«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet88/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

YAngi mavzuning rejasi:

a) Turkiston xalqlarining milliy ozodlik va erk uchun olib borgan kurashlari.

b) Xiva va Buxoro Xalq Respublikalarining o`rnatilishi.

v) Milliy siyosatdagi xatoliklar va ularning oqibatlari.

g) Turkiston xalqlarining milliy ozodlik va erk uchun olib borgan kurashlari Farg`ona vodiysining qaysi qishloq va shaharlarida bo`lgan?

YAngi mavzuning konspekti.

Uqituvchining materialni bayon qilishi darsning asosini tashkil etadi. Ammo yangi materialni tushunti-rishga o`tishdan avval o`tilgan darslarning materiallari bilan mantiqiy bog`lanishni tekshirish uchun quyidagi savollar asosida qisqacha suhbat o`tkazish maqsadga muvofiqdir:

1. 1918—1920 yillarda nima sababdan milliy ozodlik va erk uchun kurashlar olib borildi?

2. Milliy siyosatni amalga oshirishda qanday xatoliklarga yo`l qo`yildi?

3. Farg`ona vodiysining qaysi joylarida milliy ozodlik harakatlari ko`tarildi?

O`qituvchi o`quvchilarning javoblarini umumlashtirib, ularning quyidagi yangi materialni o`zlashtirishlariga zamin tayyorlaydi:

1. 1918—1920 yillardagi milliy ozodlik va erk uchun olib borilgan kurashlar. Bu masala darslik materiali negizida to`la ochib beriladi.

2. Bu davrdagi Turkiston o`lkasida yashayotgan xalqlarning ayanchli ahvoli.

Bu masalani bayon qilishga kirishilar ekan, o`qituvchi Turkiston tarixining eng og`ir va murakkab davrlaridan biri — bu fuqarolar urushi davri ekanligini, bu davrda Turkistondagi iqtisodiy va harbiy-siyosiy vaziyat g`oyat qiyin bo`lganligini, bunga avvalo fuqarolar urushi davridagi siyosiy chalkashliklar sabab bo`lganligini o`quvchilarga eslatib o`tish zarur. Bu davr shu paytga qadar darsliklarda, qo`llanmalarda va boshqa ilmiy-badiiy adabiyotlarda faqat bir tomonlama yoritib kelingan. Hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan demokratik oshkoralik va hurfikrlash tufayli tariximizning fuqarolar urushi va undan keyingi davrlar bilan boglik muammolarga atroflicha va chuqur ilmiy nuqtai nazardan qarab baho berishga imkoniyat yaratildi. SHunday ekan, Turkiston xaqi xech qachon bosqinchidarga murosasozlik qilmagan. Aksincha, ularga qarshi qadim-qadimdan qaqshatqich zarba berib kelgan. Masalan, «bosmachi» tushunchasi xalqimiz uchun yangilik emas. Milodimizdan oldingi VII — IV asrlarda o`lkamizga bostirib kelgan bosqinchi eron shohlari Qurush, Doro, Kayxusrav, Kserks, Kir, Bes kabilar yovuz niyatlarini amalga oshira olmaganlar. Ularga sak podshosi A — Morg, uning xotini malika Sparetra, massagetlar malikasi TO`maris, uning o`g`li Sparangiz, oddiy sak qabilasining farzandi cho`pon yigit SHiroq kabilar qaqshatqich zarba berdilar. Milodimizdan avvalgi 329 yilda o`lkamizga makedoniyalik bosqinchi Iskandar, VIII asr o`rtalarida. yana bir dahshatli bosqinchi — arablar bostirib kirdilar. Ularga qarshi Spitamen, hunarmand yigit Hoshim ibn Hakim (Muqanna nomi ostida), Samarqand hokimi Gurek, Xorazm shohi Fir qaqshatqich zarba berdilar. YUrtimizga bosqinchilar tinimsiz bostirib kiraverib, bosmachilarga qarshi kurashda tajriba orttirgan xalqimiz ichidan etishib chiqqan ajoyib sarkardalar: Xo`jand hokimi Temur Malik, buxorolik elakchi Mahmud Torobiy, uning ukalari Muhammad va Alilarning jasorati. Xorazmning yangi shohi Jaloliddin Manguberdidek yigitlarimizning Mo`g`ul-tatarlarga qarshi bergan zarbasini tarix sahifasiga zarhal yozuvlar bilan yozish maqsadga muvofiq bo`lur edi. Xa bu bosmachilarning cheki bo`lmadi. 1865—1900 yillarda O`rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olindi. O`ris bosmachilariga qarshi Qo`qon xonligida Po`latxon (Mulla Ishoq), andijonlik Madali eshonlar boshchiligidagi qo`zg`olonlar shafqatsiz ravishda bostirildi. Bu qo`zg`olonlar — o`z milliy ozodlik va erkini talab qilib, o`ris hukmdorlariga qarshi ko`tarilgan kurash edi. Fuqarolar urushi deyilganda bir millat ichida olib borilgan urush tushuniladi. Turkistonda esa butun millat boshqa davlatning bosqinchiligiga, hukmronligiga qarshi kurashgan. «Bosmachilar» esa (bosib kelgan bosqinchilar) Turkiston Muxtor Jumhuriyatini o`z qo`lida saqlash uchun jumhuriyatning xarbiy kuchlari sifatida mavjud tuzumga qarshi kurash olib borganlar va bu kurash 16 yilga cho`zilgan. Demak «bosmachilik» degan atama Turkiston milliy ozodlik va erk jangchilariga mos kelmaydi.

Turkiston xalqlarida Sho`rolar hukumatiga, u yurgizayotgan milliy siyosatga ishonch qolmadi, bunday ishonch to`p, miltiq va zambaraklardan o`qqa tutildi. So`z bilan amaliy ish birligi buzildi. Miting va namoyishlarda insonparvar, xalqchil, demokratik, sotsialistik hokimiyat to`g`risida so`z yuritildi, amalda esa o`z erki, ozodligi uchun, adolat va diyonat uchun kurashgan gunohsiz ming-minglab oddiy fuqarolar, hatto beozor keksalar, xotin-xalaj va bolalar qirib yuborildi, yuzlab qishloq va ovullar yondirildi, er bilan yakson qilindi.

Davlatni doimo qo`ldan bermaslik uchun Turkiston Sho`rolar hukumati erli xalq davlatni boshqarishga ojizlik qiladi, ularga ishonish kerak emas, ular davlatni mustaqil boshqara olmaydilar, deb asossiz uydirmalar to`qidilar.

Turkiston Sho`rolar hukumati Turkiston muxtoriyatini tan olmadi, uni ag`darib tashladi va yo`q qildi. Natijada Turkiston xalqlari milliy ozodlik v erkinlik uchun kurashga otlandilar. Bu kurash 16 yil davom etdi. Sho`rolar hukumati ana shu yillar davomida Turkistonda mahalliy millat vakillaridan 200 mingdan ortiq aholini qirib yubordi. Agar dalillarga murojaat qilsak, Turkiston o`lkasi xalqlarining savodxonlik darajasi Rossiya xalqlarining savodxonlik darajasidan kam farq qilardi. 1897 yilgi o`tkazilgan aholi ro`yxati ma`lumotlariga ko`ra Rossiyada savodxonlik 21 foiz bo`lgan bo`lsa, Turkistonda 19,55 foiz edi.

Turkiston o`lkasi mehnatkashlar ommasi muxtor hukumatni qo`llab-quvvatladi. Buni 1917 yil 6 dekabrda Toshkentning eski Jo`va dahasidagi Beklarbegi madrasasida o`tgan mitingdan hdm bilsa bo`ladi. Bu mitingda Munavvar qori, Mullo Odil, mufti Said G`anixon, SHerali Lapin, Pirmuhammad A`lam va boshqalar so`zga chiqdilar. Miting ishtirokchilari 13 dekabr’ — Muhammad payg`ambar tug`ilgan kuni namoyish o`tkazishga qaror qildilar. Usha kuni Turkiston mehnatkashlarining tinch namoyishi boshlandi. SHahar sho`rosi namoyishchilarga qarshi otliq qurollangan askarlarni yubordi. Askarlar namoyishchilarni o`qqa tutdilar, ularning rahbarlari qamoqqa olinib, shaharda harbiy holat e`lon qilindi.

.

SH. SHoma`dievning 1961 yili chop etilgan «Ocherki grajdanskoy istorii v Ferganskoy doline» asarida armanlar 1918 yilning boshida Marg`ilon shahrida 7000, Andijon shahrida 6000, TERMIZ shahrida 2000, Bo`zqo`rg`on va Qo`qonqishloq atroflarida 4500 ga yaqin turkistonliklarni o`ldirganligi to`g`risida asosli dalillarni keltiradi.



1918 yil yanvar’ oyida Skobelev shahar hokimi V. D. Doriomedov «Znamya svobodm» gazetasida «rus bol’sheviklari har qanday muxtoriyatni tan olmadi va mazlum xalqlar o`z huquqlari va taqdirlarini haqiqatan o`zlari belgilamoqchi bo`lganlarida bunga yo`l qo`yilmadi», deb xayotiy haqiqatni aytgan edi.

D. Manjara ham Turkiston sho`rolarining siyosatda yo`l qo`ygan xatolarini tan olib shunday degan edi: «Milliy siyosatda yo`l qo`ygan xatolarimiz tufayli Qo`qon muxtoriyati vujudga keldi... Uni yo`qotish payti yana bir xatoga yo`l qo`ydik. Qurol-yarog`i deyarli bo`lmagan muxtoriyatchilar joylashgan eski shaharni qamal qilish o`rniga, biz to`plardan o`qqa tutdik, keyin dashnoqlarning qurolli to`dalarini ishga soldik. Natijada talon-toroj, nomusga tegish, qirg`in boshlandi. Bundan muxtoriyatchilarga aloqasi bo`lmagan tinch aholi katta zarar ko`rdi».

Bosmachilik harakatlari haqida so`nggi 2 — 3 yil ichida juda ko`p turli-tuman fikrlar a`lon qilindi. Ayrimlar haqiqatan ham bosmachi to`dasi kallakesarlar bo`lgan deyishsa, ayrimlar o`zi yashab turgan joydan bosmachi chiqishi mumkin emas, bosmachi so`zining ma`nosi qaerdandir kelib, o`zga yurtni bosib olganlarga bosmachi deyiladi, deyishadi. O`lkamizdagi «bosmachi» deb nomlanganlar haqiqatan o`z o`lkasi mustaqilligini chet elliklardan saqlash uchun milliy ozodlik kurashi olib borgan kishilardir. Bu harakat ikki davrga bo`lib o`rganilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Birinchi davrdagi «bosmachilar xdrakati» deb atalgan davr o`z yurtini chet el bosqinchilaridan ozod qiluvchi, o`z milliy mustaqilligini saqlab qoluvchi milliy ozodlik harakati bo`lsa, ikkinchi davr 6u hech kim va hech qaysi mamlakat bularni qo`llamagach ayrimlar Qizil Armiya safiga qo`shilib, ayrimlar haqiqatan x.am bosmachilik harakatlarini amalga oshirgan davrdir. O`qituvchi chop etilgan va arxiv materiallari asosida bularni tushuntirib berishi kerak. SHuningdek, Turkiston o`lkasida «bosmachilarga qarshi kurash» bahonasida amalga oshirilgan bunday vahshiyona yovuzliklar tepasida M. V. Frunze, V. K. Kuybishev, SH. A. eliava, R. I. Bokiy, YA. e. Rudzutak, F. I. Goloshekin va boshqalar turganini, ular 1919 yil 8 oktyabrda tuzilgan Turkkomissiyaning a`zolari sifatida bu ishlarni amalga oshirganligi haqidagi haqiqatni o`quvchilarga tushuntirib berish kerak.

O`qituvchi ikkinchi masala, ya`ni milliy siyosatni amalga oshirishda qanday xatoliklarga yo`l qo`yilganligini daliliy ma`lumotlar bilan tushuntirib berishi kerak. Milliy siyosatdagi xatoliklar tufayli 1918 yilning boshida Marg`ilon shahrida 7000 ga yaqin, Andijon shahrida 6000, TERMIZ shahrida 2000, Bo`zqo`rg`on va Qo`qonqishloq atrofida 4500 ga yaqin begunoh turkistonliklarning sho`ro hokimiyati tomonidan o`ldirilganligini hamda sho`rolar tomonidan birgina Farg`ona vodiysida 180 ta qishloqqa o`t qo`yilganligini o`qituvchi yuqorida keltirilgan dalillar bilan o`quvchilarga tushuntirib berishi kerak.

O`qituvchi Farg`ona vodiysining qaysi joylarida milliy ozodlik harakatlari ko`tarilganini, milliy ozodlik harakatlarini bostirish uchun Qizil Armiya tomonidan ko`rilgan choralar haqida so`zlab beradi.

O`qituvchi xulosa qilib, Turkiston hududida yangi tartib qoidalar ming-minglab avlod-ajdodlarimizning aziyat chekkanliklari, qurbon bo`lganliklari evaziga zo`rlik bilan o`rnatilganligini ta`kidlaydi. TKP ning VI qurultoyida N. To`raqulov qilgan ma`ruzadan ma`lum bo`lishicha, Qizil Armiyaning harbiy harakatlari natijasida Turkistonda 200 ming kishi o`ldiriladi va mayib-majruh qilinadi. Buni Xorazm va Buxoroda amalga oshirilgan «inqilobiy zo`rlik» ham isbotlaganini o`qituvchi suhbat asosida aytib o`tadi.

O`tgan va yangi mavzuni mustahkamlash hamda o`quvchilar bilimini baholash uchun beriladigan savollar: 1. Turkiston xalqlarining milliy ozodlik va erk uchun olib borgan kurashlarini so`zlab bering. 2. Xiva va Buxoro xalq respublikalarining o`rnatilishi. 3. Milliy siyosatda yo`l qo`yilgan xatolar qanday natijalar berdi? 4. Turkiston xalqlarining milliy ozodlik va erk uchun olib borgan kurashlari Farg`ona vodiysining qaysi qishloq va shaharlarida bo`lgan? 5. SHu voqealar bilan bog`liq bo`lgan qaysi qishloq, tuman va shaharlar nomining kelib chiqish tarixini bilasiz?


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling