Jahon texnologiyalar bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati tahlili
Download 1.58 Mb.
|
Jahon texnologiyalar bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.rasm 5.rasm
2, 3, 4 va 5- rasmlar manbasi:www.amadeus.com
3.rasm 2002 –yil 24 fevraldan boshlab BA xodimlari bu yangi reyslarni bronlash sistemasidan BA ning bronlash sistemasi o’rniga foydalana boshlashdi. Unga qadar “BABS” (British Airways Booking System) BA bronlash sistemasidan ushbu kompaniya 30 yil mobaynida foydalanib kelishgan. Amadeus dunyoning yetakchi, texnologik ta’minotchi sistemasi bo’lib, u marketing, savdo va distribyutorlik ehtiyojlari uchun turizm va sayohatni tashkillashtirish sohasida asosan foydalaniladi. 4.rasm 5.rasm Uning keng qamrovli ma’lumotlar ombori va electron axborot uzatish tizimlari 57600 tur agentliklarda va 8300 dan ortiq havo yo’llari savdo shaxobchalarida va dunyoning 200 ga yaqin bozorlarida o’z xizmatini ko’rsatadi. Amadeus sistemasi ishga tushishi bilan 48190 ta terminal va 200 ta tizim aloqalari ulandi. Amadeus sistemasi orqali tur agentliklar va aviakassa shaxobchalari o’zlarining bronlash xizmatlarini 450 ta havo yo’llarida amalga oshirishlari mumkin. Bu orqali ular dunyo bo’ylab jadvallashtirilgan havo yo’llaridagi o’rinlarning 95 % ni aks ettirishadi. Bu tizim undan tashqari taxminan 57000 ta mehmonxonalariga 46 ta mashinalarni ijaraga berish kompaniyalariga shuningdek, boshqa ta’minotchi kompaniyalar temir yo’llarda, kruizlarda, sug’urta va tur operatorlarga ham o’z xizmatini ko’rsatadi. Amadeus asosiy axborot texnologik ta’minotchi tizim bo’lib, sayohatni tashkillashtirishda electron savdoni amalga oshirish uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan kompaniya hisoblanadi. Bu sistema qo’shimcha tarzda 15 ta mehmonxonalarning web sahifalarida 34 ta aviakompaniyalarning 123 ta web sahifalarida juda katta bronlash ishlarini olib boradi. BA elektron biznesni o’zining ko’pgina maqsadlarida foydalanadi. Ular quyidagilar bo’lishi mumkin: informatsiya axborot yetkazish maqsadi; to’g’ridan- to’g’ri murojaat qilish; reklama maqsadida (o’z web sahifasida turli xil tur sayohatlarni, arzon narxlarni. Aksiyalarni taklif qiladi); birlashma kompaniyalar reklamalari (mehmonxona, restoran, tur agentliklar bunga misol bo’la oladi. Bu orqali kompaniya o’ziga tegishli daromaddan ulushga ega bo’ladi) va boshqalar. Web texnologiya bu yirik transmilliy kompaniya uchun juda zarur bo’lib, u nafaqat kompaniyaning ishini balki, mijozlarning ham yumushini osonlashtiradi. Bu texnologiyadan foydalanish iste’molchilar uchun quyidagi foydali xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin: web texnologiyadan foydalanganda, aeroportdan ro’yxatdan o’tgan tirband va uzoq davom etadigan navbatda turib kutishdan holi bo’lishadi; ovozli chaqiriq orqali iste’molchi o’z o’rnining imkoniyatlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishi mumkin; sayyohlar istalgan makondan turib, o’zlarining aniq uchish vaqtlarini qachon reys qoldirilganda boxabar bo’lishlari, uchrashadigan va ko’rishadigan boshqa yo’lovchilarni bilishlari mumkin. BA shunday web texnologik uskunalaridan biri bo’lmish Trip Seeker dasturini ishga tushirdi. Bu dastur ham, asosan, BA reyslarini dunyo bo’ylab qidirishga moslashtirilgan. World Explorer tomonidan shakllantirilgan Trip Seekerning yangi versiyasini taqdim etib, www.ba.com saytida joylashgan barcha yo’nalish va destinatsiyalarni dunyo bo’ylab qidirish mumkin. Ushbu dastur dunyoning BA uchadigan istalgan nuqta bilan aloqa o’rnatish imkoniyatini berishi bilan birga quyidagilarni o’z ichiga oladi: faqat shu yo’nalishga tegishli qurilma va ma’lumotlar; narxlar chegaralarini aniqlash imkoniyati; bir yil mobaynidagi mos oyni tanlash imkoniyati; eng past va yuqori darajadagi havo iqlimini o’rganish imkoniyati; sayohat klassini tanlash imkoniyati; turizmga aloqador maskanlardagi faoliyat turlari bilan tanishuv va tanlov imkoniyati. Bunday faoliyatlarga: kurortlar, plyajlar, shahar tomoshasi, chang’i uchish kabilar kiradi; ma’lum bir shaharni tanlab qidirish imkoniyati. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling