«jahon tarixi va manbashunoslik»
Xorazm viloyati toponimikasidan darsda foydalanish
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`tgan mavzu
5. Xorazm viloyati toponimikasidan darsda foydalanish
Xorazm O`rta Osiyodagi eng qadimgi madaniyat markazi serunum vohalardan biri. U hozir paxtachilik sohasidagi erishgan yutuqlari tufayli mash`al viloyatga aylandi. Uning tarixi zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da miloddan avvalgi IX — X asrlarda qayd etilgan. Bu viloyat tarixi va uning toponimikasi haqida fikr yuritilganda o`quvchilarga, avvalo, «Xorazm» so`zining etimologiyasi haqida batafsil ma`lumot berish zarur. O`qituvchi bir qator viloyatlar tarixi va uning tuman, qishloq va ovullari nomlarining kelib chiqish manbalari ustida to`xtalar ekan, Xorazm viloyati tumanlari, qishloq va ovullarining nomlari toponimikasiga ham batafsil to`xtalishi lozim. Masalan «XII —XIII asrlarda Xorazm davlatining kuchayishi» mavzusi quyidagi mavzuchalarga bo`lib o`rganilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Mavzu quyidagi reja asosida bayon etiladi: b) Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy va xo`jalik hayoti; v) Buxoro va Samarqanddagi qo`zg`olonlar. SHundan so`ng o`qituvchi Xorazm viloyati tashkil topgandan to hozirgi kunga qadar bosib o`tilgan tarixiy jatuman va uning kelajagi haqida qisqacha ma`lumotlar keltirib, viloyat va uning hududidagi jamoa xo`jaliklari, ovul, qishloq, tuman, shaharlar nomlarining kelib chiqishi haqidagi masalalarga batafsil to`xtalishi lozim. Biz quyida O`zbekiston tarixi kursini o`qitish jatumanida Xorazm vohasi bo`yicha toponimikaga oid ma`lumotlardan qanday foydalanish mumkin? degan savolga javob berishni maqsad qilib qo`ydik. Toponimikaga oid ma`lumotlardan foydalanib o`tkaziladigan bir soatlik tarix darsining taxminiy rejasi keltiriladi. Darsni tashkil qilish: a) sinfning darsga hozirligini kuzatish; b) o`quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O`quvchilar yuqoridagi savollarga javob berganlaridan so`ng o`qituvchi ulardan Xorazmning qaysi hududlarida hozirgacha o`sha turkiy til elementlari saqlanib kelayotganligi va Xiva, Xo`jayli shaharlarining hamda Xorazm so`zi qanday ma`noni anglatishini so`raydi. SHu savollarga olingan javoblar o`quvchilarning shahar tarixini va uning nomini o`rganishga bo`lgan qiziqishini orttiradi. Demak, o`qituvchi o`quvchi to`g`ri yorita Olmagan savollarni to`ldirib, o`tilgan mavzuni yangi mavzuga bog`laydi.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling