«jahon tarixi va manbashunoslik»
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
Haqqulobod — Norin tumanidagi qishloq. Arxeologlarning va erli keksalarning so`zlariga qaraganda, bu qishloq XVIII asrning oxirida tashkil topgan. O`sha vaqtda bu joylarning o`rni botqoqlik va balchiq bo`lgan. SHuning uchun bu erda odamlar yashamagan. Tuman markazidan 6 km nariroqda «Eski Haqqulobod» degan qishloq bor. XVIII asrning oxirida bu erda juda boy va johil Haqqulibek degan kishi yashagan. U er mulkini ko`paytirish uchun o`z odamlarini to`qayzor va balchiq erlarni o`zlashtirishga majbur qilgan: Uning buyrug`i bilan odamlar botqoqlarni quritib, ekin ekkanlar. Bu qishloq uning xo`jayini Haqqulibek nomi bilan Haqqulobod deb atalgan. 20 -30- yillarda undan keyingi davrlarda bu erda ijtimoiy o`zgarishlar yuz berdi. Hozir Xaqqulobod Surhondaryo viloyatining eng go`zal qishloqlaridan biri bo`lib, Norin tumanining markazi va shaxar tipidagi aholi yashaydigan manzilga aylantirildi.
Qo`qon. Bu so`zning etimologiyasi xaqida ham turli-tuman ma`lumotlar bor. Aytishlaricha, shahar joylashgan hudud botqoqlik, qamishzorlardan iborat bo`lgan va u erlarda ho`k (yovvoyi cho`chqa) lar juda ko`p bo`lgan. SHuning uchun u erni cho`chqalar, ya`ni to`ng`izlar makoni — ho`kkon deb ataganlar. Keyinchalik bu so`z Qo`qon bo`lib qolgan, degan fikr soxtadir. Akademik A. N. Kononov: Xo` so`zi «shamod» ma`nosida keladi va Qo`qon (HO`qand) «SHamol shahri», «sershamol shaxdr» ma`nosida bo`lishi mumkin, deb ta`kidlaydi. Dastlab «Hudud al-olam» da Xo`kand, Xuvakand — xalq zich yashaydigan shaharcha deyilgan. Ibn Havqal, Muqaddasiy asarlarida Xo`kand (Xuvokand) va Xo`qand (Xuvoqand) shakllarida qayd qilingan. «Boburnoma» da Xo`qon viloyati deb tilga olingan. Hozirgi Qo`qon shahri tarixiy Xo`qand o`rnida XVIII asrda o`zbeklarning ming urug`i boshlig`i SHohruhbiy tomonidan barpo etilgan. V. V. Bartol’d shaxdr nomining adabiy jihatdan to`g`ri shakli Xo`kand bo`lib, Qo`qon jonli tilda talaffuz etilishidir, deb hisoblaydi. YUqoridagi olimlarning turli izohlaridan qat`i nazar, hozirgi kunda qadar Qo`qon so`zining etimologiyasi ilmiy asosda o`rganilgan emas.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling