«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet94/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

Xo`jaobod — Andijon viloyatiga qarashli shu nomdagi tuman markazi. 1981 yildan boshlab shahar nomini oldi. «Boburnoma» muallifi o`sh bilan Andijon o`rtasida bir obod joy bo`lganligini eslatadi. SHu erlik 7 marta haj qilgan Abdunabi Sayfuddin hoji o`g`lining hikoyasiga qaraganda, qadimgi O`rta Osiyo shaharlarini Xitoy bilan bog`laydigan savdo yo`li shu Xo`jaobod orqali o`tgan. Buning guvohi sifatida to hozirgi kungacha saqlanib qolgan Andijon shahridagi, shu Xo`jaoboddan boradigan yo`l boshiga qurilgan Xitoy konsulining binosini ko`rsatadilar.

CHortoq — TERMIZ yonidagi qishloq. Buni «to`rt tog`» deb izohlaydilar, ammo shunday emas. To`rt gumbazli (to`rt toqisi bo`lgan) inshoot, ark, qo`rg`on, qorovulxona chortoq deyilgan. Ba`zan to`rt tomonidan ko`rinib turadigan qorovulxonalar, baland minoralar ham chortoq deb atalgan. Demak, chortoq deb shu qishloq o`rtasida joylashgan baland ark, qorovulxona tufayli atalgan.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling