Yuqoridagilarni inobatga olib, qorako‘lchilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash


Jun tolalarning morfologik tuzulishi


Download 41.41 Kb.
bet6/10
Sana29.12.2022
Hajmi41.41 Kb.
#1072315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Daklad uchun

4.3. Jun tolalarning morfologik tuzulishi
O‘tkazilgan tadqiqotlarimiz qorako‘l qo‘ylarning konstitutsiya tiplari qorako‘l qo‘yidan qirqib olingan junning yapog‘ining juniga ta’sir qilishini ko‘rsatadi.
3-jadval
Jun tarkibida har xil tolalarning miqdori

Konstitut-siya tiplari

Tola soni

Shu jumladan

Qiltiq tola

Ortiq tola

Tivit tola




Soni

%

Oq tolalar

Soni

%

Oq tolalar

Soni

%




Mustahkam

401

137

33,7

9,6

128

31,5

10,3

141

34,8




Qo‘pol

398

131

37,9

9,3

114

33,6

2,7

153

30,5




Nozik

393

136

35,6

15,4

106

34,9

20,6

151

30,5




Qirriq

401

156

36,9

13,9

119

29,7

20,4

126

33,5




Yuqoridagi jadval ma’lumotlari qo‘ylarning barra tipiga mos tarzda jundagi har xil tolalar miqdorining o‘zgaruvchanligini ko‘rsatmoqda nozik tipidagi qo‘ylarga nisbatan, qrriq tipli qo‘ylarda qiltiq tola miqdori 2,3%ga, mustahkam tipli qo‘ylarda 4,7% ga va qo‘pol tipli qo‘ylarda 1,0% ga ko‘pdir. Mustahkam tipli qo‘ylarda tivit tolasining ko‘pligidan tashqari junlarining ingichkaligi bilan ifodalanadi. qirriq tipida tivit tolasini o‘zgaruvchanligi sabab, jun tomirlariga keladigan oziqa miqdorlarining turlicha bo‘lishi natijasida jun tolalari rivojlanishining har xir bo‘lishidadir.


Bizning tadqiqotlarimizda oq rangli tolalar miqdori nozik tipli qo‘ylarda 44,5% ni, qirriq tipli qo‘ylarda 54,7 % ni, mustahkam tipli qo‘ylarda esa 62 % ni va qo‘pol tipli qo‘ylarda 65,8 ni tashkil qilinganligini aniqlab ko‘rildi.
Jun tolalarning ingichkaliklari eng muhim texnologik xususiyatlaridan biri bo‘lib, jun matolarning sifati va to‘qiladigan matolarning miqdori asosan ana shu hususiyatga bog‘liqdir, ya’ni jun tolasi qanchalik ingichka bo‘lsa, ma’lum og‘irlikdagi ana shunday jundan ko‘p metrajli matolar to‘qiladi.
Jun tolalarining ingichkaligi ko‘pgina omillarga bog‘liqdir, jumladan qo‘ylarning zotlari, oziqlanish va asrash sharoitlari, konstituttsiya tiplari barra tiplari va xokazolarga bog‘liqdir.
Jun tolalarining ingichkaligi eng muhim tovar belgi bo‘lib, sanoatda foydalaniladi. Bizning jun tolasi ingichkaligi bo‘yicha olgan ma’lumotlarimiz quyidagi jadvaldan keltirilgan.
4-jadval
Xar xil barra tipidagi qo‘ylarda jun tolalarining ingichkaligi, mkm

Konstitutsiya tiplari

Shu jumladan

Qilchiq tola

Oroliq tola

Tivit tola

n

M ± m

N

M ± m

n

M ± m

Mustahkam

114

48,28 ± 0,97

106

35,62 ± 1,24

136

22,56 ± 1,40

Qo‘pol

153

50,1 ± 1,8

119

35,70 ± 1,15

156

21,24 ± 1,01

Nozik

151

47,01 ± 1,01

110

35,98 ± 1,21

154

23,09 ± 1,28

Qirriq

126

46,11 ± 1,2

114

35,78 ± 1,14

131

22,36 ± 1,33

Yuqoridagi jadval ma’lumotlari, bir xil sharoitda asralgan qo‘ylarning jun tolalarning ingichkaligiga ularning konstitutsiya tiplari ham ma’lum darajada ta’sir qilishini ko‘rsatmoqda va bu omilning ta’siri ko‘proq qiltiq tolalarning ingichkaligiga ta’sir etar ekan. Qirriq konstitutsiya tipidagi qo‘ylarning jun tolasining qiltiq tolalari 46,11±1,2 mkm ingichkalikga ega bo‘lgan bo‘lsa bu ko‘rsatgich mustahkam konstitutsiya tipidagi qo‘ylardagi jun tolasining yo‘g‘onligi 48,18±0,97 mkm.ga, nozik konstitutsiya tipidagi qo‘ylarda jun tolasini ingichkaligi 47,01±1,01 mkm.ni tashkil qildi. Qo‘pol konstitutsiya tipidagi qo‘ylarning jun tolasidagi qilchiq tola boshqa konstitutsiya tiplardagi qo‘ylar jun tolasining ingichkaligidan ancha yo‘g‘onligini ko‘rsatib turibdi. Qirriq va qo‘pol konstitutsiya tipidagi qo‘ylarning jun tolasini ingichkaligidagi farq statistik ishonarlidir.


Jun tolasi uzunligining, tivit zonasi balandligi va tola uzunligiga bo’lgan nisbati
Jun tolalarining uzunligi katta ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyatlardan biridir, chunki xususiyatlari bir xil bo‘lgan junlar orasida uzunligi yuqori bo‘lganlari qimmatli hisoblanadi.
Jun tolalarining uzunliklari ko‘p jihatdan qo‘ylarning zotlariga bog‘liqdir. Lekin bir zot ichida ham turli sabablarga qo‘ra jun tolalarining uzunliklari o‘zgaruvchandir. Bu sabablar qatoriga hayvonlarning yoshi, jinsi, boqish va asrash sharoitlari, konstitutsiya barra tiplari va boshqalar kiradi
Tajribamizda olgan ma’lumotlarimizda ham jun tolalari uzunligi har xil barra tipiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
5-jadval
Jun tolalari uzunligi va tivit zonasi balandligi, sm

Konstitutsiya tiplari

Yapog‘i soni

Tolalar uzunligi
M ± m

δ

Tivit zonasi balandligi M ± m

δ

Mustahkam

15

14,99 ± 0,28

1,08

9,3 ± 0,15

0,53

Qo‘pol

15

16,37 ± 0,41

1,59

9,4 ± 0,17

0,66

Nozik

15

13,31 ± 0,31

1,30

9,0 ± 0,18

0,61

Qirriq

5

10,07 ± 0,28

1,11

8,2 ± 0,17

0,43

Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tolalar uzunligiga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatgich qo‘pol konstitutsiya tipidagi qo‘ylarning juniga mansubdir. Agar biz o‘z tajribamizda qirriq konstitutsiya tipli qo‘ylardan qirqib olingan qo‘y junini tolalarining uzunligini 100 % deb oladigan bo‘lsak u holda bu ko‘rsatgich qo‘pol konstitutsiya tipli qo‘ylarda 110,5 %, nozik konstitutsiya tipli qo‘ylarda 103,8 % ga va qirriq konstitutsiya tipli qo‘ylarning juni tola uzunligida 95,8 % ga teng bo‘lganligini ko‘rsatmoqda. Lekin har xil tipli qo‘ylarda tolalarning umumiy uzunliklariga ko‘ra bo‘lgan farq yaqqol bo‘lgan bo‘lsa ham tivit zonasining uzunliklari unga yaqqol ko‘zga tashlanmayapti. Balandliklari bo‘yicha bo‘lgan farq aytarlik farq qilmayapti.


Shu sababli ham tivit zonasi balandligining tolalar umumiy uzunligiga bo‘lgan nisbatlari tajriba uchun olingan hayvonlarda turlichadir, ya’ni bu ko‘rsatkich qo‘pol konstitutsiya tipli qo‘ylarda 58 % ni mustahkam konstitutsiya tipli qo‘ylarda 57,9 % ni nozik qo‘ylarda 63,9 % ni va qirriq konstitutsiya tipli qo‘ylarda 58,9 % ni tashkil qiladi.

Download 41.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling