Oqqo`yli — Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanidagi qishloq nomi. Oqqo`yli — urug` nomi. Qoraqo`yli nomlar ham mavjud.
Og`aliq — Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi qishloq va tog` nomlari. To`g`risi, Ohaklik bo`lgan. CHunki, bu tog`dan XIV — XV asrlarda Samarqandda jome` masjidi qurish uchun ohaktosh qazib olingan. SHu bilan birga og`alik degan ijtimoiy atama bo`lgan. Farg`ona vodiysida esa og`alik degan urug` (etnonim) qayd qilingan.
Afrosiyob — Samarqand shaxrining dastlabki nomi. Hozir arxeologiyaga oid kurikxona shu tepalikdan topilgan arxeologiyaga oid topilmalar Samarqandning yoshini aniqlashda asos bo`lib xizmat qiladi. Sug`dcha par siyov (par siyoh ob) — qora suv tepaligi degan ma`noni bildiradi. YA. G`. G`ulomovning fikricha, Solor, Kaykovus, Zolariq va Afrosiyob nomlari «SHohnoma» kitobi ta`siri ostida maydonga kelgan bo`lsa kerak.
Varaksar — Samarqand yaqinidagi Robotxoja qish-log`ining oldingi nomi. Bu so`z «varg», «bandivarg» shaklida Rudakiy asarlarida ham tilga olingan, Varaksar «to`g`on boshi» demakdir. Haqiqatan ham o`rta asrlardayoq bu qishloq yonida Zarafshonga to`g`on qurilib, daryo suvi uch tarmoqqa bo`lingan. Bu ariqlar keyinchalik Darg`om, Abbos va Qoraunus deb atalgan. YAqin vaqtlargacha Zarafshon vodiysidagi Barkbon shahri yaqinidagi Varakdex — To`g`on qishlog`i bo`lgan. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi.
SHunday qilib o`qituvchi keltirilgan tarixiy-geografik joylarning nomlari va toponimlaryga asoslanib, mazkur darsda Samarqand va uning vohasida juda ajoyib va turli-tuman nomlarning bir guruhinigina ko`rib chiqishga muvaffaq bo`linganini, o`quvchilar ham o`z jonajon maktabi, jamoa va davlat xo`jaligi, qishloq va tuman hududidagi nomlarning kelib chiqishi bilan qiziqishi hamda mana shunday toponimik ma`lumotlar yig`ishi zarurligi, bu esa ularga jonajon o`lka tarixini o`rganishda, mustaqil ijod qilishda olgan bilimlarini chuqurlashtirishda yaqindan yordam berishini ta`kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |