«jahon tarixi va manbashunoslik»
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
Uyga vazifa: o`quvchilar daftariga «O`zbekistonda fuqarolar urushi va chet el harbiy interventsiyasi» jadvalini tuzish hamda Farg`ona vodiysidagi toponim nomlarni bilib kelish topshiriladi. O`qituvchi yuqoridagi masalalarni o`quvchilar tomonidan o`rganib olinganligini (mustahkamlash uchun beriladigan savollar orqali) aniqlab olgach, toponimik materiallarni o`rgatishga kirishadi. U suhbatni Farg`ona vodiysi viloyatlari, shaharlari, tumanlari va qishloqlari hdqidagi umumiy tushunchalardan boshlaydi.
Andijon — O`zbekistonning xushmanzara va qo`hna shaharlaridan biri. U Farg`ona vodiysining janubi-sharqida joylashgan. SHahar nomining kelib chiqishi to`g`risida bir qancha fikrlar bor. Bir afsonada aytilishicha, shaharning nomi Afrosiyob noibining qizi Andijon nomidan kelib chiqqan deyiladi. Boshqa bir rivoyatda bu so`zning birinchi qismi «Andi» — shaharga asos solgan kishining nomi, ikkinchi — «jon» qismi esa jon degan ma`noni anglatadi, deyiladi. Birovlar qachonlardir bu erlarni «andi — hind» lar ishg`ol qilganlar, bu hindlar makoni deydilar. YAna bir guruh kishilar esa «Andi» shaharga asos soluvchi, «jon» esa baxsh etmoq demakdir, deyishadi. YAna bir guruh kishilar karvon yo`lida ketayotganda qaroqchilar xujum qilib «O`nta jonni» o`ldirganlar. Andijon so`zi o`nta jon so`zining buzilganligidan kelib chiqqan, deb ta`kidlaydilar. X asrda yashagan arab geografi va sayyohi Ibn Havkal Andijon shahri to`g`risida «Dehqonchiligi rivojlangan shahdr, iqtisodiy va siyosiy jihatdan ham rivojlangan, katta hunarmandlar shahri» deb yozgan. Andijon shahrining paydo bo`lishi va nomi haqida tarixchilarimiz quyidagicha fikr yuritadilar. Masalan, mashhur tarixchi V. Nalivkin o`zining «Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva» degan kitobida «Andijon» so`zi hozirgi shahar hududida yashagan «andi» qabilasi nomidan olingan, deb ko`rsatadi. «Andi» so`ziga «gan» qo`shimchasini qo`shish bilan «Andigan» yasalgan va keyinchalik bu Andijonga aylanib ketgan, deb yozadi. SHahar IV asrdan V asrgacha Andukon, XII asrdan to XIX asrgacha Andijon deb yuritiladi. Andijon shahri toponimikasi haqida ba`zi bir tarixchi olimlar, jumladan, S. Jalilovning shu sohadagi fikri ham haqiqatga yaqindir. YAqin yillarga qadar, hatto hozir ham ayrim kishilar bu shaharni Anjon deb keladilar. Ayrim kishilarning aytishlari bo`yicha O`rta Osiyo chorizm tarafidan bosib olingandan so`ng ruslar «j» tovushi oldiga «d» qo`shib aytishlari natijasida «Anjon» Andijon bo`lib qolgan. Xullas, Andijon shahar tarixi qadimiy yozma manbalarda aniq ta`riflangan bo`lsa-da, Andijon so`zining etimologiyasi haliga qadar ilmiy ravishda isbotlangan emas. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling