Yuqoridagilarni inobatga olib, qorako‘lchilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash


Download 41.41 Kb.
bet7/10
Sana29.12.2022
Hajmi41.41 Kb.
#1072315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Daklad uchun

Qo‘ylarning jun qirqimi miqdori
Qorako‘l zoti asosan yuqori sifatli qorako‘l terilarini olish uchun urchitilsa ham, ulardan qirqib olinadigan dag‘al jun qorako‘lchilik xo‘jaliklari uchun iqtisodiy ahamiyatga ega. Qorako‘l qo‘ylarining jun mahsulotlariga ularning tirik og‘irligi, rangi, jinsi, konstitutsiya tipi, semizlik darajasi, barra tipi va boshqa ko‘pgina omillar ta’sir qiladi.
Qorako‘l qo‘yi asosan yaylovdan oziqlanganligi uchun ham ularning jun mahsuldorligi ham qator tashqi va ichki omillar ta’sirida o‘zgaruvchandir. Bizning o‘tkazgan tajribalarimiz qorako‘l qo‘ylarining jun mahsuldorligiga ularning konstitutsiya tiplari ma’lum darajada ta’sir qilishligini ko‘rsatdi.
6-jadval
Qo‘ylarning jun mahsuldorligi, g

Konstitutsiya tiplari

Bosh soni

Qirqib olingan jun miqdori

M ± m

δ

Qirriq konstitutsiya tipiga nisbatan %

Mustahkam

15

1396,2 ± 51,77

258,7

122,6

Qo‘pol

15

1447,7 ± 60,3

301,8

116,8

Nozik

15

1344,1 ± 52,66

263,3

111,2

Qirriq

5

1213,8 ± 49,56

247,8

100,0

Yuqoridagi jadval ma’lumolari qorako‘l qo‘ylarining bahorgi jun qirqim miqdoriga ularning konstitutsiya tiplari ta’sir qilishini ko‘rsatmoqda. Haqiqatdan ham qorako‘l qo‘ylarining bahorgi jun qirqimi, hayvonlarning qishlovi davomida, bug‘oz xolatida va sut emizish davrida o‘stirgan juni evaziga shakllanadi. Shu tufayli bo‘lsa kerak eng yuqori jun mahsuldorligi qo‘pol va mustahkam konstitutsiya tipli qo‘ylarga xosdir. Qo‘pol tipli qo‘ylarning juniga nisbatan kam mustahkam konstitutsiya tipli qo‘ylarning jun 21,5 grammni, nozik tipiga nisbatan 73,6 grammni, qirriq konstitutsiya tipida esa 203,8 grammni tashkil etdi. Jun mahsuldorligidagi bu farq nazarimizda jun tolalarining ingichkaligi va uzunligidadir. Biz ilgari bo‘limlarda tahlil qilganimizda qo‘pol konstitutsiya tipli qo‘ylarda jun tolalarining birmuncha uzun bo‘lishligini va birmuncha dag‘al bo‘lishligini ta’qiqlab o‘tgan edik.

Download 41.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling