Jahon texnologiyalar bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati tahlili


Download 1.58 Mb.
bet12/18
Sana17.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1523440
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Jahon texnologiyalar bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati

1.rasm.

Manba : www.britishairways.com
Siljitish narxlari. BA ba’zi bir siljituvchi narxlarni ham o’rnatgan bo’lib, bu ba’zi bir voqea- hodisalarda amal qiladi. Masalan,

  • rojdestvo bayramiga sovg’a tariqasida voucher beriladi. Bunda sayyohlarga chiptalar o’rniga voucher beriladi;

  • 14 ta sayohat zonasiga borib kelish 49 yevroni tashkil qiladi. Buyuk Britaniya va Yevropa destinatsiyalari uchun , dunyoning boshqa hududlaridagilar uchun 269 yevroni tashkil qiladi.

  • ichki va Yevropaliklar uchun yo’l haqi 49 yevroni ya’ni Yevropa bo’ylab 135 ta destinatsiyaga arzon narxda boorish mumkin

  • dunyo klubi biznes guruhining taklifi qachonki dunyo klubiga bizness klassda uchmoqchi bo’lsangiz siz birinchi klassga ham o’z xohishingiz bilan bepul o’tishingiz mumkin. Chipta narxini to’lagan holda.

Bozorni segmentlash. BA o’z xizmatini 4 ta segmentga ajratgan. Ular:

    • Birinchi klass bo’lib, eng qulay va barcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan eng yuqori xizmat turi.

    • Biznes klass - bu klassning o’rindiqlari ekonom klassnikidan biroz yaxshiroq. Unda krovat yoki o’rindiq tanlash imkoniyati bo’ladi.

    • Ekonom ekstra klass - bu klass shaxsiy va ekspert xizmatlar bilan ta’minlaydi va sayohat davomida dam olishni kafolatlaydi.

    • Ekonom klass - bu qulay sayohat do’stona xizmatlar bilan ta’minlaydi va bepul ovqatni ham o’z ichiga oladi.

Maqsadli Bozor. BA asosan moliyaviy yo’lovchilarni ko’paytirishni oldiga maqsad qilib qo’ygan bo’lib, bu o’z daromadlarining 40 %ini tashkil qiladi.lga qadar
BA dunyoning eng katta va zamonaviy aeroflotlariga egalik qiladi. 2007- yilda operatorlar yana 12 ta Airbus A380 va 24 ta Boing 787 lar ishga tushirilishi kerak edi 2010- yilga qadar ishga tushirilishi kerak edi. BA flotlarining umri 11,7 yilni hozirga qadar tashkil qildi.
BA ning narx turlari quyidagicha :

  • eng arzon (almashtirish va pulni qaytarib berish mumkin emas).

  • egiluvchan narx (o’zgartirish va pulni qaytarib berishlar ahvolga bog’liq).

  • BA ning to’lovlari quyidagicha farqlanadi. Masalan: 12 yoshdan yuqori yoshda bo’lganlar, 2-11 yoshlilarga hamda go’dak bolalarga turli xil narxlar mavjud.

Chiptani sotib olish maskani:

    • Onlayn bronlash;

    • Telefon vato’g’ridan – to’g’ri bronlash bronlash orqali dunyoning eng istalgan nuqtasiga qadar bronlash mumkin.

Siljitish. Bunda kompaniya judako’plab takliflarnibergan holda ham kompaniya oldinga siljitadi ham xaridorlar diqqatini o’ziga tortadi. Ulardan ba’zilari quyidagicha:

    • Eksklyuziv parvoz takliflari: registratsiya qilingan a’zolar uchun chipta narxining arzonlashuvi;

    • Hamkorlar taklifi: aylanma sayohat uchish uchun, BA vizasidan foydalanish va qo’shimcha chiptalarning berilishi;

    • Tez- tez uchuvchi xaridorlar uchun tanlangan narxlarda (arzon) uchish imkoni-

yati;

    • Biznes mukofotlar dasturi.

Ishning borish jarayonlari.
Bronlash amalga oshirilgach, boshqa jarayonlar juda osonlik bilan davom etadi. Undan so’ng iste’molchi o’z o’rinlari to’g’ri belgilanganligini kutib o’tirmay internet orqali tekshirishi, passport nazorati uchun to’g’ridan to’g’ri o’tishi mumkin.
Ko’pgina xaridorlar parvoz uchun chiptani xarid qilish va tashrif buyurishdan tashqari anchagina bosqichlarni bosib o’tishlarini payqashmaydi.
Biz chipta uchun to’laydigan pul hajmi barcha qo’shimcha xizmatlar uchun ham to’lanadi.
Ushbu xizmatning asosiy ildizi deya ma’lum bir A nuqtadan B nuqtaga uchish tushunilsa, ushbu jarayonga qadar amalga oshirilgan barcha xizmatlar qo’shimcha xizmat hisoblanadi. Quyida ushbu jarayonning amalga oshish tartibini ko’rib chiqamiz.
Birinchi bosqich - Axborot olish. Avvalo, xaridor bu jarayonni axborot yig’ishdan boshlaydi. Bunda u ma’lumotlarni reklamalardan internet tarmoqlari orqali ham bilishi mumkin. Aviakompaniyalar uchun o’z xizmatlarini reklama qilish nihoyatda muhim va bunda u o’z raqobatchilaridan farqli o’laroq xaridor uchun eng kerakli ma’lumotlarni yetkaza olishi muhim. Bunda u o’z vebsaytini to’g’ri dizaynlashtirish bilan birga narxlari, yo’nalishi, vaqtlari, taklif qilayotgan imkoniyatlari bilan to’liq ma’lum qilishi kerak.
Ikkinchi bosqich - Konsultatsiya. Agar iste’molchi sayohat agentliklari orqali chipta uchun buyurtma bersa, unda bu u uchun biroz qimmatroqqa tushadi. Sayohat agentliklari potensial sayyohlarning barcha savollariga javob bera olishlari kerak. Chunki, iste’molchilar uchun ularning pullari qayerga, nima uchun sarflanayotgani muhim hisoblanadi. Hozirda internet orqali xarid qilish garchi arzon bo’lsada, iste’molchi baribir qandaydir qo’shimcha ma’lumot uchun konsultatsiya olishni hohlaydi. Shunday ekan, onlayn tarzda buyurtma berayotgan xaridorlarning barcha savollariga munosib va to’gri javob berish uchun maxsus onlayn chatlardan foydalanish maqsadga mufofiqdir.
Uchinchi bosqich – Buyurtma olish. Hozirda onlayn tarzda buyurtma berish keng tarqalgan desak to’g’ri bo’ladi. Chunki bu nafaqat kompaniya uchun balki xaridor uchun ham juda qulaydir. Bunda asosiy vaqt va pul tejaladi. Biroq bu xizmatdan hamma ham foydalana olmaydi. Ayniqsa, yoshi katta xaridorlar bu sohada muammolarga duch kelishlari mumkin. Shu sababli, iste’molchilar tomonidan xodimlarni chaqiruv xizmati juda yaxshi rivojlangan bo’lishi kerak. Bunday hollarda mas’ul xodimlar albatta yaxshi tayyorlangan bo’lishi va iste’molchilarning savollariga to’g’ri javob berishi muhim sanaladi.
To’rtinchi bosqich - Mehmondo’stlik. Iste’molchilar bilan aloqada aviatarmoqlar sanoatida mehmondo’stlik bu juda muhim hisoblanadi. Bu kabu hollarga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin. BA o’z iste’molchilariga vaucherlar beradi. Ular bunday vaucherlardan kutish vaqtlarida foydalanishlari mumkin; restoran yoki barlarda ovqatlanish, ichish uchun foydalanadilar. Bu faqat qisqa muddatli kutishlarda amalga oshiriladi.
Endi agar uzoq muddatli uchish vaqti to’g’ri kelsa, yoki bir kundan ortiqroq qolishga to’g’ri kelsa, bunda BA aeroport yaqinidagi biror bir mehmonxonaga joylashish mumkin. Bunday qilinishidan maqsad kutish vaqtida iste’molchini zeriktirmaslik va bunga o’rin qoldirmaslik tushuniladi.
Xavfsizlikni saqlash. Samalyot transporti orqali sayohat qilish, insonlar uchun bir muncha noqulayliklarni keltirib chiqarganligi bois yo’lovchilar uchishdan oldin va keyin xavfsizlik jarayonlaridan o’tishlari lozim.
Undan tashqari bir necha yaqin yillar ichida terrorizm kuchayib borganligi sababli bu kabi tekshiruvlar juda uzoq vaqtni oladi. Agar bunday jarayonlarda mas’ul xodimlar do’stona munosabatlar bilan yo’lovchilarga yuzlansa, yo’lovchilar buni to’g’ri tushunishlariga olib keladi. Biroq bu kabi uzoq muddatli tekshiruvlar rivojlanishni to’sib qo’yishi ham mumkin.
To’lov ishlari. To’lov jarayoni aniq va oson bo’lishi lozim. Buning uchun har bir jarayon onlayn bo’lganda ham ma’lum bir standartga ega bo’lishi kerak. BA kompaniyasi o’zining qo’shimcha to’lovlar birlashtirilib, chipta narxi bilan umumlashtirgan. Bu esa unga ancha qulayliklarni keltiradi. Biroq arzon narxli kompaniyalar bunda har bir qo’shimcha xizmatlar uchun alohida to’lashga majbur bo’lishadi. Shuningdek, yo’lovchilarga ushbu soliq to’lovlari to’g’risida qisqa va to’liq javob berishlari lozim.
To’lov asosan bronlash mobaynida onlayn kredit kartalar bilan amalgam oshiriladi. Ehtimol chipta nashr qilingach so’ralishi mumkin, qayerda yuklarni tushirgach to’lanadi. Sayohat firmalaridan chek yoki naqd pul orqali to’lov amalga oshiriladi. Barcha holatlarda ham iste’molchilar uchun nihoyatda keng imkoniyatlar yaratish kerak bo’lib, ular bundan noqulay vaziyatga tushib qolishmasin. Ayniqsa, turli xil pul birliklari bilan to’lovni amalga oshirishni tashkillashtirish ancha foydali.
British Airways da bronlash sistemasi. BA o’zining biznesi va iste’molchi xizmatlarini osonlashtirish maqsadida o’z havo yo’llarida Amadeus bronlash sistemasini kiritdi. Bu shuni anglatadiki, BA ning barcha aeroportlari va shahardagi idoralari o’z sayohatlarini bronlashda ushbu tizimdan foydalanadilar. Bu sistema shuningdek, British Airways ning o’z hamkorlari ya’ni Amadeus tizimidan foydalanadigan hamkorlari bilan o’zaro aloqalarni davomiy tarzda olib borishga yordam beradi. 2.rasm


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling