Topshiriqlar qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lish tarixi
Download 20.68 Kb.
|
49921 29 variant - копия (29)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘g‘irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishning tarbiyaviy ahamiyati. JAVOB
- Saxnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining o‘ziga xosligi JAVOB
TOPSHIRIQLAR Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lish tarixi. JAVOB: Qo’g’irchoq teatri-teatr san’ati turi hisoblanib, chodir ichi yoki parda ortida yashiringan aktiyorlar tomonidan harakatga keltiriladigan qo’g’irchoqlar tomoshasi hisoblanadi. Qo’g’irchoq teatri tabiatanilohiylashtirish kabi marosimlarga borib taqaladi. Getadot, Ksenafot, Aristotel, Goraysiy, Avreliy va boshqalarning ma’lumotlari bo’yicha 5-6 asrlardyoq qo’g’irchoq teatri paydo bo’lgan. Sharqda qo’g’irchoq teatrining barcha shakllari mavjud bo’lgan. Biroq shundan “Soya teatri” ( O’zbekiston hududidaa “Fonusxayol” deb yuritilgan) keng tarqalgan. Indoneziyada 11-12 asrlarda simlar bilan boshqariladigan qo’g’irchoq tomoshalari bo’lgan. Sharqda hozir ham an’anaviy turlari va shakllari yashab kelmoqda. G’arb mamlakatlarida esa 19-asrning o’rtalaridan boshlabxalq qo’g’irchoq teatri inqirozga uchrab, o’rniga yangi turdagi yozma drama asosida ish olib boruvchi xavaskorlik va yarim professional gruppalar maydonga kela boshladi. 20 asr boshida Rossiydagi xalq qo’g’irchoq teatri davr talablariga javob berolmay qolgan. 1924-yilYe.S.Demmeni raxbarligidagi Lenengirad Qo’g’irchoq teatri, 1931-yilda S.V.Obrazsov rahbarligidagi Markaziy qo’g’irchoq teatri tashkil qilindi. O’zbekistonda ham qo’g’irchoq teatri o’tmishdan taaraqqiy etgan bo’lib, uning “Chodir xayol”, “Chodir jamol”, “Fonus xayol” turlari faoliyat ko’rsatib kelgan. Mustamlaka va sovet davrida ham xalq qo’g’irchoqbozlarining 40 ga yaqin to’dasi (har bir to’dada:qo’g’irchoqboz, korfafmon, 2-3 sozanda bo’lgan) ish olib borgan. Yangi shakldagi qo’g’irchoq teatri xavaskorligi 20 asrning boshlaridan boshlangan. 1939-yil Toshkentda Respublika qo’g’irchoq teatri; 1968-yil Andijonda “Lola” teatri tashkil topgan. Hozirgi kunda O’zbekistonda 10 ta davlat tasarrufidagi va ko’plab xavaskor qo’g’irchoq teatrlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni qo‘g‘irchoq teatri personajlarini yasash orqali badiiy ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishning tarbiyaviy ahamiyati. JAVOB: Maktabgacha yoshdagi bolalarni qo’g’irchoq teatri personajlari ya’ni qaxramonlarini yasash orqali badiiy, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning tarbiyaviy axamiyati shundan ibotatki, bolalar bu jarayonda qo’l mehnatiga o’rganishadi, chizish, bo’yash malakalari oshiriladi, tasavvur qilish, fantaziya, yasayotgan qahramonlarning ijobiy va salbiy hislatlari to’g’risida fikrlashi bilan ularning fikrlash va bayon etish va eslab qolish qobiliyatlari shakllanadi. Bundan tashqari qo’g’irchoq ya’ni teatr qaxramonlari yasashda foydalanilayotgan mato yoki kerakli vositalardan foydalanilganda tejamkorlik, keraksiz va yaroqsiz buyumlardan chiroyli va kerakli buyumlar yaratish mumkinligini o’rgatish; Bundan tashqari foydalanilyotgan milliy atlas, adras matolarimizdan an’ana, qadriyat va millatimiz to’g’risida ozgina bo’lsada fikr uyg’otishimiz va tarbiya berishimiz mumkin Bir so’z bilan aytganda maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim va tarbiya olishida,fikrlash, ijodkorlik, qo’l mehnati, eslab qolish, insonlarga bo’lgan shaxsiy munosabat, atrof muhit va undagi jonli va jonsiz predmetlar bilan to’laqonli tanishishning ilk qadam va ilk tushuncha hisoblanadi. Saxnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishining o‘ziga xosligi JAVOB: Yuqorida takidlab o’tilganidek sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishda ilk qadam hisoblanadi. Jumladan bog’cha yoshidanoq ijodiy faollikni shakllantirishda turli bayram va tadbirlarida ishtirok etishi, qog’ozdan esdaliklar yasash, baayramlar uchun ijodiy ishlar, harakatli o’yinchoqlar tayyorlash ishlari, aplekatsiya, tabiiy va tashlandiq materiallar bilan ishlash muhim o’rin tutadi. Bolalarda ijodiy faollikni o’stirish jarayonida oddiy mehnat ko’nikmalari, zaruriy axloqiy ko’nikmalar, mustaqillik, maqsadga intilish topshirilgan ish uchun ma’suliyatni his qilish, qat’iyatlik, tengdoshlarga hushmuomalalik sifatlari shakillantiriladi. Ijodiy faoliyat bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo’naltirilib borilishi maqsadga muvofiq. Masalan, o’rta guruh bolalariga harakatlarni aks ettiruvchi, katta guruh o:quvchilari uchun munosabatlar, kechinmalar, xissiyotlar aks etgan asarlar tanlanishi lozim. Teatrlashtirilgan o’yinlar davomida bolalar: atrof-olam haqidagi tushunchalar kengayadi. -tasavvur, ong, anglash kabi psixologik tushunchalari rivojlanadi. -ko’rish, eshitish, so’zlab berish kabi turli analizatorlar rivojlanadi. -so’z boyligi, gramatik nuqtaiy nazardan to’g’ri ifodalash, talaffuz, temp, so’z intonatsiyasi va ifodasi faollashadi va yaxshilanib boradi. Xulosa qilib aytganda, saxnalashtirish faoliyati jarayonida, bolalarda atrof-muhit, insonlar, qaxramonlar, buyumlar, voqea-hodisalarga nisbatan bo’ladigan munosabat, fikr, tasavvur, kechinmalari uchun ilk qadam hisoblanadi. Origami usulida o‘yinchoq yasash. Tabiiy va tashlandiq ashyolardan applikatsiya ishlari. Matodan applikatsiya. Download 20.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling