Jahon tarixi va arxeologiya
Download 2.56 Mb.
|
Arxeologiya asoslari fanidan ( O\'quv-majmua )
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xuziston viloyati
- Bendebal
- Ya.G’ulomov, A.Asqarov, O’.Islomov
- Kaptarqum va Kattatuzkon manzillari
Sialktepa manzilgohi 3 ga maydonni tashkil etib, bir nech bosqichdan iborat va o’ziga xos madaniyatni hosil qilgan (Sialk I). Tehron vohasida aynan shu madaniyatga xos, juda ko’p va qiziqarli ashyolarni o’zida jam qilgan Ray shahri yaqinida Chashma Ali manzilgohi topib o’rganilgan (Sialk III). Markaziy Eronning katta hududida, Qum shahridan Sialk II bosqichiga xos Qalai Duxtar manzilgohi topib o’rganilgan. Ularning hammasida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida rangli sopol buyumlari, turli xil mis va jezdan yasalgan qurollar, paxsa va xom g’ishtdan qilingan ko’p xonali uylar, tosh qurollari topilgan. Uylarning asosi xom g’ishtdan qilinib devori paxsadan iborat bo’lgan, pol qismi ham ba‘zi hollarda xom g’ishtdan iborat bo’lgan, devorlari esa loy bilan suvalib qizil rang bilan bo’yalgan.
Sialk manzilgohida bevosita XX asrning 60-yillarida qazuv ishlrini olib borgan R.Girshmanning ta’kidiga ko’ra, sopol buyumlarini asosan maxsus xumdonlarda pishirishgan. Ular asosan geometrik shakldagi naqshlar bilan bezatilgan, ayrim hollarda esa echki tasviri ko’zga tashlanadi. Hozirgi Xuziston viloyatida, Diza yoki Abi-Diza daryosi irmoqlari bo’yida 1,5-2 ga maydonga ega ko’plab manzilgohlar joylashgan. Ular Eronning Suza madaniyatiga xos bo’lgan eneolit davri yodgorliklaridir. Bu protoelam yoki suza kompleksi nomini olgan manzilgohlarga Jafarobod, Jovi va Bendebalni kiritish mumkin. Jovida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida mis buyumlari topilmagan bo’lsa-da, ko’plab sopol buyumlari, tosh qurollar, ho’kiz, echki va qo’y, ba‘zan ayol haykalchalari topilgan. Tosh bolta va motigani bitum bilan mahkamlanganligini ko’rish mumkin. Sopol buyumlarning zoomorf va antromorflar belgilar uchraydi. Bendebal kompleksidagi sopol buyumlarining katta qismida hayvonlarning tasviri tushirilgan. O’zbekistonda eneolit yodgorliklar yaxshi o’rganilgan. Arxeolog S.P. Tolstov Quyi Amudaryo etaklarida neolitdan mis-tosh davriga o’tish davrini aniqlagan. Quyi Zarafshon vohasining qadimgi eneolit makonlari arxeologlar Ya.G’ulomov, A.Asqarov, O’.Islomovlar tomonidan o’rganilgan. Arxeolog olimlarning fikricha Buxoro viloyatining Lavlakon va Beshbuloq qishloqlarida, Zamonbobo I qabristonidan topilgan moddiy manbalar eneolit davriga oiddir. Bu makondan chaqmoqtosh qurollar bilan birga misdan yasalgan ignalar, munchoqlar ham topilgan. Quyi Zarafshonning Kaptarqum va Kattatuzkon manzillarida to’rt joydan eneolit yodgorliklari topilgan. Bu yerdan toshdan ishlangan yorg’uchoq-lar, o’roq pichoqlar, pichoq qadamalar bilan birga misdan ishlangan qurol siniqlari qazib olingan. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling