Turk hoqonligining O`rta Osiyo hududlarini egallashi
Download 21.28 Kb.
|
Turk hoqonligining O
Turk hoqonligining O`rta Osiyo hududlarini egallashi VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug‘ining mavqei ko‘tariladi. Ashin urug‘idan Asan va Tuu 460-545 yillarda boshqa urug‘larni o‘zlariga bo‘ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar.Tuu o‘g‘li Bumin Tele qabilasini ham bo‘ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551 yilda Jujan xoni qo‘shinlarini engib, ularni o‘ziga bo‘ysundiradi. Bumin 551 yilda yangi davlat – Turk hoqonligiga asos soladi. Uning poytaxti Oltoydagi O‘tukan shahri edi. Hoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug‘i ortib borgan. U ko‘p bor Xitoyga yurishlar qilib, uning bir qancha hududlarini bosib olgan. Xitoy podsholigi Turk hoqonligiga har yili o‘lpon tariqasida yuz bo‘lakdan ipak mato berib turishga majbur bo‘lgan. 552 yilda Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning katta o‘g‘li Mug‘anxon (553-572) o‘tiradi. Mug‘anxon 558 yilda jo‘janlarga so‘nggi bor qaqshatqich zarba berib, o‘z davlati hukmronligini Tinch okeanigacha bo‘lgan hududlarda mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami (unga «Yabg‘u» – bahodir unvoni berilgan edi) bo‘lsa, bu davrda hoqonlik hududini g‘arbga tomon kengaytirib, Ettisuv, Qashqar, Ural, Volga bo‘ylari va boshqa hududlarni egallaydi. 563-567 yillar davomida Istami yabg‘u qo‘shinlari eftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib uning hududlarini, ya’ni hozirgi O‘rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo‘lgan erlarni egallashga muvaffaq bo‘ladi. Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi. Turk hoqonligi O‘rta Osiyo erlarini ishg‘ol etgach, uning hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi. Dastlab hoqonlik Eron bilan yaxshi qo‘shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatishga intiladi. Eron shohi Xusrav 1 Anushirvonga turk malikasi uzatiladi, Eronga elchilar yuboriladi. Biroq Turk hoqonining Eronga ikki bor yuborgan elchilari faoliyati muvaffiyatsiz chiqqach, Eronning turklar bilan murosaga bormasligi, uning qat’iy dushmanligi ro‘yirost ma’lum bo‘ladi. Buning boisi Eron shohining O‘rta Osiyo hududlariga da’vogarligida edi. Bu esa, shubhasiz, bir necha bor hoqonlikning Eron bilan urushlar olib borishiga sabab bo‘ladi. Istami qo‘shiqlari Eron shohi Xisrav I ni engadi, Eron shohlari Turk hoqonligiga 400 ming Vizantiya tillasi hajmida tovon to‘lash majburiyatini olishga majbur bo‘ladi. Mug‘anxon va uning avlodlari g‘arbda Qora dengizgacha bo‘lgan hududlarni zabt etib o‘zlariga bo‘ysundiradilar. Turk hoqonligi 568-569 yillarda o‘sha davrning qudratli davlati-Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatishga intilib, so‘g‘d savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u erga yuboradi. Elchilar imperator Yustinian II qabulida bo‘ladi. Shundan so‘ng Vizantiyannig Zemarx boshliq elchilari hoqonlik davlatiga keladi. Bu esa shu davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va savdo-tijorat munosabatlarini o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etgan deyishga asos beradi. Turk hoqonligida boshqaruv tartiblari haqida gap borganda shuni ta’kidlash kerakki, Turk hoqonlari O‘rta Osiyo hududlariga hukmronlik qilsa-da, biroq o‘zlari bu hududga ko‘chib kelmadilar. Ular Ettisuv va boshqa hududlardagi markaziy qarorgohlarida qolib, bo‘ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o‘lponlar va to‘lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan ko‘rinadiki, Turk hoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyatlari davom etgan. Hoqonlik istisno hollardagina o‘lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashardi. Bu narsa ko‘proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta’kidlanganidek, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mustaqil hokimlik-davlatlar mavjud bo‘lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg‘, Kesh, Nahshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. Ayniqsa Samarqand, Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari o‘zlariga ancha mustqil bo‘lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada bo‘lgan. Shu bilan birlikda bu davlat hokimliklari o‘rtasida o‘zaro adovat, kurash, ichki ziddiyatlar to‘xtovsiz bo‘lib turgan. Bu esa mahalliy aholi hayoti, turmushini nochor ahvolga duchor etgan. 585-586 yillarda Buxoroda zodagon dehqon va boy savdogarlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Unga Obro‘y boshchilik qiladi. Hoqon Qora-cho‘rin qo‘shinlari qo‘zg‘olonni bostirib, qo‘zg‘olonchilarni qattiq jazolaydi. Hoqonlikning bevosita g‘arbiy qismini boshqarib turgan Istami va bosh hoqon Mug‘anxon ham savdo yo‘li va uning ahamiyatini tushunib bu masalani tinchlik bilan hal qilishga harakat qila boshlaydilar. Istami Yabg‘u So‘g‘d ixshidiga bu masalani hal etish vazifasini topshiradi. Eronga mashhur so‘g‘d savdogari va diplomati Moniax boshchiligida elchilar guruhi jo‘natiladi. Xusravshoh o‘z atrofidagi amaldorlarning maslahatiga kirib, so‘g‘diylar olib kelgan ipakliklarni sotib olib, so‘ng uni elchilar ko‘z o‘ngida yig‘ib yoqib tashlaydi. Istami bu voqeadan qattiq ranjisada Xusravshoh huzuriga ikkinchi marotaba o‘z elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi endilikda faqat turklardan iborat bo‘lib, uning natijasidan yaqin oradagi siyosat namoyon bo‘lishi kerak edi. Bu safar turk elchlari zaharlab o‘ldiriladi. Ularning faqatgina bir nechasigina hoqon huzuriga yetib keladi. O‘z ishlarini sosoniylar “Turklar issiq ob-havoni ko‘tarisha olmadilar” deb berkitishadi. Istami Xusrav I Anushirvon qo‘shinlarini tor-mor qilib Eronning shimoliga bostirib kiradi. Eftaliylar o‘z yerlarining Eronga tushib qolgan qismini yana o‘z qo‘llariga qaytarib oladilar. Eron tinchlik sulhiga kelishib 40 ming vizantiya tillasi to‘lash majburuiyatini oladi. Undan so‘ng Eron bilan Vizantiya o‘rtasida urush boshlanib ketib, sosoniylar davlati juda nochor ahvolga tushib qoladi. 576-yili Mug‘anxon va Istami yabg‘ularning vafotidan so‘ng Turk hoqonligining ta‘siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Bahrom Chubin Chur Bag‘a hoqon qo‘mondonligidagi 300000 kishilik turk qo‘shinini tor-mor qiladi. Bahrom Chubin Buxoro yaqinidagi Poykend shahriga bostirib kirib hoqonning o‘g‘ali Barmuda Teginni asirga oladi. Hoqon xazinasini esa Eron shohi Xormuzdga yuboradi. Turk hoqonligi 568-569- yillarda o‘sha davrning qudratli davlati Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatishga intilib, So‘g‘da savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u yerga yuboradi. Elchilar imperator Yustinian qabulida bo‘ladi. Shundan so‘ng Zemarx boshliq elchilari hoqonlikka keladi. Turk hoqonlari O‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan bo‘lsalarda biroq o‘zlari bu hududga ko‘chib kelmaganlar . Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi bosh qarorgohlarida qolib bo‘ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib ulardan olinadigan soliq-o‘lponlar va to‘lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan ko‘rinadiki Turk hoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyati davom etgan Hoqonlik istisno hollardagina o‘lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashgan Bu narsa ko‘proq tashqi siyosat, xalqaro savdosotiq masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta’kidlanganidek, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida 9 ta mustaqil hokimlik mavjud bo‘lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg‘, Kesh, Naqshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. Samarqand, Buxoro, Xorazm, Choch, hokimliklari o‘zlariga ancha mustaqil bo‘lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada bo‘lgan. Shu bilan birga, bu nisbatan mustaqil hokimliklar o‘rtasida o‘zaro kurash va ichki ziddiyatlar bo‘lib turgan. Bu esa mahalliy aholi turmushini nochor axvolga olib kelgan. 585-586- yillardagi Buxoroda zodagon dehqon va boy savdogarlarga qarshi Abro‘y boshchiligidagi qo‘zg‘olonga sabab bo‘ladi. Hoqon Qoracho‘rin qo‘shinlari qo‘zg‘olonni bostirib, qo‘zg‘olonchilarni qattiq jazolaydi. Bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqarish tartibi hoqonlikni zaiflashtira bordi. Mug‘an hoqon vafotidan so‘ng taxtga uning ukasi Arslon To‘ba o‘tirdi. Arslon To‘ba buddiylikka berilgan bo‘lsa-da, mamlakatni mustahkamlash uchun Si saltanati bilan shartnoma tuzadi1.Bundan tashqari u mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish choralarini ham ko‘rdi. Ammo 581-yilda Arslon To‘ba vafot etgach Turk hoqonlari o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj olib ketadi. Natijada hoqonlik ikki qismga bo‘linib ketdi. 580-y.larga kelib hoqonlikda ichki nizolar, taxt talashuvlar avj oladi. Bu ishga Xitoyning Suy sulolasi ham aralashadi. Shundan so’ng hoqonlik bir muddat Oltoy tog’larining sharqidan to uzoq Sharqqacha bo’lgan hududni, ya’ni Jan. Sibirь, Urxun havzalari (Mug’uliston), Shim. Xitoy hududlarini o’z ichiga oluvchi Sharqiy Turk hoqonligi va Oltoy tog’larining g’arbidagi hoqonlikka qaram O’lkalarni o’z ichiga oluvchi markazi Yetti suv bo’lgan G’arbiy Turk hoqonligi ga bo’linib ketadi. Markazi Utukan vodiysi (Mug’uliston) bo’lgan Sharqiy Turk hoqonligi Shibihoqon (609—619) lavrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 y.da Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qal’adan 39 tasi Turk hoqonligi qo’liga o’tadi. 618 y.da Suy sulolasini ag’darib, uning o’rnini egallagan Tan sulolasining ishlariga ham Shibi hoqon aralashadii. U bu paytgacha sharqda kidan va shivey qabilalarini, Jan.-G’arbda Tuguxun (Togon) davlati hamda Turfon o’lkasini bo’ysundirgach Xuanxe daryosini kechib o’tib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. Taxtga El-hoqon (xitoy manbalarida Xyyelixan; 620—630) o’tirali va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. 2 marta, 624—626 y.larda poytaxt Chan’anni qurshab oladi. Uniig o’limidan so’ng Sharqiy Turk hoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga qaram bo’lib qolali. O’z davrida “O’n O’k hoqonligi” deb yuritilgan G’arbiy Turk hoqonligi Istamining o’g’li Tardu hoqon (576—603) Soso niylar Eroniga qarshi janglar olib borib, g’arbda o’z hokimiyatini kuchaytirdi. Uniig o’g’li Sheguy hoqon (610— 618) davrida hoqonlik qo’shinlari jan.-garbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shim. sharqiy viloyatlariga xujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik g’alabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qo’lga kiritadi. Uning inisi Tun yabg’u (Tun-shexu; 618—630) hoqonlikning g’arbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk hoqonligi ning chegarasi g’arb va jan.-g’arbda, Jan.- Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgabbo’yi, Gurgop, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afg’onistonning aksariyat viloyatlarini o’z ichiga olardi. Uning shad unvonli o’g’li boshchiligidagi hoqonlik ko’shinlari Vizantiya imperatori Irakliy bilan birgalikda 627—628 y.larda Jan. Kavkazga safar uyushtiradi va bu yerdagi sosoniylar qo’shinini yengib, Tbilisi sh.ni qo’lga kiritadi. Tun yabg’u g’arbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimdagi Mingbuloq (x toycha Syan-syuan) mavzesiga ko’chi radi va boshqaruvda islohotlar o’tkazib qaram o’lkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar jo’natadi. 630-y.larga kelib G’arbiy Turk hoqonligi ham bir muddat Xitoyga qaram bo’lib qoladi. Biroq tez orada o’z qudratini tiklab oladi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, El-bilga Ishbara yabg’u (630—641) ning qo’l ostida Sharqiy Turkistondagi Kucha, Shanshan, Cherchen, Xarashar (Qorashahar) hokimliklari va Shi (Shosh), Shi’ (Kesh), Xe (Kushoniya-Kattaqo’rg’on) Mu (Marv), Kan (Sug’d) va Toxariston o’lkalari bo’lgan. Hoqonlik Istamining beshinchi bo’g’in avlodi bo’lmish Ulug’ Ishbara (Xelu Shabolo; 651—657) xokon hukmronligi davrida Xitoyga qarshi bir necha yil kura olib boradi. Kapag’an hoqon (691—716) davrida hoqonlik mintaqadagi eng yirik davlatga aylanadi. U jiyanlari Kutlug’ Eltarish hoqonning o’g’illari Bilga va Kultegin hamda To’yuquq bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe daryosi havzalari hamda Shanьdun o’lkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qo’lga kiritadi, 699 y.da jan.-g’arbga, sobiq G’arbiy Turk hoqonligi hokimiyatini qo’lga kiritgan turgashlarga va Toxariston ulkasiga yurish qiladi. Qapag’an hoqon 700 y. Tangut o’lkasiga, 701 y. Xitoyning shim.-g’arbidagi “Oltu Chub Sug’daq o’lkasiga, 703 y.da basmillarga, 705—706 y.larda bayirqularga, 709 y.da chik va azlarga, 710 y.da qirg’izlar va turgashlarga qarshi qo’shin tortib ularni kaytadan o’z tarkibiga ko’shib oladi. Turk hoqonligi Movarounnahrga bostirib kirgan arab istilochilariga qarshi 710 y.da qo’shin yuboradi va Sug’d, Shosh, Farg’ona hokimlarining arablarga qarshi kurashida qatnashadi. Bilga hoqon (716— 734) xukmronligi davrida Turk hoqonligi mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biriga aylanadi. 716 y.da Selenga daryosi havzasida istiqomat qiluvchi uyg’urlarga, 717 y.da o’g’uzlarga, 718 y.da qarluqlarga qarshi jang qilib, ularni hoqonlikka bo’ysundiradi. Bu davrda hoqonlik hududlari sharqda Sirdaryoning sharqidan to g’arbda Xingan tog’lari yonbag’irlari (Manjuriya), Shanьdun o’lkasi (Xitoyning shim. sharqi Sariq dengizdagi Boxay ko’rfazigacha bo’lgan yerlar)ni, janubda Tibetning shimoli, Sharqiy Turkiston,Xitoyniig shim. viloyatlaridan to shim.da Yenisey daryosi va Baykalbuyini o’uz ichiga olganligi ma’lum bo’ladi. 740.y.larga kelib Turk hoqonligi ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch keladi. Bilga hoqonning o’g’illari hukmronligi davrida hoqonlik zaiflashadi. 742—744 y.larda uyg’ur, qarluq va basmil qabilalari birlashib, hoqonlikka xujum uyushtirishadi. 745 y.da ittifoqchilar Turk hoqonligining so’nggi hukmdori Baymey hoqonni uldirishadi va hoqonlik taxti uyg’urlar quliga o’tadi. Turk hoqonligini dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga qo’shishda hoqonlar Bumin (551— 552), Muqan (553—572), Taspar (572—581), Tunga Turov (588— 600), Shibi (609—619), Elhoqon (620—630), Qutlug’ Eltarish (680— 691), Bekchur Qapag’an (691—716), Bil- ga (716—734) va bosh vazir Tunyuquq (680—726), shahzoda Kultegin(Qo’l Tegin) (684 731) hamda O’n O’k boshqaruvi hukmdorlari Istami yabg’u (552—576), Tardu (576—603), Tun yabg’u (618—630) kabilar mu rolь o’ynadilar. Ular davrida Turk hoqonligi tomonidan Xitoy, Sosoniylar Eroni, Vizantiya kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi yurish uyushtiriladi. Turk hoqonligining boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: bo’ysundirilgan ba’zi o’lka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saqlanib qolgan va ular hoqonlikka o’lpon to’lab turganlar; tobe o’lka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan hukmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati. Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oralig’i hamda tutash hududlar Turk hoqonligi tarkibida bo’lib, bu yerdagi Shoshda tudunlar, Farg’onada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sug’dda ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmla afrig’iylar, Toxaristonda yabg’ular hokimiyati mavjud edi. Ularning ba’zilarinig kelib chiqishi Turk hoqonligi hukmdor sulolasiga mansub bo’lishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabg’ulari va h.k. Eramizning 551 yilida Oltoyda yangi davlat - Turk hoqonligi yuzaga keldi. Turk hoqonligi hukmdori Muqanhoqon (554-576 yy.) va uning amakisi Istami Yabg’ularning O’rta Osiyoga yurishlari VI asrning 50-yillari oxiri va 60-yillarida ayniqsa kuchaydi. 568 yili O’rta Osiyo batamom ular qo’liga o’tdi. Ular avval ko’proq o’zlashtirilmagan yerlarga, asta-sekin mahalliy aholi yashaydigan qishloqlarga, yerli xalq madaniy-xo’jalik yutuqlari ta’sirida yarim o’troq va ko’p hollarda o’troq turmush kechirishga, ular bilan iqtisodiy va madaniy alokani kuchaytirishga muyassar bo’ldilar. Natijada Xorazm, Farg’ona, So’g’dning katta qismi yashovchi turkiy qabilalar ular bilan aralashib ketdi. 1 Shoniyozov K., O`zbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001 Download 21.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling