5. Sug`orishning kelib chiqishi
Xorazmda Kaltaminor, Tozabog`yop madaniyatlari izlari, Amudaryoning toshqin suvlaridan foydalanib yashagan xalqning madaniyatli ekanligi, bu erda va Moxondaryo xdvzasida toshqin suvlarni chuqur erlarga tortib tushirib, unda tariq, arpa, kunjut, qovoq, bug`doy etishtirilganligi ko`rinadi. Sug`orish kanallarining yo`nalishi o`sha ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odam yashagan erlar bilan bog`liq. Toshqin suvlar tartibga solinib, ular kanal holatiga keltirilganligi ma`lum bo`ldi.
Farg`ona kabi tog` soylari bilan bog`liq erlarda soylarning oyoqlarida toshib yotgan suvlarni boshqarish yo`li bidan dehqonchilik qilingan.
Eng eski dehqonchilik joylari ham avvalo shu toshqinlar atrofida vujudga kelgan. Demak, ibtidoiy jamoa odamlari kanal qurish usulini bilmaganlar. Faqat daryo toshqinlaridan hosil bo`lgan tabiiy suvlardan foydalanganlar. Xullas, asrimizning boshlarigacha butunlay qorong`i bo`lgan ibtidoiy jamoa davri faqat arxeologiya fanining yutuqlari natijasida birmuncha yoritildi. Ashel’ madaniyati davridan tortib to sinf va davlatlar vujudga kelguncha, to`g`rirog`i, O`rta Osiyoda ilk yozma tarixiy ma`lumotlar paydo bo`lgungacha o`tgan bir necha yuz ming yilni o`z ichiga olgan davrda o`lkamiz xalqlari dunyodagi hech bir xalqning ibtidoiy davr tarixidan qolishmaydigan boy tarixga ega ekanligi ma`lum bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |