Yuqoridagilarni inobatga olib, qorako‘lchilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
Download 41.41 Kb.
|
Daklad uchun
KIRISH Chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumatning ko‘plab qaror va bo‘yruqlari qabul qilindi. Nasldor qorako‘l qo‘ylarini ko‘paytirish, shuningdek, ularni so‘yish, teri va junini qayta ishlash, go‘sht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish, tarmoqqa rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, suv bilan ta’minlanmagan yaylovlarda yangi suv inshootlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish borasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olib, qorako‘lchilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, muammolarni bartaraf etish va aholi ehtiyojini imkon qadar to‘la qondirish maqsadida Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonlaridan oxirgi yillarda bir qancha qarorlar qabul qilinib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “...qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, chorvachilikni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlariga aholining taboro o‘sib borayotgan talabini qondirish”ga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, qorako‘lchilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida 2018 yil 14 martdagi “Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, PQ-3603-sonli, 2019 yil 16 avgustdagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4420-sonli qarorlari, 2021-yil 9-fevraldagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4984-sonli Qarorlari va mazkur faoliyatga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda sohani yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Download 41.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling