«jahon tarixi va manbashunoslik»


Xorazm viloyati toponimikasidan darsda foydalanish


Download 0.7 Mb.
bet80/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

5. Xorazm viloyati toponimikasidan darsda foydalanish

Xorazm O`rta Osiyodagi eng qadimgi madaniyat markazi serunum vohalardan biri. U hozir paxtachilik sohasidagi erishgan yutuqlari tufayli mash`al viloyatga aylandi. Uning tarixi zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da miloddan avvalgi IX — X asrlarda qayd etilgan.

Bu viloyat tarixi va uning toponimikasi haqida fikr yuritilganda o`quvchilarga, avvalo, «Xorazm» so`zining etimologiyasi haqida batafsil ma`lumot berish zarur.

O`qituvchi bir qator viloyatlar tarixi va uning tuman, qishloq va ovullari nomlarining kelib chiqish manbalari ustida to`xtalar ekan, Xorazm viloyati tumanlari, qishloq va ovullarining nomlari toponimikasiga ham batafsil to`xtalishi lozim. Masalan «XII —XIII asrlarda Xorazm davlatining kuchayishi» mavzusi quyidagi mavzuchalarga bo`lib o`rganilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Mavzu quyidagi reja asosida bayon etiladi:

a) Xorazmning kuchayishi;

b) Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy va xo`jalik hayoti;

v) Buxoro va Samarqanddagi qo`zg`olonlar. SHundan so`ng o`qituvchi Xorazm viloyati tashkil topgandan to hozirgi kunga qadar bosib o`tilgan tarixiy jatuman va uning kelajagi haqida qisqacha ma`lumotlar keltirib, viloyat va uning hududidagi jamoa xo`jaliklari, ovul, qishloq, tuman, shaharlar nomlarining kelib chiqishi haqidagi masalalarga batafsil to`xtalishi lozim.

Biz quyida O`zbekiston tarixi kursini o`qitish jatumanida Xorazm vohasi bo`yicha toponimikaga oid ma`lumotlardan qanday foydalanish mumkin? degan savolga javob berishni maqsad qilib qo`ydik. Toponimikaga oid ma`lumotlardan foydalanib o`tkaziladigan bir soatlik tarix darsining taxminiy rejasi keltiriladi.

Darsni tashkil qilish: a) sinfning darsga hozirligini kuzatish; b) o`quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

O`tgan mavzu: «Turkiy tilda so`zlashuvchi xalqlarning shakllanishi» degan mavzu yuzasidan o`quvchilarga beriladigan savollar: a) Xaritadan turkiy tilda so`zlashuvchi o`zbek xalqlarining dastlabki ajdodlari yashagan joylarni ko`rsating; b) Turkiy tilda so`zlashuvchi xalqlar ajdodlari shakllanishini necha bosqichga bo`lish mumkin? Har bir bosqichga ta`rif bering; v) o`zbek tilining dastlabki shakllanishi qaysi lahja va tillardan kelib chiqqan edi? g) IX XII asrlarda o`zbek xalqi va uning tilining shakllanish jatumani xususiyatlarini aniqlang; d) Tilning aniq shakllanishi qaysi tuman, shahar, voha va vodiylarda aniq sezilgan?

O`quvchilar yuqoridagi savollarga javob berganlaridan so`ng o`qituvchi ulardan Xorazmning qaysi hududlarida hozirgacha o`sha turkiy til elementlari saqlanib kelayotganligi va Xiva, Xo`jayli shaharlarining hamda Xorazm so`zi qanday ma`noni anglatishini so`raydi.

SHu savollarga olingan javoblar o`quvchilarning shahar tarixini va uning nomini o`rganishga bo`lgan qiziqishini orttiradi. Demak, o`qituvchi o`quvchi to`g`ri yorita Olmagan savollarni to`ldirib, o`tilgan mavzuni yangi mavzuga bog`laydi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling