«jahon tarixi va manbashunoslik»


YAngi mavzuning konspekti


Download 0.7 Mb.
bet83/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

YAngi mavzuning konspekti

Xorazm X asrda Somoniylar davlati tarkibiga kirardi. Somoniylar davlati bo`linib ketgan vaqtda u o`z mustaqilligini saqlab qolishga va Qoraxoniylar va G`aznaviylar davlatlari tarkibiga kirmay qolishga muvaffaq bo`ldi. Bu davrda Xorazm xo`jalik va madaniy hayotda katta yutuqlarga erishdi. Biroq 1017 yilda Mahmud G`aznaviy qo`shinlarini tor-mor keltirib, uni o`z davlatiga qo`shib oldi. 1240 yilda g`aznaviylar Xurosonni qo`ldan boy bergach, Xorazm Saljuqiylar davlati tarkibiga kiradi. Saljuqiylar bilan qoraxoniylar o`rtasidagi o`zaro urushlar bu davlatlarning kuchsizlanishiga olib keladi va XII asr boshlaridan Xorazm mustaqil davlat sifatida yana taraqqiy eta boshlaydi. Uning hududi unchalik katta bo`lmasada, iqtisodiy jixdtdan kuchli va boy edi. Ko`chmanchi turkmanlar, eron, Volgabo`yi va Uzoq SHarq bilan olib borilgan savdo-sotiq aloqalarining qizg`in rivojlanishi shunga imkoniyat tug`dirgan edi.

O`qituvchi so`ngra Buxoro va Samarqanddagi qo`zg`olonlar xaqida to`xtaladi. Xorazmshoh Movarounnahr xalqlarini qoraxoniylar asoratidan himoya qilib, xaloskorlik keltiradi, deb ko`pchilik umidvor bo`lgan edi. Ammo umidlar chippakka chiqadi. Xorazmshoh g`alabaga erishgach, xalqqa jabr-zulmni battar kuchaytirib yuboradi. Mamlakatni xarob qilgan to`xtovsiz urushlar, mahalliy er egalarining xalqni talon-toroj qilishlari, ular qahr-g`azabining oshishiga va 1206 yilda Buxoroda qalqonsozlik ustaxonasi sohibining o`g`li Malik Sanjar boshchiligida qo`zg`olon ko`tarilishiga sabab bo`ladi. Qo`zg`olonchilar hokimiyatni o`zlari ushlab tura olmasliklariga ko`zi etib, Xorazmshohga murojaat etadi. Xorazmshoh bu murojaatdan o`zi uchun foydalanib, 1207 yilda Buxoroni zabt etib, qo`zg`olonni bostiradi va Malik Sanjarni qatl qiladi. SHundan so`ng 1211 yilda Xorazmshoh askarlarining Samarqandda qoraxoniylarni tor-mor keltirgach, shaharda xohlaganicha noma`qulchiliklar qilgani va bunga qarshi xalq qo`zg`olon ko`targani, qo`zg`olonning Xorazmshoh tomonidan shafqatsiz ravishda bostirilgani, doimiy o`zaro urushlar natijasida ulkan, Xorazm davlatining chok-chokidan so`kila boshlagani va Mo`g`ul-tatar istilosi boshlanganida Xorazmshohlar ham jiddiy qarshilik ko`rsatishdan ojiz ekanligi haqida so`zlab berish lozim.

O`tgan va yangi mavzu bo`yicha o`quvchilar bilimini izoxli baholash uchun savollar: 1. XII XIII asrlarda Xorazmshohlar davlatining gullab-yashnash sabablarini aytib bering. 2. Xorazmshohlar Davlatining ijtimoiy va xo`jalik hayoti qanday bo`lganligini so`zlab bering. 3. Buxoro va Samarqanddagi shahar qo`zg`olonlarining umumiy sabablari nimada edi? 4. XIII asrda Xorazmshoxlar davlatining kuchsizlanishiga nima sabab bo`ldi? 5. Xorazm — qanday ma`noni bildiradi, Xivachi? Xazorasp va Gurlan so`zlarining ma`nosini bilasizmi?




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling