«jahon tarixi va manbashunoslik»


Maktab muzeyi sohasini tanlash


Download 0.7 Mb.
bet104/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

2. Maktab muzeyi sohasini tanlash

Maktab muzeyi sohasini tanlab olishda maktab yoshlar tashkilotlari va o`qituvchilar jamoasi hamda ota-onalar qo`mitasi uning g`oyaviy-siyosiy va ta`lim-tarbiyaviy vazifalarini hisobga olishlari kerak.

Maktab muzeyiga asosiy soha qilib madaniyat obidalari va tarixiy-revolyutsion joylar tanlab olinsa maqsadga muvofiq bo`ladi.

Bunda bevosita yuqorida ta`kidlab o`tilganidek, o`z o`lkasidagi mavjud tarixiy, moddiy va ma`naviy yodgorliklarni qidirib, u erlardan muzey uchun yaroqli bo`lgan arxeologiya, etnografiya, toponimikaga oid topilmalarni muzey fondiga topshirish va shu yo`l bilan eksponatlar sonini ko`paytirish mumkin.

Bunda o`lkashunos rahbar-O`qituvchi ma`lum hududni tanlab olishi va tadqiqot olib boradigan qishloq, tuman, shahar yoki mikrotumanlarni aniq chegaralab qo`yishi zarur. Ayrim hollarda maktab muzeyi faqat maktab tarixini o`rganish bilangina chegaralanib qoladi. Bunda, albatta, maktab mikrouchastkasining qadimgi hayoti, arxeologiyasi, etnografiyasi va toponimikasiga oid materiallari bilan ham qiziqish kerak. SHu bilan birga o`sha hududda yashab mehnat qilgan, hozirda ham ishlab turgan xalq qahramonlarining va mehnat qaxramonlarining, grajdanlar urushida va Ulug` Vatan urushida qatnashgan kishilarning faoliyatiga oid materiallar muzey fondlaridan joy olishi lozim.

Muzeyning xronologik davri yoki ramkasi ham har xil bo`lishi mumkin. Muzey o`rganish ob`ekti qilib olgan Hududning ang qadimgi davrdan to 1917 yilgacha bo`lgan davrini o`rganish ham mumkin yoki undan keyingi davrdan to hozirgi kungacha bo`lgan davrini o`rganish ham mumkin. Juda ko`pchilik maktablar o`lkashunoslik sohasini tanlab to`g`ri qiladi. Bu narsa, birinchidan, maktab muzeyini tashkil etishda va turli-tuman materiallar to`plashda qulaylik tug`dirsa, ikkinchidan, bu sohada muzey uchun istalganicha o`quvchilarning bevosita yordamida o`z o`lkalarining madaniyat tarixini, ya`ni arxeologiyasi, etnografiyasi, toponimikasi va arxiv hujjatlarini yig`ish imkonini beradi. Uchinchidan, bu ishga o`quvchilarning xohishlari va istaklari katta bo`ladi. To`rtinchidan, u boshqa fanlar bilan, ya`ni tarih inson va jamiyat, geografiya, adabiyot, tilshunoslik fanlari bilan yaqin aloqada bo`ladi, bu esa muzey materiallarini ko`p mikdorda topishga imkon beradi.

Mabodo maktab sharoiti uchun qadimgi davrni o`rganish qiyinlik tug`dirgunday bo`lsa yoki material topilmasa, oshkoralik, demokratiya, tarixni ro`y-rost yoritish keng avj oldirilgan hozirgi davrni o`rganish va material to`plash, mana shular asosida muzei tashkil qilit ham mumkin.

SHunday qilib, maktabda tashkil etilgan tarix va o`lkashunoslik muzeyi va unga qo`yilgan eksponatlar maktab o`quv ta`lim-tarbiya talablariga to`liq. javob berishi kerak.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling