9-Mavzu: Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodiy faollikni shakllantirish va ijodkorlikni rivojlantirish mazmuni. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishi usullari. Umumiy tushuncha


Download 19.97 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi19.97 Kb.
#1725551
Bog'liq
9-Amaliy


9-Mavzu: Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodiy faollikni shakllantirish va ijodkorlikni rivojlantirish mazmuni.
Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishi usullari.
UMUMIY TUSHUNCHA:
Sahnalashtirish bolalarni qayta so‘zlashga o‘rgatish usullaridan biridir. Ba’zi bir bolalarda badiiy asarlardan olingan parchani qayta so‘zlab berishga xohish ham, qiziqish ham bo‘lmaydi, ammo unga o‘yin usuli kiritilishi bilan bola asardagi rolga kirib, usha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi. Bunday o‘yinda bola o‘zini o‘sha asardagi qahramon o‘rnida his etib, uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so‘zlab berish boladagi hayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida mavjud bo‘lgan jasurlik, o‘z-o‘ziga ishonch, mustaqillik kabi xarakter sifatlarini egallashga intiladi. Sahnalashtirilgan o‘yinda badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi. Guruhlarda shu yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo‘lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. ≪Sholg‘om≫, ≪Bo‘g‘irsoq≫ kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan she’rlar ham olinadi. Sahnalashtirish o‘yinlariga guruhlariga qarab har xil raxbarlik qilinadi. Masalan, tarbiyachi urta guruh uchun asosan xarakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg‘ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.


TOPSHIRIQLAR:

  1. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishi mazmunini o’rganish.

  2. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishi mazmun va mohiyatini yoritish.

  3. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishi mazmunini izohlang.

Vazifa:

Quyidagi jadvalni daftaringizga chizib to’ldiring.





Quyidagi jadvalni daftaringizga chizib to’ldiring.

Bilaman



Bildim

(mavzudan olingan yangi ma’lumotlar)



Bilishni istayman
(qiziqtirgan savollar)


O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.


MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

1.Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishi mazmuni nimalardan iborat ?


2.Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishi mazmuni izohlab ko’rsating ?
3. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishi usullari nimalardan iborat ?
4. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishi usullari nimalardan iborat?
Download 19.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling