Po`latchi — Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanidagi qishloq nomi. Po`latchi degan urug` bo`lgan, qishloq o`sha nomdan kelib chiqqan.
Sanguzar — Samarqand viloyati Nurota tumanida joylashgan qishloq «Toshloq kechik» ma`nosidagi Sangguzar yoki «toshloq ma`nosidagi Sangzor (qishloq) bo`lsa kerak.
Sanjarfag`on — Urta asrlarda Samarqand yaqinida qurilgan qishloq. O. I. Smirnovning fikriga qaraganda, bu nom ikki qismdan iborat: sangarama — «monastir’» va fag`an «ibodatxona» (O. I. Smirnova, «Mesta domusul’manskix kul’tov», 94-bet).
Saronan — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi qishloq nomi. Tojikcha sarona jon boshidan olinadigan soliq. Saronon (saronagan) soliqlar, saron so`zining «harbiylar», «sarkardalar» degan ma`nosi ham bor. Qishloq hozir ham shu nom bilan ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |