Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi


Foydalanilgan asosiy adabiyotlar


Download 347.46 Kb.
bet17/62
Sana05.05.2023
Hajmi347.46 Kb.
#1429742
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62
Bog'liq
4.O\'zbek bolalar adabiyoti

Foydalanilgan asosiy adabiyotlar:
1.Arzamasceva I.N., Nikolaeva S.A. Detskaya literatura.M.:Akademiya, 2000.
2. Barakaev R. Abdulla Avloniy va bolalar adabiyoti. T.: Fan, 2004.
3. Barto A. O literature dlya detey. Detskaya literatura- 1970.-M.,1970.-S.3-28.
4. Belinskiy V.G., Chernishevskiy N.G., Dobrolyubov N.A. O detskoy literature.M.: Det.lit.1983.
5. Ibragimova Z. Ideyno-xudojestvenno’e osobennosti uzbekskoy detskoy prozo’ doshkolnogo vozrasta: AD KFN. –T.,1990, s.27
6.Zubareva E.E.Stanovlenie teorii i kritiki detskoy literaturo’ v Rossii. V kn: «Detskaya literatura»,M.,1985, str.75-87.
7.Safarov O. O’zbek bolalar adabiyotining specifik xususiyatlari.Kitobda:O’zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon.T.:Fan, 1989, 4-18-betlar; Yana: Oliy o’quv yurtida «Bolalar adabiyoti» fani muammolari. «Til va adabiyot ta’limi» j.,1994, 2-3-son,4-6-betlar.Yana: O’zbek bolalar adabiyoti tarixi mundarijasini belgilashga doir.-O’TA, 1998, 6-son, 63-66-b., yana: Bolaning tili chiqdi.-Maktabgacha tarbiY. 1992, 1-son, 40-41-b.; yana: Bolalar kitobatiga bir nazar. –Sog’lom avlod uchun.1997, 11-son, 22-24-b.
8.Svetlovskaya N.N., Piche-ool T.S. Detskaya kniga i detskoe chtenie. M.,1999.
9.Suyumov A.,Jumaboev M. Bolalar adabiyoti .Qo’llanma. T.:O’qituvchi, 1995. 10.Chukovskiy K. «Ot dvux do pyati», M., 1979.
11.Shermuhamedov P., Tursunov J., Safarov O., Egamov X. O’zbek bolalar adabiyoti. Darslik- xrestomatiY.T.:O’qituvchi, 1976.
12. Qo’shjonov M. Katta hayot va jo’shqin lirika.-Kitobda:Quddus Muhammadiy. Tabiat alifbesi. She’rlar. T.:Yosh gvardiya,1971, 3-b.
3-MAVZU. XALQ OG’ZAKI BADIIY IJODI- BOLALAR ADABIYOTI SARCHASHMASI
Reja:

  1. Bolalar folklori haqida tushuncha

  2. Bolalar folklori janrlari haqida ma’lumot

3. Bolalarni erkalovchi qo’shiqlar
4. Bolalarning taqvim qo’shiqlari
5. Bolalarning maishiy qo’shiqlari
Xalq og’zaki badiiy ijodiyoti xilma-xil adabiy tur va janrlarda namoyon bo’lgan hodisa sifatida kishilik jamiyati tarixida ko’p vazifali ijtimoiy-estetik mohiyatga ega so’z san’ati hisoblanadi. U hamma zamonlarda ham o’z ijodkori bo’lgan xalqning orzu-armonlarini ifodalab keldi, qolaversa, xalqning o’z-o’zinigina emas, balki bolalarning ham ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllanishlarida muhim tarbiyaviy vosita vazifasini bajarmoqda. Bolalar xalq ijodiyotidan ota-bobolarining hayot tajribasini, mehnat va kurash ilmini o’rganib kelayotirlar. Ular xalq qo’shiqlaridan, dostonu ertaklaridan, afsonayu rivoyatlaridan sevish-sevilish, samimiyat, insoniylik, sabru qanoat, mehnatda fidoiylik, eng muhimi, otalari yashab obod etgan Vatan tuyg’ularini idrok etish asnosida yurt erki va ozodligi uchun kurashgan buyuk ajdodlari To’maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Torobiy va Amir Temurlarning jasoratlaridan saboq olmoqdalar, yashash va yaratish romantikasidan surur tuymoqdalar. Binobarin, xalq ijodiyoti qadim zamonlardan hozirgacha bolalar uchun ham ezgulikni qadrlash va yovuzlikdan nafratlanish sabog’i bo’lib, avloddan avlodga o’tgani sayin muttasil to’lishib, mukammalashib, og’izdan-og’izga ko’chgani sayin tobora sayqallanib, xalq milliy ruhini teranroq aks ettirgan holda asrlar davomida avlodlar ma’naviy-axloqiy vorisligini ta’minlab keldi, jamoa ijodi namunasi sifatida xalq zakovatini, iste’dodini va til boyligini namoyish etdi, xalq uchun o’zligini anglash, o’z tarixini sevish vositasiga aylanib qoldi, eng muhimi, yozma adabiyotning bunyodga kelishida genetik asos vazifasini bajardi. Bu silsilada bolalarning o’z folklori ham muayyan rol oynadi.
O’zbek bolalari, o’z ota-onalari qatori, ijtimoiy-maishiy hayotda, xususan, ishlab chiqarishning talay jabhalarida o’z imkoniyatlari va iqtidorlari doirasida qadim zamonlardan beri qatnashib keladilar. Kattalar imorat qursa - bolalar g’isht, loy etkazib turganlar; kattalar xirmon yanchsa - bolalar ho’p haydashganlar; mol o’tlatganlar, sug’organlar, o’tin tashiganlar, hovli supurganlar... Kattalar uyushtirgan turli-tuman marosimlarda qatnashganlar va bunday marosimlarda ota-onalari kuylayotgan qo’shiqqa ular ham jo’r bo’lganlar. Bu qo’shiqqa shunchaki jo’rlik bo’lmay, bolalarning kechayotgan voqealarga o’z munosabatlari yo’sinini ham ola borgan. Xullas, bolalar ota-onalari bilan birgalikda o’zlariga munosib ishni bajarganlar. Bu jarayon ular uchun goh oyin tarzida kechsa, goh majburiy mehnat shaklida kechgan. Oyin tarzida kechinganida - ular ehtiroslarga to’lib-toshib, shu zavqlarini jo’shqin va samimiy ohanglarda kuylay boshlaganlar; majburiy mehnat tarzida kechinganida ham o’sha og’rinishlar horg’in va alamli qo’shiq pardalarida taralgan paytlar ko’p bo’lgan. Shu zaylda o’zbek bolalarining xilma-xil janrdagi qo’shiqlaridan va oyinlaridan tarkib topgan folklori paydo bo’lgan va uzoq asrlik tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllangan, rivojlangan. Binobarin, bolalar folklori - kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining o’zaro uyg’unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan oyinlar, qo’shiqlar va muzikali poetik janrlarning yaxlit bir tizimiga aylangan xalq og’zaki ijodiyotining o’ziga xos tarmog’idir.
Shunga qaramay, o’zbek bolalar folklori namunalarini to’plash, nashr etish va ilmiy-estetik qimmatini o’rganishga uzoq zamonlar e’tibor berilmay kelindi. XX asrning dastlabki choragi oxirlarida bu ishga kirishilgan esa-da, u uzluksiz jarayonga aylanmadi. Elbek to’plab, tartib berib 1937-yilda chop ettirgan «Bolalar qo’shig’i» to’plamidan O. Safarov tartib bergan «O’zbek xalq ijodi» seriyasida 1984-yilda bosilib chiqqan «Boychechak» to’plamigacha kechgan salkam yarim asrlik uzilish ana shu fikr dalili bo’la oladi. O’zbek bolalar folklorini o’rganish 60-yillardan e’tiboran izchillasha bordi. Z.Husainovaning «O’zbek topishmoqlari» (1966), /.Jahongirovning «O’zbek bolalar folklori» (1975), shuningdek, O.Safarovning «Bolalarni erkalovchi o’zbek xalq qo’shiqlari» (1983), «O’zbek bolalar poetik folklori» (1985), «Alla-yo alla» (1999), «Chittigul» (2004), Sh.Galievning «O’zbek bolalar oyin folklori» (1998) singari tadqiqotlar tufayli bu izlanishlarning samaralari ko’zga tashlanadigan bo’ldi. Shuni ham aytish kerakki, folklorshunoslar orasida mavsum va marosim qo’shiqlariga munosabatda ularning ijodkori har qachon kattalar bo’lganini e’tirof etish bilan bolalarning bu sohadagi qo’shiqchiligini yo cheklash, yo tamoman inkor etish hollari ham mavjud. To’g’ri, marosimlarni kattalar uyushtirganlar. Ularning o’tkazilish tartiblarini ham, rasm-rusumlari va qo’shiqlarini ham kattalar ijod etganlari rost. Lekin unutmaslik lozimki, shu marosimlarning birortasi ham bolalar ishtirokisiz o’tmagan; hech bo’lmaganda, bolalar tomoshabin sifatida unga qatnashganlar va kattalar bajargan ishlarni ko’rgach, o’sha marosimni keyinroq oyinda muqallid qilib o’zlari bajarganlar, shu muqallidlariga yarasha qo’shiqlarni to’qiganlari ham ayni haqiqat. Binobarin, bolalarning ham o’z marosim va mavsum qo’shiqlari yuzaga kela boshlagan. Bu jarayon davr o’tishi, turmush sharoitining o’zgarishi, yangicha ijtimoiy munosabatlarning tug’ila borishi tufayli u yoki bu marosimning tamoman yo’qolishi, yo shunchaki kattalar o’rtasida nufuzini yo’qotishi natijasida o’sha marosim bolalar oyini yoki ijrochiligida yashash shakliga o’tishi bilan yanada chuqurlasha borgan. Bunday holatni «Boychechak», «Chittigul», «Binafsha», «Oppoqijon» kabi mavsum qo’shiqlari misolida yaqqolroq ko’rish mumkin. Qachonlardir kattalar tomonidan yaratilgan bu qo’shiqlarning XX asr boshlaridayoq bolalar repertuariga o’tib singib va o’zlashib ketganligidan kelib chiqadigan xulosa shuki, qo’shiq qaysidir bir ijtimoiy qatlamda yaratilib, o’sha ijtimoiy qatlam o’zgarishi yo barham topishi natijasida uning ehtiyojlari doirasidan chiqib qolishi tufayli boshqa bir ijtimoiy qatlam ermagiga aylanishi, ehtiyoji «dardi»ga yarab qolishi, yo tamoman yo’qolishi tabiiydir. Bu o’ziga xos an’anaviy vorislik halqasining yuzaga kelishidan iborat jarayon bo’lib, o’z navbatida, qo’shiq umrining ko’p qatlamliligini ta’minlashdan tashqari, yana kattalar repertuariga taalluqli u yoki bu folklor asarining bolalar repertuariga o’tishining, bolalar og’zaki ijodiyotining va ijrochiligining namunasiga aylanishining qonuniyligini tasdiqlaydi. Bu qonuniyat bolalar folklorining kattalar folkloriga vorislik huquqini asoslaydi, ular o’rtasidagi munosabatning xarakterini ko’rsatadi, kattalar folklori va xalq etnografiyasi zaminida rivojlanish tamoyillarini rivojlantiradi. Shuni ham ta’kidlash zarurki, bu vorislik bolalar folklorining kattalar folkloriga muteligi qobig’ida o’ralib qolmay, balki mustaqil ijodiy o’zlashtirish, o’sish va boyish negizida kechib, o’zbek bolalar folklorining, jumladan, qo’shiqchiligining taraqqiyotiga o’ziga xoslik bag’ishlaydi. Ana shu mulohazalar va to’plangan o’zbek bolalar folklori namunalari tabiatidan kelib chiqib, genetik asoslariga ko’ra uni uch qismdan tarkib topgan hodisa sifatida kuzatish mumkin:
I. Kattalar hamisha o’z farzandlarini oylab yashaganlar – mehnat va ijod bilan shug’ullangan. Bu jarayon ularda bola va uning taqdiri to’g’risida qayg’urish majburiyatining tobora chuqurlashuvi tarzida kechib, talay qo’shiqlarning to’qilishiga sabab bo’lgan. Ayniqsa, chaqaloqni parvarish etish mas’uliyati behad katta bo’lgan. Onalar ana shu murakkab mas’uliyatni zimmalariga olganlar: o’tkir zakovat, tadbirkorlik, beqiyos insoniy mehribonlik evaziga o’zlari goho tushunib, goho tushunmay, «bolalarni tarbiyalab o’stirish bilan mamlakatning kelajak tarixini, demakki, dunyo tarixini ham tarbiyalab etishtirganlar. Bu yo’lda qo’shiq ularga madadkor bo’lgan: bolalarini qo’shiq bilan uxlatganlar, yig’lasa-kuylab ovutganlar, erkalatganlar, hatto qo’shiq bilan chaqaloqqa daxldor marosim rasm-rusumlarni bajarganlar. Shu zaylda allalar, aytim-olqishlar, ovutmachoqlar, erkalamalar, qiziqmachoqlar va qaytarmachoqlar yuzaga kelgan. Ularda erkalash leytmotiv bo’lgan. Shu sababli xalq og’zaki poeziyasining ana shu namunalarini erkalash poeziyasi tarzida umumlashtirish va xarakterlash asoslidir.
Erkalash poeziyasi namunalari ijro maqsadi, o’rni va bola yoshiga munosabatiga ko’ra ikki guruhga ajraladi. Birinchi guruhga mansub qo’shiqlar bolaning beshikdaligi davri bilan chambarchas bog’liq, shu vajdan ularni beshik qo’shiqlari deyishadi. Allalar va etnografik mazmundagi aytim-olqishlar ana shunday xarakterga ega.
Beshik qo’shiqlari chaqaloq uch yoshni to’ldirgunigacha aytilsa, ikkinchi guruhga mansub qo’shiqlar bola tug’ilganidan to 6-7 yoshga to’lgunigacha ijro etilsa-da, aslida ular beshik bilan bog’lanmagan onalik mehri tarovatidan bitilgan badihalardir. Bular suyish qo’shiqlari bo’lib, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar va qaytarmachoqlardan tarkib topgan.

Download 347.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling