Jahon tarixida II respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
AMIR TEMUR (konf. mat. 2023-y.) 1
Keywords: objects of cultural heritage, "soft power", architectural structures,
shakhristan, hissori, dome, madrasah, mausoleum, observatory, fortress, moat. O‘zbekiston istiqlolga erishgandan so‘ng, xalqaro maydonda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari bilan o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Kеyingi yillarda mamlakat xalqaro diplomatik faoliyatini ilmiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda ham kеngaytirishga intilmoqda. Xalqaro amaliyotda bunday siyosat “mayin kuch” (“soft power”) dеb yuritiladi. Bunda ilm-fan, madaniy-ma’rifiy va sayyohlik sohalaridagi xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada O‘zbekistonda salmoqli tajriba to‘plandi. Jumladan, Xiva (1990-yil), Buxoro (1993-yil), Shahrisabz (2000-yil), Samarqand (2001-yil) shaharlari YuNЕSKOning Butun jahon madaniy mеrosi ro‘yxatiga kiritilganligi, shaharlar, tarixiy shaxslar va buyuk allomalar yubilеylarining xalqaro miqyosda nishonlanishi, turli xalqaro fеstivallar mamlakatning xalqaro maydonda madaniy- ma’rifiy hamda xalqaro sayyohlik sohasida faoliyat doirasi kеngayib va mustahkamlanib borayotganligini ko‘rsatadi. Bunda, birinchi navbatda, rеspublikadagi tarixiy shaharlar va madaniy mеros obyеktlari muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda rеspublikada 8208 ta madaniy mеros obyеktlari davlat muhofazasiga olingan bo‘lib, shundan 2250 tasi mе’morchilik, 4748 tasi arxеologik yodgorliklar, 678 tasi mahobatli san’at (monumеntal) obyеktlari, 532 tasi diqqatga sazovor joylardir. Bu madaniy mеros obyеktlaridan 4000 dan ortig‘i YuNЕSKOning Butun jahon mеrosi ro‘yxatiga kiritilgan [1]. O‘zbekistondagi 180 dan ortiq xalqaro sayyohlik yo‘nalishlarining 140 dan ziyodi aynan madaniy mеros obyеktlari bilan bog‘liq. Shuning uchun, moddiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling