Jahon texnologiyalar bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati tahlili


II- BOB. BRITISH AIRWAYS - TURIZM INFRATUZILMASINING ASOSIY BO’G’INI SIFATIDA. BRITISH AIRWAYS TRANSMILLIY KOMPANIYASINING ISHLASH TARTIBI


Download 1.58 Mb.
bet9/18
Sana17.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1523440
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Jahon texnologiyalar bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati

II- BOB. BRITISH AIRWAYS - TURIZM INFRATUZILMASINING ASOSIY BO’G’INI SIFATIDA. BRITISH AIRWAYS TRANSMILLIY KOMPANIYASINING ISHLASH TARTIBI.


2.1 British Airwaysning ulkan yirik Transmilliy aviakompaniya sifatida vujudga kelishi

British Airways Yevropaning eng katta aviakompaniyalaridan biri bo’lib, u Buyuk Britaniyaning milliy aviatashuvchisi hisoblanadi. Uning eng katta qo’nish o’tkazgich markazlari Londonning Gatvik va Xitrou aeroportlari hisoblanadi. Ushbu markaziy aeroportlar orqali u 233 ga yaqin destinatsiyalarga parvoz qiladi hamda deyarli 96 ta mamlakatda uning qo’nish nuqtalari bor. Tashuv flotida 240 tadan ortiq samalyot ishlaydi va samalyotlarning ko’pchiligini Airbus va Boing rusumlari tashkil qiladi.


British airways (BA) kompaniyasining paydo bo’lishi 1924 yil 31-martda 4 ta aeroportlarning qo’shilishi ya’ni ular Instone Air Line, Handley page Transport, Daimler Airways va British Air Marina Navigation kompaniyalarining birlashuviga taqaladi. 1935- yilda bu kompaniya British Airways LTd nomini oldi. 1939- yilda esa u milliylashtirildi va uning yangi nomi British Overseas Airways Corporation (BOAC) deya nomlandi. Kontinental Yevropa va ichki reyslarda boshqa bir yangi milliylashtirilgan aviakompaniya xizmat qildi. Uning nomi (British Europian Airways- BEA) Britaniya Yevropa Havo Yo’llari bo’lgan. BOAC o’z xizmatlarini yanada rivojlantirish uchun parvoz vaqtlarini ikki marta qisqartirishga yangi rusumdagi samalyotlarni ishga tushurish orqali erishdi.
Shuningdek, dam olish kunlarida turizmni rivojlanishi uchun, ayniqsa, katta imkoniyatga ega bo’ldi. Bu uning ish jarayoniga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. U BEA dan tushgan chaqiruvni qabul qilib, BEA Airtours (sayohatlarni uyushtiradigan kompaniya)ga 1970- yilda a’zo bo’ldi. 1974- yilda BOAC va BEA Britaniya Havo Yo’llari boshqaruvi ostida birlashishdi va shu yili British Airwaysga Devid Nikolson boshqaruvi ostida asos solindi. British Airways 1976- yilda Air France kompaniyasi bilan bir vaqtda yuqori tovushli yo’lovchi tashuvchi Concorde rusumli samalyotdan savdo reyslarida foydalanishdi.
Xuusiylashtirish. 1981- yilda kompaniyani xususiylashtirish vazifasi aviakompaniya raisi etib tayinlangan Jon Kingga yuklatildi. U esa o’z navbatida 1983- yilda direktorning bosh ijrochisi lavozimidagi Kollin Marshalni bu uchun ishga yolladi. Kingning xizmati bilan ushbu kompaniya dunyoning eng sevimli aviakompaniyasiga aylandi. Chunki bu davrda boshqa yirik aviakompaniyalar floti zarar ko’rib, krizisga uchramoqda edi.
Aviakompaniyaning floti va marshrut setkasi qayta tashkillashtirildi. King boshqaruvining boshlang’ich davrida kompaniyaning imidji va markasini olib tashlash uchun ekspertlar guruhi jalb qilindi. 23000 dan ortiq ishchi o’rinlari qisqartirilgan bo’lsada, King ishchilarning ruhini tushirmaslik uchun va biznes jarayonni optimallashtirish uchun turli xil yechimlar topdi.
Quyida British Airways ishchilarining o’rtacha oylik maoshlardagi xususiylashtirishdan oldingi va keyingi holatidagi taqqoslash jadvali:


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling