Samarqand viloyati hokimi E. O. Turdimovga bildirgi hurmatli Erkinjon Oqbo‘tayevich


Download 40.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1577573
Bog'liq
Bildirgi — копия



Samarqand viloyati hokimi
E.O.Turdimovga


BILDIRGI


Hurmatli Erkinjon Oqbo‘tayevich,

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi 12/1-978-sonli topshirigʻiga asosan


Samarqand viloyati Payariq tumani “Xo‘ja Ismoil” shaharchasining arxitektura va me’moriy qiyofasini yaxshilash, tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, yer maydonlaridan maqsadli foydalanish hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shuningdek, “Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasi” ishtirokida Samarqand shahrida ko‘priklar, tonnellar, avtomobil yo‘llarini qurish va qayta qurish ishlarini amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan obyektlarni ko‘chirish yuzasidan “Samarqand viloyatida jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib kuyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda sifatli ta’minlash maqsadida, ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarda qurilish-montaj, obodonlashtirish ishlarini davom ettirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini belgilangan tartibda ko‘chirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilishi jarayonida ishtirok etishi uchun viloyat hokimligi shu’ba mudiri Qudratov Navro‘z Abdulla o‘g‘lini joriy yilning 23-maydan 6-iyun kunlari Toshkent shahriga xizmat safariga borib kelishiga ruxsat berishingizni so‘rayman.
Viloyat hokimining
o‘rinbosari A.Shukurov
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling