Jahon tarixi va arxeologiya
Download 2.56 Mb.
|
Arxeologiya asoslari fanidan ( O\'quv-majmua )
- Bu sahifa navigatsiya:
- QARSHI – 2009
- ARXEOLOGIYA ASOSLARI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI “Tasdiqlayman” Tarix fakulteti dekani ______ dots. B.Saidov 28 avgust 2009 yil TARIX FAKULTETI 5220200 YO’NALISHI BO’YICHA “JAHON TARIXI VA ARXEOLOGIYA” KAFEDRASI FANI BO’YICHA QARSHI – 2009 Tuzuvchi: t.f.n. N.N. Rajabova Ishchi dasturi “Jahon tarixi va arxeologiya” kafedrasi yig’ilishida (bayonnoma № 1, 29 avgust 2009 y.) hamda Tarix fakulteti uslubiy komissiyasi tomonidan ko’rib chiqilib, o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan. Kafedra mudiri: dots. O.Bo’riyev ARXEOLOGIYA ASOSLARI fanidan o'quv dasturi 5220200 - Tarix yo'nalishi 1-kurs (kunduzgi) 1-semestr Jami: 74 soat Ma'ruza: 30 soat Seminar: 44 soat
Muqaddima Tarixni yoritishda va o'rganishda arxeologlar olib borgan tadqiqot ishlarining ahamiyati juda kattadir. So'nggi yillar ichida jahonning, jumladan O'rta Osiyoning turli hududlarida ko'plab arxeologik kashfiyotlar qilinib, muhim ma'lumotlar to'plandi. Olimlar tomonidan topib tekshirilgan bu yangi ashyolar eng qadimgi va o'rta asrlar tarixi haqidagi bilimlarni kengaytiradi. Mazkur manba va ashyolar jahon tarixining qadimgi davr siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlari haqida to'laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi. Jahonda ibtidoiy odamlar tarqalishi jarayonidan boshlab, xalqlarning tarixida turli xil murakkab voqealar sodir bo'lgan. Ular ibtidoiy to'da davri, ibtidoiy xo'jaliklari va mehnat qurollari, urug'chilik tuzumining vujudga kelishi, xo'jalikning ishlab chiqarish shakllariga o'tilishi, binokorlik va hunarmandchilikning rivojlanishi, ishlab chiqarishda metallning ishlatila boshlanishi, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi, antik davri, o'rta asrlar me'morchiligi va moddiy madaniyatining rivojlanishi bilan birga boshqa ko'pdan-ko'p voqealar bilan bog'liq. Talabalar jahonning qadimgi tarixini o'rganishda qimmatli arxeologik manbalarga e'tibor berishlari lozim. O'rta Osiyo, jumladan O’zbekistonda tekshirilgan barcha turdagi arxeologik yodgorliklar va ularda topilgan moddiy manbalar, insoniyat toshdan yasagan oddiy qo'pol cho'qmordan boshlab, uzluksiz mehnat natijasida yuksak madaniyat darajasiga yetib kelishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradilar. Ushbu kursning asosiy maqsadi - tariximizning muhim voqealarini o'rganishda arxeologik manbalarni ahamiyatini ko'satish, O'rta Osiyo, jumladan O'zbekiston hududida yashab o'tgan ibtidoiy odamlar, qadimgi qabilalar va xalqlarning tarixini va madaniy taraqqiyotidagi o'ziga xos tomonlari va xususiyatlarini ko'rsatib berishdir. Mazkur kurs arxeolog va tarixchi mutaxassislarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling