«jahon tarixi va manbashunoslik»
Maktab muzeyini tashkil etish
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
3. Maktab muzeyini tashkil etish
Maktab muzeyi yuqorida aytilgandek, avvalo yoshlar hamda o`qituvchilar jamoasining, o`qituvchilar va keng jamoatchilikning faol ishtirokida tashkil etiladi. Muzey tashkil etish uchun avvalo materiallar yig`ish, hujjatlar to`plash va ularni o`rganish zarur. Muzey tashkil etish ishining tashkilotchisi o`lkashunos-tarixchi o`qituvchi bo`lishi shart. Maktab o`lkashunosligini avvalo o`quvchilarning o`zlari tashkil etadi. SHuning uchun ham bu ish jamoatchilik asosida boshqariladi. Maktab muzeyini tashkil etish uchun avvalambor quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish lozim: muzey sohasi maktab o`qituvchilari majlisida muhokama qiliiib, unga rahbar tayinlanadi; muzey tashkil qilish masalasi yuqori sinf o`quvchilari yig`ilishlarida muhokama qilinadi. Yig`ilishlarda o`qituvchilar majlisida tayinlangan rahbar muzey tashkil qilish yuzasidan axborot beradi; o`quvchilar yig`ilishida muzey kengashi saylanadi. Ular vaqt-vaqti bilan muzey ishlari qanday borayotganligi haqida o`quvchilar yig`ilishida axborot berib turadi. Ko`pincha o`lkashunoslik to`garagi a`zolari bu ishning tashabbuskori bo`lishib, ular tarix va o`lkashunoslik bo`yicha tashkil qilingan sayohat va ilmiy safarlarda to`plangan kollektsiyalari, arxeologiya, etnografda, to ponimiyaga oid materiallarini maktab muzyoyiga eksponat sifatida topshiradilar. Bu materiallar muzey fondiga aylanadi. Muzey kengashi har yili saylanadi. Uning tarkibida 10—13 kishidan iborat faqat a`lo o`qiydigan va shu ishga juda qiziqadigan jamoatchi a`zolari bo`ladi. Bular o`rtasida ishlar quyidagicha taqsimlanadi: 1. Muzey kengashi raisi. U o`quvchining bevosita rahbarligida kengashning ish rejasini tuzadi, rejaga asosan ishlarni taqsim qiladi. Kengashning tashkiliy masalalarini hal qiladi, material to`plash, ekspozitsiya tuzish, muzeydagi navbatchilik jadvalini tuzish bilan bu ishlarning bajarilishini kuzatadi. 2. Muzeyning katta saqlovchisi. U muzeydagi barcha materiallar va eksponatlarning saqlanishiga va o`rni-O`rniga qo`yilishiga javob beradi. Muzey materiallarini hisobga olish daftari yuritadi va muzey materiallarining asl nusxalariga kartotekalar tuzadi. 3. Muzey kengashining kotibi. U sayohdtlar va ilmiy safar ishlarining yakuniga bag`ishlab o`tkaziladigan va muzeydagi barcha ishlar bo`yicha o`tkaziladigan yig`ilishlar qarorlarini muntazam yozib boradi. Barcha olib borilgan ishlarni hisobga olib boradi. 4. Muzey Kengashi a`zolari. Ular ekspozitsiya tuzishga, material to`plashga, ekspozitsiyalarni bezash ishlariga javobgar shaxslar tayinlaydi, fuqarolar urushi va 2- jahon urushi faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil qiladi va hokazolar. Bundan tashqari, Kengash a`zolari muzeyga materiallar yig`ish, ilmiy safar va sayoxdtlar uyushtirish, muzeyshunoslikka oid bo`lgan adabiyotlarni o`qish, jamoat o`lkashunosligi xodimlari va kollektsionerlar bilan suhbatlar, uchrashuvlar o`tkazish bo`yicha aniq reja tuzib chiqadilar. Muzey kengashi yaqinroqda joylashgan tuman yoki viloyat o`lkashunoslik muzeyi xodimlaridan ekspozitsiyalarni to`g`ri va ilmiy ravishda o`rganish va joylashtirishda muntazam maslahdt olib turishlari kerak. Maktab muzeyi o`zining asosiy fondida bo`lgan materiallar haqida o`lkashunoslik muzeylariga quyidagi shaklda ma`lumot berib turishi kerak: 1. Muzeydagi topilmalarning tartib raqami. 2. eksponatlarning inventar’ raqami. 3. Topilmalarning nomi. 4. Topilmaning topilgan joyi. 5. Topilmaning kim tomonidan topilib, muzeyga qachon topshirilgani. Muzey Kengashining asosiy vazifalaridan yana biri o`quvchilarning muzey ishiga doimiy faolligini oshirishdan, ya`ni material to`plash, ekspozitsiya tayyorlash, muzeyni bezash, navbatchilik qilish kabilardan iborat. Maktab muzey kengashi tarkibiga ota-onalar qo`mitasi a`zolaridan kiritish ham maqsadga muvofiqdir.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling