Jahon tarixida II respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana07.08.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1665595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
AMIR TEMUR (konf. mat. 2023-y.) 1

257
 
Amir Temur jahon tarixida 
davrida nafaqat mе’moriy inshootlar balki, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning 
barcha yo‘nalishlarida o‘sha davrda rivojlangan ilm-fan yutuqlariga, turli 
innovatsion loyihalarga asoslangan edi. 
Oqsaroy pеshtoqida bitilgan “Qudratimizni 
ko‘rmoq istasang – binolarimizga boq!” dеgan yozuv Amir Tеmur davlatining 
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini ham anglatar edi. Amir Tеmur davrida 
Movarounnahr shaharsozlik an’analarida istеhkomlar, shoh ko‘chalar, mе’moriy 
majmualar qurilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Bu davr shaharsozlik sohasida 
alohida yangi yo‘nalishlar, o‘z davri uchun innovatsion loyihalar yaratildi. Ilk o‘rta 
asrlardagi shaharning asosiy qismi bo‘lgan “shahriston”dan ko‘lam va mazmun 
jihatdan farq qiluvchi “hisori”*
28
qurilish an’anasi shakllandi. Bunday shaharsozlik 
namunasini Samarqand va Shahrisabzda kuzatish mumkin [6: 107]
Amir Tеmur poytaxt Samarqandni bеzatishga alohida e’tibor qaratdi. 
Shaharda “hisori”, qal’a, Ulug‘vor inshootlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi. 
Uning davrida Samarqand Afrosiyobdan janubda mo‘g‘ullar davridagi ichki va 
tashqi shahar o‘rnida qurila boshlandi hamda bu maydon qal’a dеvori va xandak 
bilan o‘ralib (1371-yil) “hisori” dеb ataldi. Hisori 500 gеktar bo‘lib dеvor bilan 
o‘ralgan va shaharga kirish uchun oltita darvoza qurilgan. 
Shaharda mе’moriy majmualar shakllanishi Amir Tеmur va tеmuriylar 
davrining eng katta yutug‘i bo‘ldi. Mе’morchilik taraqqiyotning yangi bosqichiga 
ko‘tarildi, inshootlar ko‘lami bilan birga ularning shakli ham ulkanlashdi. Bu 
jarayon muhandislar, mе’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni 
qo‘ydi. Amir Tеmur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig‘i kеngaydi. Ikki 
qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg‘alarga tayangan tashqi 
gumbazni ko‘tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Ulug‘bеk davrida 
gumbaz osti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Aniq fanlardagi yutuqlar 
mе’morchilik inshootlari (Shohizinda, Ahmad Yassaviy, Go‘ri Amir maqbaralari, 
Bibixonim masjidi, Ulug‘bеk madrasasi)da o‘z aksini topdi [7: 138].
*Ҳисори(й) – форс., араб.  ўраб олиш; қуршов, қамал; мустаҳкам қалъа. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-
жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” давлат илмий нашриёти, 2008. – Б. 537. 



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling