qiymati 6 baravar pasaydi. 100 mingdan ortiq mayda sanoat va savdo korxonalari sindi. Ishsizlar soni 600 mingdan ortdi. Fransiya mustamlakachilik imperiyasi barham topa bordi. Hindixitoy uning nazoratidan chiqdi. Suriya va Livan mustaqillikka erishdi. Fransiya shu darajada kuchsizlangan ediki, u hatto o‘z mustaqilligini o‘zi tiklashga ham qodir emas edi. Uning mustaqilligi AQSH va Buyuk Britaniya tomoni- dan tiklandi. Mamlakat iqtisodiyoti AQSH ko‘rsatadigan yordamga bog‘liq bo‘lib qoldi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi Fransiya tarixi quyidagi 3 davrga bo‘linadi. 1. Vaqtinchalik rejim davri (1944-yil sentabr — 1946-yillar). 2. To‘rtinchi Respublika davri (1946—1958). 3. Beshinchi Respublika (1958-yildan hozirgi kungacha) davri. Vaqtinchalik rejim davri Fransiya mustaqilligi tiklanganidan to mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinguncha davom etgan. Bu davrda mamlakatni general Sharl de Goll boshchiligidagi muvaqqat hukumat boshqardi. Sharl de Goll «Ozod Fransiya» tashkilotining rahbari edi. 1945-yilning oktabr oyida mamlakat yangi Konstitutsiyasini tayyorlovchi Ta’sis Majlisiga saylov o‘tkazildi. Saylovda asosan 3 ta siyosiy partiya (Fransiya Kommunistik Partiyasi, Fransiya Sotsialistik Partiyasi va Xalq Respublikachilar Partiyasi) eng ko‘p ovoz oldi. Yangi tuzilgan hukumatni yana de Goll boshqardi. Yangi Konstitutsiya loyihasi atrofida keskin kurash boshlandi. Har uchala siyosiy partiya ham Fransiyaning parlament respublikasi bo‘lishi tarafdorlari edi. Sharl de Goll esa AQSH namunasidagi prezidentlik respublikasi uchun kurashdi. Biroq uning maqsadi amalga oshmadi. Bunga javoban u iste’foga chiqdi. Va, nihoyat, 1946-yilning 13-oktabrida mamlakat yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Dekabr oyida esa kuchga kirdi. Shu tariqa Fransiyada To‘rtinchi Respublika vujudga keldi. To‘rtinchi Respublika davrida mamlakatni huku- mat boshqardi. Hukumat mamlakat iqtisodiyotini tiklash va uni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berdi. 1948-yilning o‘rtalarida sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajasiga yetdi. Bu hol 1949-yilda iste’mol tovarlari taqsimoti tizimini bekor qilishga imkon berdi. Iqtisodiy rivojlanishning samarali choralaridan To‘rtinchi Respublikaning qaror topishi To‘rtinchi Respublikaning ichki va tashqi siyosati Ikkinchi jahon urushining Fransiya uchun oqibatlari 13 — Jahon tarixi www.ziyouz.com kutubxonasi 194 biri milliylashtirishdir, deb o‘ylagan hukumat xususiy mulk egalaridan bir yirik korxonalarni va butun-butun sohalarni sotib oldi. Elektr stansiyalar, ko‘mir konlari, aviatsiya va sug‘urta kompaniyalari, Reno avtomobil zavodi va boshqalar shular jumlasidan edi. Biroq ishlab chiqarish o‘sishi sur’ati GFR va Italiyaga nisbatan past bo‘ldi. Fransiya tashqi siyosatida Yevropa integratsiyasi masalasi katta o‘rin tutdi. U NATOga a’zo bo‘lib kirdi. Fransiyaning tashabbusi bilan 1951-yilda «Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati» ga dastlabki qadam qo‘yildi. 1952-yilda Parijda «Yevropa mudofaa hamkorligi» haqida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma amalda GFRni qayta qurollantirish uchun yo‘l ochdi. 1955-yilda GFR NATOga qabul qilingach, bunga javoban SSSR 1944-yilda imzolangan sovet—fransiya shartnomasini bekor qildi. Ayni paytda Fransiya o‘z tashqi siyosatida mustamlakachilik urushlarini davom ettirdi. Bu — Fransiya hukmron doiralari milliy-ozodlik harakati qudratini to‘g‘ri baholay olmaganligining oqibati bo‘ldi. Shuning uchun ham uni kuch bilan bostirishga urindilar. Chunonchi, 1946-yilning dekabr oyida o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Vetnamga qarshi mustamlakachilik urushini boshladilar. 8 yil davom etgan bu urush 1954-yilda Fransiyaning mag‘lubiyati bilan tugadi. Shu yili Jazoir xalqining milliy-ozodlik harakatini qonga botirish maqsadida urush harakatlarini boshladi. Jazoir amalda Fransiyaning okean orti o‘lkasiga aylantirilgan edi. Bu yerda 1 mln fransuz yashardi. Ular eng yaxshi yerlarga egalik qilardi. Jazoirlik fransuzlar bu mamlakatga mustaqillik berishga mutlaqo qarshi edilar. Qulayotgan Fransiya mustamlakachi imperiyasini saqlab qolish tarafdorlarining barchasi ular atrofiga to‘planishdi. Jazoirlik fransuzlarni Fransiyaning 1956-yilda Marokko va Tunisga mustaqillik berishga majbur bo‘lganligi ham tashvishlantirib qo‘ygan edi. 1954-yilda boshlangan urush — Jazoir xalqi ozodlik kurashiga qarshi urush — eng qonli va shafqatsiz urush bo‘ldi. Ayni paytda urush mamlakat xazinasi bo‘shab qolishiga olib keldi. Shunday sharoitda Jazoirdagi fransuz harbiylari va mustamlakachi fanatiklar davlat to‘ntarishini amalga oshirish maqsadida isyon boshladi. Jazoirdagi fransuz armiyasi 250 ming kishini tashkil etardi. Isyonchilar de Gollni hokimiyatga qaytarishni talab etdilar. Ularning fikricha, de Goll Jazoir- ning Fransiyaga qaramligini saqlab qolishga qodir yagona shaxs edi. Fransiyaning boshqa aholisi uchun esa de Goll Fransiyani harbiy diktaturadan saqlab qoluvchi yagona shaxs edi. Sharl de Goll hokimiyatga qaytish uchun o‘ziga favqulodda vakolatlar berilishi hamda konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazishga ruxsat etilishi shartlarini qo‘ydi. Fransiya Milliy Majlisi (parlamenti) bu shartlarga rozi bo‘ldi va 1958-yilning 1-iyunida de Goll hokimiyatni egalladi. Shundan so‘ng Milliy Majlis o‘z faoliyatini tugatdi. Shu tariqa To‘rtinchi Respublika ham barham topdi. www.ziyouz.com kutubxonasi 195 1958-yilning 28-sentabrida Fransiyada yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Bu — Fransiya tarixida Beshinchi Respublikaning vujudga kelishi ham edi. 21-dekabr kuni de Goll Prezident etib saylandi. Yangi Konstitutsiya parlament huquqlarini chekladi va, aksincha, Prezident vakolatlarini kengaytirdi. Fransiya prezidentlik Respublikasiga aylandi. Butun hokimiyat deyarli Prezident qo‘lida to‘plandi. U davlat hamda ijrochi hokimiyat boshlig‘i, Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni ham edi. Prezident parlament qabul qilgan qonunlarni tasdiqlash va parlamentni tarqatib yuborib, yangi saylov belgilash huquqiga ega edi. Muhim masalalarni va o‘zi lozim topgan qonunlarni referendumga qo‘ya olardi. Ichki va tashqi siyosatga shaxsan rahbarlik qilar edi. Shunday qilib, mamlakatda de Gollning shaxsiy hokimiyati o‘rnatildi va u o‘z oldiga Fransiyani tiklash vazifasini qo‘ydi. Shu maqsadda mamlakat iqtisodini modernizatsiyalash amalga oshirildi. Ilmiy-texnika inqilobi yutuqlari keng joriy etildi. Sanoatning yangi tarmoqlari — atom, radio elektronika, kosmik texnologiya va raketa qurilishi vujudga keltirildi. Modernizatsiyalash jadal sur’atlarda o‘tkazildi va u 60-yillarda nihoyasiga yetkazildi. Oqibatda Fransiya zamonaviy industrial davlatga aylandi. Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Buyuk Britaniyani ortda qoldirib, jahonda 5-o‘rinni mustahkam egalladi. Eksport ko‘paydi. Bu unga 60-yillarning o‘rtalariga kelib barcha qarzlaridan qutulish va qarz beruvchi davlatga aylanish imkonini berdi. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash ham nihoyasiga yetdi. Fransiya dehqonlari fermerlarga aylandilar. Mamlakat G‘arbiy Yevropada oziq-ovqat mahsulotlari eksporti bo‘yicha eng yetakchi davlatga aylandi. Tashqi siyosatda 3 asosiy vazifa qo‘yildi. Ularning birinchisi Fransiyaning buyukligini tiklash, ikkinchisi — mamlakat mustaqilligini mustahkamlash va, nihoyat, uchinchisi — AQSHning Yevropadagi ta’sirini mumkin qadar bo‘shashtirish edi. De Goll 1960-yilda Fransiyani yadroviy davlatga aylantirish orqali uning mudofaa qudratini oshirdi. Ayni paytda mustamlakalarga mus- taqillik berish yo‘lidan bordi. 1960-yilda Afrikadagi mustamlakalarga siyosiy mustaqillik berildi. Bu qit’a xaritasida 14 ta yangi davlat vujudga keldi. De Goll Jazoirni bundan buyon itoatda tutib turish mumkin emasligini tushunib yetdi. Shuning uchun ham Jazoir Milliy Ozodlik fronti bilan muzokara boshladi. Uning bu yo‘li o‘ta mustamlakachi kuchlar qarshiligiga uchradi. Biroq Fransiya armiyasi De Gollga sodiq qoldi. Natijada armiyada isyon boshlashga urinish barbod bo‘ldi. 1962-yilning 18-martida Jazoirga mustaqillik berish haqida bitim imzolandi. De Goll AQSHning Vetnamdagi agressiyasini qoraladi. 1966- yilda Fransiyani NATOning harbiy tashkilotidan chiqardi. AQSHning Fransiya hududidagi harbiy bazasini tugatishga erishdi. YEIHga Buyuk Beshinchi Respublikaning ichki va tashqi siyosati www.ziyouz.com kutubxonasi 196 Britaniyaning a’zo qilinishiga qarshi chiqdi. Chunki de Goll Buyuk Britaniyani Yevropada AQSH ta’sirini o‘tkazuvchi vosita, deb hisoblardi. GFR bilan yaqinlashish yo‘lini tutganning dushmani bo‘lib qolaverdi. 1968-yilning may oyida mamlakatda siyosiy inqiroz yuz berdi. Inqiroz Parij talabalarining na- moyishidan boshlandi. 7-may kuni talabalar ta’lim tizimini tubdan qayta qurish, ta’lim tizimi xarajatlarini oshirish va stipendiyalarni to‘lash talabi bilan namoyishga chiqqan edilar. Kasaba uyushmalari talabalarni qo‘llab- quvvatladi. Talabalar universitet binosini egallab oldilar. O‘ta radikal va o‘ta so‘l kuchlar esa talabalarni Yelisey saroyini ham egallab olish uchun gij-gijlay boshladilar. Oqibatda hukumat namoyishchilarga qarshi kuch ishlatdi. 3 mingdan ortiq talaba yarador qilindi va hibsga olindi. 13-may kuni esa yuz minglab parijliklar de Goll tartibiga qarshi namoyish o‘tkazdilar. Mamlakatda 4 hafta davom etgan umumiy ish tashlashlar boshlandi. Ularda qariyb 10 mln kishi ishtirok etdi. Hukumat kasaba uyushmalarining ish haqi, nafaqalarni oshirish, ish Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling